#Adliya_xabari
Adliya vaziri Qashqadaryoda aholining huquqiy muammolari hal etilishini oʻrgandi
Akbar Toshqulov Qarshi shahar, Shahrisabz va Kitob tumani adliya boʻlimlari tomonidan uyma-uy yurish orqali aholining aniqlangan huquqiy muammolari hal etilishi holatini oʻrgandi.
Xususan, Shahrisabz tumanida aniqlangan huquqiy muammolarning 509 tasi, yoki 72 foizi, Qarshi shahrida 121 tasi, yoki 58 foizi, Kitob tumanida 106 tasi, yoki 92 foizi ijobiy hal etilgan.
Adliya vaziri oʻrganish jarayonida asosiy eʼtiborni tizimli huquqiy muammolarni hal etish boʻyicha qonunchilikka takliflar ishlab chiqish, aholiga sayyor tartibda sifatli huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, manzilli targʻibot tadbirlarini tashkil etish masalalariga alohida eʼtibor qaratish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Shuningdek, aholi bilan uyma-uy yurib muloqot qilish, ularning kayfiyati va muammolarini oʻrganish, yoshlar bilan manzilli ishlash bilan bogʻliq vazifalarga ham toʻxtalib oʻtilib, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.
Bundan tashqari, Akbar Toshqulov viloyat hokimi Murodjon Azimov bilan birgalikda yuridik texnikum binosining taʼmirlash jarayoni bilan tanishib, ushbu dargoh har tomonlama zamonaviy innovatsion texnologiyalarini oʻzida mujassamlashtirishi va bu yerda yetuk yurist kadrlar yetishib chiqishi muhim vazifa ekanini taʼkidlab, qurilish boʻyicha tavsiya va takliflarni bildirdi.
Adliya vazirligi
Axborot xizmati
@adliyangiliklari

#Adliya_tayinlov
Adliya vazirligi Axborot xizmati boshlig‘i lavozimiga Shoxidaxon Yuldasheva tayinlandi.
Sh. Yuldasheva adliya organlari tizimida 18 yillik ish tajribasiga ega. Oliy ma'lumotli yurist, fan nomzodi (PhD) ilmiy darajasiga ega, 1-darajali adliya maslahatchisi.

Adliya vazirligi Huquqiy axborot boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga Furqat Tojiyev tayinlandi.
F.Tojiyev Adliya vazirligi tizimida 15 yillik ish tajribasiga ega, oliy ma'lumotli yurist, 1-darajali adliya maslahatchisi.

Adliya vazirligi Qonunchilikni tizimlashtirish va tartibga solish taʼsirini baholash boshqarmasi boshligʻi lavozimiga Maʼrufjon Nazarov tayinlandi.
M.Nazarov Adliya vazirligi tizimida 9 yillik ish tajribasiga ega, oliy maʼlumotli yurist, 2-darajali adliya maslahatchisi.

Bugun, 15 avgust kuni AOKAda “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e'tirof etish to‘g‘risida”gi Qonunida nazarda tutilgan tartib-taomillar keng jamoatchilikka tushuntirish maqsadida matbuot anjumani tashkil etildi.
Unda Adliya vazirligi, Kadastr agentligi va “O‘zbekkosmos” agentligi vakillari ishtirok etib, OAV vakillarining savollariga javob berdi.
👉Batafsil

#Mustaqillik_solnomasi
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
❗️Mustaqillik: shonli 33 yil, 1996-yilda amalga oshirilgan ayrim muhim ishlar.
Batafsil 👉infografikada
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Akbar Toshqulov Samarqand viloyatida aholi muammolarini hal etish va yoshlar bilan manzilli ishlash holatini oʻrgandi
Adliya vaziri Samarqand tumanidagi “Konigil” mahallasida masʼullar bilan aholining tizimli huquqiy muammolari va ularni hal etish masalalarini muhokama qilib, fuqarolar bilan muloqot qildi hamda foydalanishga topshirilgan infokiosk ish jarayoni bilan tanishdi.
Shuningdek, mahallada tashkil etilgan “Tadbirkorlik markazi”dagi uchrashuvda qonunchilikda belgilangan imtiyozlar haqida batafsil tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, A.Toshqulov Payariq tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, “Madad” NNT va FHDY boʻlimi xodimlari bilan uchrashib, faoliyat samaradorligiga erishish boʻyicha amaliy ishlar tahlili bilan tanishdi hamda ularga kasbiy rivojlanish, fuqarolarga sifatli huquqiy va davlat xizmatlarini koʻrsatish yuzasidan koʻrsatmalar berdi.
Shundan soʻng, Adliya vaziri SOS Oʻzbekiston Bolalar mahallalari uyushmasining Samarqand shahar filiali sharoiti va imkoniyatlar koʻlami bilan tanishib, maskan xodimlari va bolalar bilan suhbatlashdi hamda qonunchilikda berilgan imkoniyatlar haqida maʼlumot berildi.

Respublikamizda navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazi ochildi
Davlat rahbarining tegishli qaroriga asosan ixtirochilar, innovatorlar, biznes-jamoalar, mustaqil izlanuvchilar va yosh olimlarga axborot maydonchalari yaratilishida texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlar rolini oshirish belgilangan.
Mazkur qaror ijrosini taʼminlash maqsadida joriy yilning 14-avgust kuni Fanlar akademiyasi Botanika instituti qoshida navbatdagi Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha yigʻilish oʻtkazildi.
Yigʻilishda Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi masʼullari ishtirok etib, markaz direktori B.Sagdullayev va institut direktori K.Tojibaevlar tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazini tashkil etish boʻyicha bitim imzolandi.
Aytish joizki, texnologiya va innovatsiyalarni qoʻllab-quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent maʼlumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini oʻtkazish hamda oʻz ishlanmalarini tijoratlashtirish boʻyicha zarur koʻnikmalarni shakllantirishga xizmat qiladi.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM