ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Yoshlar bilan ishlash masalasi muhokama qilindi


Joriy yilning 27-avgust kuni yoshlar bilan ishlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, jarayonlar holati muhokama qilindi.

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev boshchiligida “Zoom” platformasi orqali oʻtkazilgan yigʻilishda Yoshlar ishlari agentligi va boshqa hamkor tashkilotlar vakillari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, hududiy adliya organlari, shu jumladan, tuman (shahar) adliya boʻlimlarining masʼullari ishtirok etdi.

Tanqidiy ruhda oʻtkazilgan yigʻilish davomida yoshlar oʻrtasida huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik munosabatini shakllantirish, ularda qonunlarga hurmat, mamlakat taqdiriga daxldorlik hamda vatanparvarlik hissini kuchaytirishga qaratilgan kompleks huquqiy targʻibot tadbirlarini tashkil qilish boʻyicha koʻrsatma va takliflar bildirildi.

Yangi oʻquv yilida adliya organlari va muassasalariga yoshlarning tashrifini tashkil qilish orqali “Tengdoshimga huquqiy yordam” tadbirlarini oʻtkazib borish, huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish, yoshlarni huquqiy bilim olishga qiziqtirish boʻyicha amaliy tadbirlarni tashkil qilish yuzasidan zarur topshiriqlar berildi.

Yigʻilish yakunida vazirlikning tegishli boʻlinmalariga belgilangan vazifalarni qisqa muddatlarda va toʻliq amalga oshirish yuklatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududlarda aholi va tadbirkorlar muammolarini hal qilish samaradorligi tahlil qilinmoqda

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev xizmat safari bilan Andijon viloyatiga tashrif buyurib, joylarda aholi va tadbirkorlarga xizmat koʻrsatish, muammolarini aniqlash va hal qilish yuzasidan amalga oshirilgan ishlarni oʻrganmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi Xoʻjaobod tumani, “Xidirsha” MFY misolida tahlil qilinib, masʼullarga kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

Andijon tumanidagi “Andijon sanoat xabi”da “Avto Spring” Oʻzbekiston-Xitoy qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, 40 ga yaqin tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi hamda ularning muammo va takliflari masʼullar ishtirokida muhokama qilindi.

Xoʻjaobod tumanidagi “TURON TEX” Oʻzbekiston — Turkiya qoʻshma korxonasi faoliyati bilan tanishilib, tadbirkorlarga qonunchilik hujjatlarida belgilangan imtiyozlar, subsidiyalar va davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlashning boshqa turlari yuzasidan huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.

Xoʻjaobod tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi hamda davlat arxivi tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi oʻrganilib, ularning xizmat koʻrsatish qulayliklarini oshirishga qaratilgan takliflari koʻrib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Zangiotalik yoshlar uchun Toshkent davlat yuridik universitetida "Ochiq eshiklar kuni" tashkil etildi

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi yoshlarni kasbga yoʻnaltirish, ularning boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish hamda huquqshunoslik kasbining obroʻsi va nufuzini oshirish maqsadida amaliy tadbirlarni tashkil etishi davom etmoqda.

Xususan, Zangiota tumanidagi “Turkiston” va “Qahramon” mahallalarida istiqomat qiluvchi yoshlarning Toshkent davlat yuridik universitetiga sayohati tashkil etildi. Tadbir davomida yoshlarga universitet tarixi, oʻquv yoʻnalishlari va imkoniyatlari haqida batafsil maʼlumotlar berildi.

Shundan soʻng, yoshlar Temuriylar tarixi davlat muzeyida ham boʻlib, Sohibqiron va uning avlodlari haqida hikoya qiluvchi rang-barang eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri aholiga va davlat organlariga koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida qilingan ishlarni oʻrgandi


Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya vaziri Akbar Toshqulov tizim xodimlari faoliyati bilan tanishib, fuqarolar davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson va tez foydalanishlari uchun sharoit va imkoniyatlar yaratish, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar sifatini yanada oshirish borasida qilingan ishlarni oʻrgandi.

Xususan, Qiziriq tumanida vazir adliya boʻlimi va yuridik xizmat koʻrsatish markazi faoliyatidagi yutuq va kamchiliklarni oʻrganib, xodimlar bilan muloqot qildi. Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari muhokama etildi.

Taʼkidlangandek, adliya organlarining asosiy vazifalari qatorida qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyati va ongini oshirishdir, bu borada mahallalardagi “yettilik” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish muhim rol oʻynaydi.

Bandixon tuman adliya boʻlimida Akbar Toshqulov fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, shu jumladan davlat xizmatlaridan foydalanish uchun mavjud imkoniyatlar, xizmatlar sifati, FHDY idoralarida aholiga xizmat koʻrsatish jarayonlarini oʻrgandi. Uchrashuvlar davomida mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish boʻyicha takliflar muhokama qilindi.

Shuningdek, adliya vaziri “Termiz xalqaro savdo markazi”da tadbirkorlar bilan erkin muloqot olib bordi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganildi. Tadbirkorlik faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2016-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉 infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev Navoiy viloyatida aholi murojaatlari, fuqarolarga huquqiy xizmat koʻrsatish sifati va Prezident farmoni ijrosini oʻrganmoqda.

Xususan, vaziri oʻrinbosari Navoiy shahar adliya boʻlimi va faoliyati, davlat xizmatlarini olishda fuqarolarga yaratilgan qulayliklar, viloyat FHDY arxividagi ish jarayoni bilan tanishdi.

Navbatdagi manzil Qiziltepa tumanida boʻldi. Bu yerda tadbirkorlar bilan sayyor qabul tashkil etildi. Bugungi kunda tumanda 3 620 ta tadbirkorlik subyektlari, 5 ming nafarga yaqin yakka tartibdagi tadbirkorlar, 7 mingdan ortiq dehqon xoʻjaliklari faoliyat yuritmoqda.

Qabul davomida yer-joyni ijaraga olish, soliq maʼmurchiligi, kadastr hujjatlaridagi xatoliklar, mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan ichki bozorga taklif qilinayotgan mahsulotlarga qoʻshimcha qiymat soligʻini qayta koʻrib chiqish singari muammolar eʼtibor markazida boʻldi. Adliya ish yurituviga 20 taga yaqin murojaatlar qabul qilindi.

Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Qiziltepa tumanidagi “Bunyodkor” mahallasi “yettiligi” bilan uchrashib, “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosi qay darajada tashkil etilganligi bilan tanishdi.

Mahallada 2 405 nafar aholi istiqomat qilmoqda, ulardan 42 nafari ijtimoiy reyestrga kiritilgan. “Mahalla yettiligi” bilan ishlashda mazkur toifadagi hamda “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftariga” kiritilganlarning masalalariga alohida urgʻu berilmoqda. Murojaatlar turkumlanib, huquqiy masalalarni ijobiy hal etishda koʻmaklashilmoqda.

Suhbat davomida adliya organlari va mahalla hamkorligini yanada samarali yoʻlga qoʻyish, elektron platformalardan foydalanish mexanizmi batafsil tushuntirib berildi.

@adliyangiliklari