ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

PREZIDENT QARORLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi PF–6166-son farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq adliya organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha nazorat olib borishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 28-sentabrdagi PQ-319-son qarorining 2-ilovasi bilan tasdiqlangan Respublika miqyosida ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatish tizimini takomillashtirishga doir chora-tadbirlar rejasining 4-bandida ijtimoiy xodimlarning mehnat sharoitlarini yaxshilash, shu jumladan, amalga oshirish mexanizmi sifatida joylarda, mahalla fuqarolar yig‘inlarida ijtimoiy xodimlar uchun alohida xona ajratilishini hamda ularga ishlash uchun zarur sharoitlar yaratish choralarini ko‘rish vazifasi belgilangan.

Qarorning 1-bandida 2023-yil 15-oktabrdan boshlab dastlab 28 ta tuman va shaharlarda eksperiment tariqasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligining “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari ijtimoiy xodimlar guruhlari tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatishning yangi tizimi yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Prezident qarori bilan ijtimoiy himoyani mahalla darajasida tashkil etish, kompleks ijtimoiy xizmat va yordamlar ko‘rsatish ko‘zda tutilgan edi. Ijtimoiy himoyaning samaradorligini oshirish maqsadida dastlab viloyatimizning Farg‘ona shahri va Dang‘ara tumanida eksperiment tariqasida “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari tashkil etilgan bo‘lsa, hozirda bu kabi markazlar barcha tuman va shaharlarda faoliyat yuritmoqda.

Adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosini taʼminlash yuzasidan uslubiy ko‘mak ko‘rsatildi. Ijtimoiy himoya milliy agentligi Farg‘ona viloyat boshqarmasi va tuman-shahar hokimliklari tomonidan 507 nafar faoliyat olib borayotgan ijtimoiy xodimlar uchun xonalar ajratilishi, stol-stullar hamda ish faoliyati shart-sharoitlar yaratib berilishiga erishildi.

Viloyatdagi 87 mingdan ortiq nogironligi bo‘lgan shaxslar, qariyb 3 ming nafar o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz keksalar, 3 ming 500 dan ortiq protez-ortopediya moslamalariga muhtojligi bo‘lgan shaxslarga “Inson” ijtimoiy xizmatlar markazi va ijtimoiy xodimlar tomonidan ijtimoiy xizmatlar va yordamlar ko‘rsatilib, 6 oy davomida 1 ming 834 nafar fuqaro reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta'minlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari To’raqo’rg’on tumani adliya bo‘limi faoliyatini o’rgandi
.

Adliya vaziri o’rinbosari X.Meliyev To’raqo’rg’on tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY boʻlimi hamda yuridik xizmat koʻrsatish markaziga borib, jismoniy va yuridik shaxslarni davlat xizmatlaridan tez va sifatli foydalanishlari uchun yaratilayotgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganishlar davomida soha xodimlarini ish hajmini avtomatlashtirish, jamoaviy birdamlik ruhini ko‘tarish, kasb etikasiga rioya qilish va xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini tez va sifatli ko‘rsatishni tashkil etishdan iborat.

Muloqotda adliya bo’limi faoliyatida duch kelinayotgan tizimli muammolar tahlil qilinib, ularning yechimi yuzasidan taklif va mulohazalar tinglandi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Bitiruvchilar mustaqil hayotga qadam qo‘ydilar

Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasida Farg‘ona viloyat Yuridik texnikumi navbatdagi bitiruvchilariga tantanali diplom topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur o‘quv yilida texnikumni 207 nafar o‘quvchilar muvaffaqiyatli tamomladilar.

Ularning 3 nafari qizil diplomni qo‘lga kiritdilar, 4 nafar bitiruvchilar suhbat asosida Yuridik fakultetlarga o‘qishga qabul qilish imkoniyatini qo‘lga kiritdilar.

Adliya boshqarmasi jamoasi nomidan bitiruvchi yoshlarga kelgusi ishlarida omad va zafarlar tilaymiz!

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Mutaxassis_sharhi

Adliya vazirligi: talab etiladigan 30 dan ortiq hujjatlar qisqartirildi

Vazirlar Mahkamasining “Litsenziyalash va ruxsat berish tartib-taomillarining soddalashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish, shuningdek, ba’zilarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida” 2024-yil 13-iyuldagi  qaroriga asosan qator  yangiliklar joriy etilmoqda. Bu haqda mutaxassis sharhida batafsil ma’lumot berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_reportaj

Korrupsiya bilan kurashishda adliyaning muvaffaqiyat siri

Adliya vazirligi O‘zbekistonda davlat boshqaruv organlari orasida birinchi bo‘lib Korrupsiyaga qarshi kurashish menejment tizimi bo‘yicha xalqaro standart sertifikatini qo‘lga kiritgan edi. Bugun ham tizimda korrupsiyani bartaraf etish bo‘yicha xalqaro va mahalliy darajada muhim natijalarga erishilmoqda.

Xo‘sh, vazirlikning muvaffaqiyat formulasi qanday? Korrupsiya bilan qanday kurashadi? Katta natijalarga qanday qilib erishadi?

Batafsil videorolik orqali👆 ma’lumot oling!

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

NNTlarga oid ko‘rsatkichlar

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Norin tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.


Adliya vaziri oʻrinbosari Xudoyor Meliyev Norin tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

Xodimlar bilan olib borilgan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_sarisob

"Bor-baraka, sotildi": sotilgan eng qimmat va eng arzon avtomobillar narxi



Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

2024-yilning I yarim yilligida yuridik xizmat markazlari tomonidan berilgan huquqiy xulosalar

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

O‘zbekistonda nechta advokat bor va ularning o‘rtacha yoshi nechi?

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_ijro

Aholining 6 mingdan ortiq huquqiy muammolari hal etildi

‼Adliya organlari tomonidan Prezidentning 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida fuqaro-mahalla-adliya tizimi asosida uyma-uy yurgan holda aholi muammolari hal qilinmoqda.

Batafsil infografikada👆
#Adliya_sarhisob

Adliyacha iqtisod: tizimda tejab qolingan energiya va qog‘oz miqdori

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarni aniqlash: qaysi yo‘nalishlarda eng ko‘p sud ekspertizalari amalga oshirildi

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari
#Adliya_sarhisob

Adliyada kimlar ishlaydi: xodimlarning jinsi, yoshi va ma’lumoti bo‘yicha tarkibiy ko‘rsatkichlar

Batafsil 👉infografikada

@adliyangiliklari