ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev Peshku tumani “Mustaqillik” MFYning "mahalla yettiligi" vakillari bilan uchrashib, mahalladagi mavjud muammolarni o'rgandi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan adliya organlari va "mahalla yettiligi" vakillarining hamkorlik yo'nalishlari muhokama qilindi.

Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan "mahalla yettiligi" vakillariga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berilib, turli masalalarda amaliy yordam ko‘rsatildi.

O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qarorlari ijrosini o'rganish maqsadida Peshku tumanining limonchilikka ixtisoslashtirilgan fermer xo‘jaliklari faoliyati bilan tanishildi hamda ularning muammolari mas'ullar bilan birgalikda muhokama qilindi.

Peshku va Romitan tumanlarida adliya organlari tomonidan aholi va tadbirkorlik subyektlariga ko'rsatilayotgan xizmatlar sifati va samaradorligi o'rganilib, ularning davlat xizmatlarini ko'rsatishda qulayliklarni oshirishga qaratilgan takliflari ko'rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat organlariga ijtimoiy sheriklik asosida fuqarolik jamiyati institutlarining loyihalarini BHMning 1000 baravarigacha tanlovlarsiz moliyalashtirish huquqi berilmoqda

Bugun Adliya vazirligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolik jamiyati institutlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmonining mazmun-mohiyatini keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.

👉Batafsil
___

👉На русском языке

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Surxondaryo viloyatiga amalga oshirgan xizmat safari doirasida adliya organlari faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, adliya vaziri Surxondaryo viloyat yuridik texnikumida oʻquv jarayonlarini tashkil etilganlik, oʻqituvchi va oʻquvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, moddiy-texnik bazasining taʼminlanganlik darajasi bilan yaqindan tanishdi. Texnikum binosi 600 oʻringa moʻljallangan, 150 oʻrinli oʻquvchilar turar joyi, sport zali, sport oʻyinlari uchun maydonlardan iborat.

Vazir texnikumdagi mavjud muammolar yuzasidan oʻz tavsiyalarini hamda oʻquvchilarni kelgusida kasbga yoʻnaltirishga doir qilinishi lozim boʻlgan ishlar boʻyicha aniq topshiriqlar berdi.

Navbatdagi manzil — X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud-ekspertiza markazining hududiy boʻlimi boʻldi. Adliya vaziri tomonidan uning faoliyatidagi mavjud muammolar va kelgusida rivojlantirish masalalari tahlil qilindi.

Xizmat safari doirasida Akbar Toshqulov, shuningdek, Termiz shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan suhbatlashib, bugungi kunda notarial idoralar faoliyatida yigʻilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qildi, ularni bartaraf etish mexanizmlari va takliflarni oʻrtaga tashladi.

Adliya vaziri notarial arxiv faoliyati bilan ham yaqindan tanishib, arxiv hujjatlari, mavjud sharoitlarni koʻzdan kechirdi, aniqlangan kamchiliklar boʻyicha aniq koʻrsatmalar berdi.

Shu kunning oʻzida Akbar Toshqulov Termiz shahar adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi. Taʼkidlangandek, adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi “yettilik” bilan bevosita hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishdir.

Shuningdek, davlat xizmatlari markaziga kelgan fuqarolar bilan muloqot qilinib, koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati va xodimlarining muomala harakati yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Oʻrganish davomida “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti tomonidan fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha, shu jumladan onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, aholining huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

@adliyangiliklari