#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2016-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Navoiy viloyatida aholi murojaatlari, fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini oʻrganmoqda.
Xususan, vaziri oʻrinbosari Navoiy shahar adliya boʻlimi va faoliyati, davlat xizmatlarini olishda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, viloyat FHDY arxividagi ish jarayoni bilan tanishdi.
Navbatdagi manzil Qiziltepa tumanida boʻldi. Bu yerda tadbirkorlar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Bugungi kunda tumanda 3 620 ta tadbirkorlik subyektlari, 5 ming nafarga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar, 7 mingdan ortiq dehqon xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda.
Qabul davomida yer-joyni ijaraga olish, soliq maʼmurchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qoʻshimcha qiymat soligʻini qayta koʻrib chiqish singari muammolar eʼtibor markazida boʻldi. Adliya ish yurituviga 20 taga yaqin murojaatlar qabul qilindi.
Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Qiziltepa tumanidagi “Bunyodkor” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi qay darajada tashkil etilganligi bilan tanishdi.
Mahallada 2 405 nafar aholi istiqomat qilmoqda, ulardan 42 nafari ijtimoiy reyestrga kiritilgan. “Mahalla yettiligi” bilan ishlashda mazkur toifadagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftariga” kiritilganlarning masalalariga alohida urgʻu berilmoqda. Murojaatlar turkumlanib, huquqiy masalalarni ijobiy hal etishda koʻmaklashilmoqda.
Suhbat davomida adliya organlari va mahalla hamkorligini yanada samarali yoʻlga qoʻyish, elektron platformalardan foydalanish mexanizmi batafsil tushuntirib berildi.

#Adliya_tayinlov
Isomiddin Latipov Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.

Adliya vazirligi X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazi Sud-ekspertlik ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktoranturaga qabul e’lon qiladi
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar www.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Hujjatlar joriy yilning 15-sentabrdan 15-oktabr kuniga qadar www.daraja.ilmiy.uz veb-sayti orqali onlayn qabul qilinadi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Huquqiy_yechim
Xususiylashtirilgan binolar va inshootlar egallagan yer uchastkasiga boʻlgan ijara huquqini eʼtirof etish asoslari qanday?
Batafsil javob 👉videoda

#Bepul_huquq_maktab
Huquq maktabi — yuridik bilimlarni egallash uchun zamonaviy va qulay mobil ilova.
Ilova orqali yuqori malakali ustoz va ekspertlar tomonidan tayyorlangan o'quv materiallaridan foydalaning!
Nega aynan Huquq maktabini tanlashingiz kerak?
🔹Murakkab huquqiy masalalar sodda tilda tushuntirilgan;
🔸Mobil ilovadan istalgan vaqtda va joyda foydalanish imkoniyati mavjud;
🔹 Muvaffaqiyatli foydalanuvchilar Adliya vazirligi va TDYU tomonidan maxsus sertifikat bilan taqdirlanadi.
Huquqiy savodxonlik — muvaffaqiyatingiz kalitidir!
Yuklab olish:
App Store | Play Market

