ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.52K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Intervyu

Safia – garajda boshlangan shirin biznes

Safiaʼning yaratilishi tarixi qanday? Uning muvaffaqiyat siri nimada? Ayni paytda qonun bilan himoyalangan brend qanday paydo boʻlgan? Shirinliklar qanday tayyorlanadi? Qandolatchilik kompaniyasi xodimlari qancha maosh olishadi? “Qaroqchi”ning bu galgi sonida dunyo bozorini egallab borayotgan brend faoliyatiga ichkaridan nazar tashlaymiz.

Toʻliq video: 👉https://youtu.be/Kw_kg5SnFQQ

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1998-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Bilasizmi #Adliya_aksiya

🗂 Qonunchilikka koʻra, xotin-qizlar nodavlat ta'lim tashkilotlarida kasb-hunarga va tadbirkorlikka oʻqiganda, ular tomonidan qilingan xarajatlarning 70 foizi, biroq har bir bitiruvchiga 1 million soʻmdan ortiq boʻlmagan xarajatlar davlat tomonidan qoplab berilishi belgilangan.

@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1999-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining respublika bosqichi boshlandi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi #Adliya_aksiya

Qonunchilikka koʻra, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ijtimoiy himoyaga muhtoj yolgʻiz ayollarning bolalari davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlariga ustunlik bilan qabul qilinish huquqiga ega.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari bilan hamkorlik yoʻlga qoʻyildi

Adliya vaziri oʻrinbosari Sherzod Rabiyev boshchiligidagi delegatsiya yuridik kadrlarining salohiyatini oshirish, taʼlim sohasida hamkorlikni kengaytirish, jumladan, Toshkent davlat yuridik universitetida Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlari bilan qoʻshma dasturlarni joriy etish maqsadida Londonga tashrif buyurdi.

Xususan, adliya vaziri oʻrinbosari Sh. Rabiyev va Toshkent davlat yuridik universiteti rektori v.v.b. I.Rustambekov London universiteti rahbariyati bilan muzokaralar oʻtkazdilar. Natijada London universiteti va Adliya vazirligi taʼsischiligida Oʻzbekistonda Britaniya xalqaro universitetini ochish boʻyicha tegishli choralarni koʻrish toʻgʻrisida kelishuvga erishildi.

Tomonlar oʻzaro hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, akademik almashinuv dasturlarini tashkil etish, London universiteti professor-oʻqituvchilarini TDYUga jalb qilish, hamkorlikda Ingliz huquqi kafedrasini ochishga kelishib oldi.

Tashrif doirasida Oʻzbekiston delegatsiyasi Kardiff va SOAS universitetlari rahbariyati bilan ham uchrashdi. Muzokaralar natijasida Kardif universiteti bilan bakalavriat bosqichida 2+2 va magistratura bosqichida 1+1 qoʻshma dasturlarini joriy etishga kelishildi. SOAS universitet va uning markazlari bilan hamkorlik shartnomalari imzolanib, birgalikda tadqiqotlar oʻtkazish, treninglar tashkil etish va akademik almashinuvni yoʻlga qoʻyiladigan boʻldi.

Shuningdek, Oʻzbekiston delegatsiyasi Buyuk Britaniyadagi xalqaro yuridik firmalari — “Vinson & Elkins” LLP, “Essex Chambers”, “GSC Solicitors” LLP, “Eldwick Chambers” va “Stone 36 Chambers” vakillari bilan uchrashib, birgalikda qoʻshma treninglar oʻtkazish, ekspertlik ishlarini tashkil etish, Oʻzbekiston investorlari va kompaniyalariga xalqaro tijoriy faoliyatida huquqiy yordam koʻrsatish masalalarini muhokama qildi. Hamkorlikning dastlabki qadami sifatida 10-sentabr kuni Toshkent davlat yuridik universitetida “English Law Day”ni oʻtkaziladi. Kelajakda yuristlar uchun turli treninglarni tashkil etishga kelishib olindi.

Adliya vazirligi
Axborot xizmati


@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2000-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Qabul_2024

📣 Adliya vazirligi yuridik texnikumlariga tanlov boshlandi!

Oliy va professional taʼlim muassasalariga kirish test sinovlarida ishtirok etgan abituriyentlar 2024-yil 18-avgustdan 27-avgustga qadar 10 kun davomida my.uzbmb.uz saytida professional taʼlim muassasasini (yuridik texnikumlarni) tanlashi mumkin.

Abituriyentlar tanlash muddati yakunlangunga qadar oʻz tanlovlarini oʻzgartirsa ham boʻladi.

Abituriyentlarning talabalikka tavsiya etilgan yoki etilmagani toʻgʻrisidagi yakuniy tanlov natijalari tanlash toʻliq yakunlangandan soʻng bir hafta muddatda eʼlon qilinadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini koʻrsatuvchi tashkilotlarga tavsiyalar berildi

Adliya vazirligi Sport vazirligi bilan hamkorlikda hududlardagi davlat xizmatlari markazlari va sport maktablarining masʼul xodimlariga “Zoom” dasturi orqali sport-taʼlim muassasalariga oʻquvchilarning hujjatlarini qabul qilish hamda ularning oʻqishini koʻchirish boʻyicha davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini oshirish boʻyicha seminar oʻtkazildi.

Mazkur davlat xizmatlarini koʻrsatish jarayonida fuqarolarga tezkor va sifatli davlat xizmatini koʻrsatish, fuqarolarning ortiqcha ovoragarchiligini oldini olish hamda davlat xizmati koʻrsatilishini sifatini oshirish masalasida masʼullarga tegishli tushuntirish va koʻrsatmalar berildi.

Shuningdek, seminarda sohada yuzaga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf etish boʻyicha takliflar tinglandi.

Maʼlumot uchun: sport maktablari va ixtisoslashtirilgan sport maktablari, Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazlari uchun 1-avgustdan 21-avgustga (shu kuni ham) qadar istalgan davlat xizmatlari markaziga yoki YIDXP davlat xizmatidan elektron shaklda foydalangan holda ariza yuborishi mumkin.


@adliyangiliklari
#Mustaqillik_solnomasi

❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 2001-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.


Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari