ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.53K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
🏢O'zbekiston Respublikasi adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Qoraqalpog'iston Respublikasida "mahalla yettiligi" va aholi bilan uchrashdi.

👉Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev Nukus shahrining "Navbahor","Navruz" MFY va Qorao'zak tumani "Madaniyat" OFY da "mahalla yettiligi" bilan uchrashdi, shuningdek hudud aholisi uchun sayyor qabul o'tkazib, ularning huquqiy muammolarini o'rgandi va hal etish yuzasidan mas'ullarga topshiriq va tavsiyalarini berdi.

📌Safar so'ngida Xadicha Sulaymanova nomidagi respublika sud ekspertizasi markazi Qoraqalpog'iston bo'limi, Qorao'zak tumani adliya bo'limi faoliyati va Nukus shahar DXMning yangi binosi qurilish jarayoni bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xorazm viloyati Adliya boshqarmasida intellektual mulk boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslarning muammolar
ini o‘rganish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi

Joriy yilning 25-iyul kuni Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi raxbari B.Sagdullayev, Xorazm viloyati adliya boshqarmasi boshlig’ining birinchi o’rinbosari R.Sabirov hamda markazning tegishli mutaxassislari ishtirokida Urganch shahrida tadbirkorlik subyektlarining sohaga oid mavjud muammolarini joylarda o‘rganish va ularni bartaraf etish yuzasidan sayyor qabul o‘tkazildi.

Sayyor qabulda turli sohalarga oid tadbirkorlik subyektlari: ishlab chiqaruvchilar, xizmat ko‘rsatish korxonalari raxbarlari, yosh ishbilarmonlar, tijoratchilar shu bilan birga manfaatdor shaxslar ishtirok etib, mavjud bo‘lgan va hal etilmagan muammolari yuzasidan markaz raxbariga bevosita murojaat etish imkoniga ega bo‘ldilar.

Barcha ishtirokchilarning savollari, muammolari eshitildi, joyning o‘zida o‘rganilib chiqildi hamda kerakli ko‘rsatma va maslahatlar berildi.

Shu bilan birga, tadbir davomida yuqoridagi maslalarni hal qilish yuzasidan markaz xodimlari tomonidan tegishli amaliy ko‘mak ishlari amalga oshirildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Ekspertiza imkoniyatlari

X.Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazining Materiallar, ashyolar va buyumlar kriminalistik ekspertizasi laboratoriyasi faoliyati haqida video lavha.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Elektrotexnika va avtomobilsozlik sohasida tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar va ular bo‘yicha takliflar tinglandi

- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish jarayonida elektrotexnika va avtomobilsozlik sohasida faoliyat ko‘rsatayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

- Ushbu davra suhbatida adliya vazirining o‘rinbosari X.Meliyev ishtirok etdi va tadbirkorlarning qonunchilikdagi masalalari bo‘yicha murojaatlari qabul qilib olindi.

- Davra suhbatida elektrotexnika va avtomobilsozlik sohasida tadbirkorlik subyektlarini qiynayotgan muammolar va ular bo‘yicha takliflar tinglandi.

- Sohada mavjud bo‘lgan muammolarning huquqiy yechimlari bo‘yicha tegishli vazirlik va idoralarning mas'ul rahbarlari tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Ma'lumot uchun, tadbirkorlik subyektlaridan litsenziyalash, ruxsat berish va xabardor qilish tartib-taomillari, davlat xizmatlarini ko‘rsatish, majburiy talablar va byurokratik to‘siqlarni kamaytirish yo‘nalishida Adliya vazirligiga kelib tushgan 20 ga yaqin murojaatlar ko‘rib chiqildi. Shundan, 7 ta murojaat qanoatlantirildi va 7 ta murojaat bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berildi.

Aniqlangan muammolar asosida normativ-huquqiy hujjatlarni takomillashtirish yuzasidan 10 ga yaqin takliflar respublika komissiyasiga kiritildi
.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

"Zomin" bolalar oromgohida sirdaryolik yoshlar o'rtasida sport va huquqiy tadbirlar o‘tkazildi

"Zomin" bolalar oromgohida 250 nafardan ziyod bolajonlar hordiq olmoqdalar. Sirdaryolik yoshlarni o‘z bag‘riga olgan ushbu oromgoh Zomin tumanidagi so‘lim go‘shalardan biridir.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari M.Qurbonov boshchiligida toyloqliklarning huquqiy masalalari o‘rganildi.

Tuman adliya bo‘limi va tizim tashkilotlari mas'ullari ishtirokida dastlab fuqarolarning murojaatlari sayyor qabulda tinglandi. Aholi, gaz, elektr, suv, kadastr, bandlik, sog‘liqni saqlash, ta'lim, tug‘ilishni muddatini o‘tkazib qayd qilish, aliment va boshqa masalalar yuzasidan adliya xodimlari bilan muloqotda bo‘ldi.

Qabulda 15 ta murojaat kelib tushib, ularning 3 tasi joyida hal etildi, 2 nafar fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi hamda boshqa murojaatlar nazoratga olindi.

Jumladan, fuqaro Davlat Ilyasov turmush o‘rtog‘ini ish bilan ta'minlash masalasida murojaat qildi. Mazkur masalani M.Qurbonov kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish bo‘limi bilan bog‘langan holda shu joyning o‘zida ijobiy hal etiib, yuqaroga ishga yo‘llanma berildi.

“O‘zbekiston” mahallasida uyma-uy yurish jarayonida ham hudud aholisi boshqarma boshlig‘i o‘rinbosariga meros, kadastr, tug‘ilganlik guvohnomasini olish, moddiy yordam, tadbirkorlik, nikoh guvohnomasini olish singari huquqiy masalalarini ma'lum qildi. O‘zlarini qiziqtirgan huquqiy savollariga javob oldi.

@adliyangiliklari