🏆 “Huquqiy bilimlar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
Joriy yilning 15-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” tanlovi natijalari aniqlandi.
Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda 3 000 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovning birinchi bosqichida eng qisqa vaqt ichida eng koʻp toʻgʻri javob bergan 20 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga oʻtdi.
Ularning ikkinchi bosqichda huquqiy savolga bergan javoblari baholandi va eng yuqori ball toʻplagan quyidagi ishtirokchilar gʻolib deb topildi:
🥇 1-oʻrin: Shoxista Muhammadiyeva, Samarqand viloyati – planshet va kitoblar toʻplami;
🥈 2-oʻrin: Munavvara Rizoyeva, Navoiy viloyati – planshet
🥉 3-oʻrin: Xonimjon Sultonboyeva, Xorazm viloyati – poverbank
Gʻoliblarni tabriklaymiz va kelgusi tanlovda barchani faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
@adliyangiliklari
🏆 “Huquqiy bilimlar” tanlovi gʻoliblari aniqlandi
Joriy yilning 15-avgust kuni Adliya vazirligi tomonidan oʻtkazilgan “Huquqiy bilimlar” tanlovi natijalari aniqlandi.
Umumiy oʻrta taʼlim va ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari oʻquvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan tanlovda 3 000 nafardan ortiq yoshlar ishtirok etdi.
Tanlovning birinchi bosqichida eng qisqa vaqt ichida eng koʻp toʻgʻri javob bergan 20 nafar ishtirokchi ikkinchi bosqichga oʻtdi.
Ularning ikkinchi bosqichda huquqiy savolga bergan javoblari baholandi va eng yuqori ball toʻplagan quyidagi ishtirokchilar gʻolib deb topildi:
Gʻoliblarni tabriklaymiz va kelgusi tanlovda barchani faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2017-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉 infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Bola huquqlari himoyasida xalqaro hamkorlik davom etmoqda
Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov BMT Bolalar jamgʻarmasi (UNIСEF)ning Oʻzbekistondagi vakolatxonasi yangi tayinlangan rahbari Rehina Mariya Kastijio bilan uchrashdi.
Vazir mehmonlarga soʻngi yillarda mamlakatimizda bola huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish sohasida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar hamda ularda UNIСEFning oʻrni haqida gapirib oʻtdi.
Shuningdek, tomonlar oʻrtasida joriy yilning mart oyida imzolangan 2024-2025–yillarga moʻljallangan ish reja doirasida amalga oshirib kelinayotgan ishlar va erishilgan natijalar muhokama qilindi.
Oʻz oʻrnida, Rehina Mariya Kastijio xonim Adliya vazirligi tomonidan bola huquqlarini himoya qilish sohasida olib borayotgan ishlarni ijobiy baholab, kelgusida vazirlik bilan UNIСEF oʻrtasida mazkur yoʻnalishda xalqaro tan olingan standartlarni milliy qonunchilikka joriy qilish boʻyicha hamkorlikni kuchaytirishga tayyorligini bildirdi.
Tomonlar kelgusida bolalarning eng ustun manfaatlarini taʼminlash, bolalarga moʻljallangan huquqiy qoʻllanmalar chop etish, yoshlarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda ularni zararli axborotdan himoya qilish boʻyicha qoʻshma loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldi.

#OAV_biz_haqimizda
Reportaj 24 | Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yangi tizimi
@adliyangiliklari
Reportaj 24 | Ijtimoiy munosabatlarni huquqiy tartibga solishning yangi tizimi
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati vakillari bilan uchrashuv boʻlib oʻtdi
Bugun, 29-avgust kuni adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Koreya Respublikasi Adliya vazirligining Migratsiya xizmati Immigratsiyani rejalashtirish departamenti bosh direktori Kim Jeong-Do boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.
Uchrashuv boshida tomonlar Oʻzbekiston – Koreya adliya va huquq sohasidagi uzoq yillik hamkorlik masalalariga toʻxtalib oʻtib, amalga oshirilgan tadbirlar va erishilgan natijalarni muhokama qildi.
Migratsiya xizmati vakillariga mamlakatimizda fuqarolarning shaxsiy maʼlumotlariga oid hujjatlarni olish tartibi, fuqarolik holati yozuvlarini taqdim etish, ularning haqqoniyligini tekshirish hamda apostil qoʻyish bilan bogʻliq rasmiy jarayonlar toʻgʻrisida atroflicha maʼlumot berildi.
Kim Jeong-Do janoblari Oʻzbekistonda mazkur jarayonlar toʻliq raqamlashtirilganligini yuksak baholab, koʻplab inson resurslari, mablagʻlar va, eng asosiysi, vaqt tejalishi, buning oqibatida fuqarolarning ogʻiri yengil boʻlishini taʼkidlab oʻtdi.
Shu bilan birga, uchrashuvda ayrim fuqarolar tomonidan Koreya Respublikasiga kirish vizalarini olish uchun taqdim etilayotgan hujjatlarni soxtalashtirish holatlari kuzatilayotganligi maʼlum qilindi.
Tomonlar mazkur holatlarni oldini olish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilash va oʻzaro maʼlumot almashish tizimini yoʻlga qoʻyishga kelishib olishdi.