ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Xovos tumanidagi “Qahramon” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri hamda viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari B.Nazarovning sayyor qabuli oʻtkazildi.

Sayyor qabul davomida 20 ga yaqin fuqarolarning kadastr hujjatini rasmiylashtirish, ijtimoiy himoya, mehnat munosabatlari, tibbiyot, kommunal soha, davlat xizmatlaridan foydalanish, mulkiy huquqlarga oid bir qator muammolari koʻrib chiqildi. Besh nafar fuqarolarning murojaatlari joyida yechim topdi, 10 nafar fuqarolarning murojaatlari yuzasidan zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, qolganlari ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, aholiga qulaylik yaratish maqsadida sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. “Adliya kuni” doirasida aholining yashash sharoiti bilan joyiga chiqqan holda tanishish maqsadida mazkur mahallada uyma-uy yurib, fuqarolarning kundalik hayotida duch kelinayotgan huquqiy muammolari masʼullar tomonidan oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tashabbus

⚡️Adliya vazirligi tomonidan 1-avgustdan 30-avgustga qadar “Xotin-qizlarga huquqiy ko‘mak” huquqiy aksiyasi o‘tkaziladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Samarqanddagi adliya organlarida bo‘ldi

Bugun adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimovning Samarqand viloyatiga xizmat safari boshlandi. Dastlab vazir o‘rinbosari Samarqand shahar adliya bo‘limi, davlat xizmatlari markazi hamda yuridik xizmat ko‘rsatish markazida bo‘lib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan yanada qulay, oson foydalanishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar ko‘lami bilan tanishdi. Tizim xodimlarining ish sharoitlari, jarayondagi muammolar va xizmatlar sifatini takomillashtirish bo‘yicha takliflarini o‘rgandi. Markazdagi  boshqa qulaylar samarasini ko‘zdan kechirdi.

Tizim mas'ullari bilan o‘zaro muloqotda bu borada ahamiyat qaratilishi lozim bo‘lgan muhim masalalar yuzasidan takliflar, fikr-mulohazalarni o‘rtaga tashladi, tafsiyalarni berdi.

Bugungi kunda Samarqand shahar davlat xizmatlari markazida “3 qadam” tamoyili joriy etilgan bo‘lib, xizmat ko‘rsatish tezkorligini oshirish maqsadida xizmatlar “oson”, “o‘rta” va “murakkab” toifalarga ajratilgan. Shuningdek, fuqarolarga qo‘shimcha qulaylik yaratish maqsadida ishga tushirilgan ID-karta, xorijga chiqish biometrik pasporti, yangi namunadagi milliy haydovchilik guvohnomasini rasmiylashtirish xizmatlari ham bir necha yildirki xalq xizmatida.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning o‘tgan 6 oyida Samarqand shahar davlat xizmatlari markazi tomonidan fuqarolarga jami 174 892 ta davlat xizmatlari ko‘rsatilgan bo‘lib,  64 848 tasini onlayn tarzda ko‘rsatilgan xizmatlardir.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar muammolari adliya eʼtiborida

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Urgut tumanidagi erkin iqtisodiy zonada boʻlib, u yerda tadbirkorlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Xususan, umumiy qiymati 3 mln dollar boʻlgan “Innovation med total” korxonasi rahbari Sh.Mirboboyev bilan suhbat oʻtkazilib, tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish bilan bogʻliq amaliyotda mavjud muammolar muhokama qilindi.

Muloqot davomida bildirilgan qonunchilikka takliflar kelgusida batafsil oʻrganilib, tadbirkorlik faoliyatida vujudga kelayotgan tizimli muammolarni hal etish boʻyicha zaruriy chora-tadbirlar koʻrilishi bildirib oʻtildi.

@adliyangiliklari