ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan Kosonsoy tumanida sayyor qabul tashkil etildi


Kosonsoyda huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, tug’ilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaati tinglandi.

Sayyor qabul davomida kelib tushgan 13 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilidi. Shuningdek, qabulda 10 ta murojaat muddat va o’rganish talab qilgani bois, adliya bo’limi ish yurituviga olindi. Jumladan, 5 ta murojaat ishga kadastrdan royxatdan o’tkazish, 3 tasi FHDY sohasi bo’yicha 2 ta murojaat esa yetkazilgan zararni undirish yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish va hal etish uchun tuman adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.

Batafsil👈🏻

@adliyangiliklari
#Adliya_tanlov

Adliya vazirligi 2024-yilda Nodavlat notijorat tashkilotlari o‘rtasida muhim ijtimoiy ahamiyatga molik loyihani amalga oshirishga davlat ijtimoiy buyurtmasini taqdim etish uchun tanlov E’LON QILADI 📣

Maqsad: aholining huquqiy savodxonligi va huquqiy bilimini oshirish, qabul qilinayotgan qonunchilik hujjatlari haqida aholi xabardorligini oshirish, aholi o‘rtasida qonunchilik hujjatlarining mazmun-mohiyatini mustaqil ravishda o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini orttirish.

Hujjatlar 2024-yil 22-iyuldan 10-avgustgacha qabul qilinadi.

Batafsil 👉🏻 https://adliya.uz/posts/ozbekiston-respublikasi-adliya-vazirligi-2024-na1g

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_ijtimoiy_himoya

Adliya vazirligi tizimida xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va jamoaviy kasbiy sog‘lom muhitni yanada yaxshilash, xodimlarning salomatligini oshirish va ularni chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tishlariga sharoitlar yaratib berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi bilan hamkorlikda bepul tibbiy ko‘rik tashkil qilindi.

Xodimlar “onkoskrining”, “endokrinologik”, “kardiologik” hamda 10 dan ortiq tor mutaxassislar tomonidan kompleks tibbiy tekshiruvdan o'tkazildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Akademik litseylarga kirish imtihonlarining kuni va vaqti aniq bo'ldi


🔰TDYU huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025-o'quv yili uchun hujjat topshirgan abituriyentlar uchun test sinovlari quyidagicha o'tkazilishi rejalashtirilgan:

✅ Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey:

⏰ 2024-yil 27-iyul kuni soat 07:30 da

➖Toshkent shahri, Amir Temur ko'chasi, 107-uy manzilida joylashgan "O'zekspomarkaz" milliy ko'rgazmalar majmuasining 2-pavilyonida;

➖Toshkent shahri Islom Karimov shoh ko'chasi, 98 "A" -uyda joylashgan "Yoshlik" sport majmuasida.

✅ Namangan viloyat akademik litseyi:

⏰ 2024-yil 27-iyul kuni soat 07:30 da

➖ Namangan shahri Istiqlol ko'chasi 3-uy Barkamol avlod sport majmuasi markaziy arenasida

✅ Samarqand viloyat akademik litseyi:

⏰ 2024-yil 27-iyul kuni soat 07:30 da:

➖ Samarqand shahri, Ro'dakiy ko'chasi, 243-uy manzilida joylashgan Samarqand sport o'yin turlari va yengil atletikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida.

⚠️Eslatma:

📌 Abituriyentlar test sinovlariga kirish uchun litsey.uzbmb.uz elektron platformasidan ruxsatnomani yuklab olib, uni chop etilgan holda soat 07:30 dan kechikmasdan, shaxsini tasdiqlovchi hujjat (tug'ilganlik haqida guvohnoma yoki ID karta) bilan kelishlari lozim.

@adliyangiliklari
#Adliya_va_yoshlar

Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashilmoqda

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi, Quvasoy shahar adliya bo‘limi xodimlari hamda yuridik texnikum o‘quvchilari bilan birgalikda Quvasoy shahridagi "Vodiy gavhari" oromgohida dam olayotgan yoshlаr uchun targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Tadbirda yoshlarga o‘zlarining huquq vа burchlаrini tushuntirish hamda qаdriyatlаrni hurmаt qilish mаvzulаridа davra suhbati tаshkil qilindi.

Shuningdek, yoshlarning huquqiy
madaniyatni oshirishga qaratilgan huquqiy zakovat tadbirlari o‘tkazilib, faol qatnashgan yoshlarga kitoblar sovg‘a qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

MANZILLI TARG'IBOT TADBIRLARI SAMARA BERMOQDA


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi farmonida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tuman, shahar adliya bo'limlari tomonidan uyma-uy yurish tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Forish, Sharof Rashidov, Arnasoy, Yangiobod tumanlarida fuqarolarga birlamchi huquqiy yordam va maslahatlar berilib, aholi muammolari ham o'rganilmoqda. Yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT xodimlari birgalikda mahalla ettiligi bilan hamkorlikda targ'ibot tadbirlarini ham o'tkazib borishmoqda.

Bu jarayonlarda davlat organlari va tashkilotlarining ham ishtiroki fuqarolarga yanada qulaylik yaratmoqda. Murojaatlar tegishliligi bo'yicha o'z sohalariga etib bormoqda.

Aholiga sayyor davlat xizmatlari ham ko'rsatilmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Qanday mahsulotlar eng ko‘p soxtalashtiriladi: aniqlangan kontrafakt mahsulotlar sohalar kesimida

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tanlov #Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi tashabbusi bilan tuman va shaharlardagi mahallalarda adliya organlariga biriktirilgan 14 yoshga to‘lgan hamda 30  yoshdan oshmagan yoshlar o‘rtasida “Zukko kitobxon” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jarayonlarni kuzatib boring.

@adliyangiliklari