ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Zukko_kitobxon

Adliya vazirligi: “Zukko kitobxon” tanloviga start berildi

Adliya vazirligi tomonidan “Ziyo ulash” aksiyasining mantiqiy davomida sifatida “Zukko kitobxon” tanlovi oʻtkazilmoqda.

Shu kunlarda tanlovning birinchi bosqichi (tuman (shahar) bosqichi) boʻlib oʻtib, 2-bosqichga saralanyapti.

Maʼlumot uchun: “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qoʻllab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini taʼminlash maqsadida oʻtkazilmoqda.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

📹 Adliya organlari tomonidan olis hududlarda fuqarolarning huquqiy masalalari manzilli oʻrganilib, murojaatlarga ijobiy yechim topilmoqda.

@adliyangiliklari
⚡️Mustaqil izlanuvchilikka hujjat topshirmoqchi bo‘lgan talabgorlar diqqatiga!

Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 22-maydagi 304-son qarori talablariga muvofiq 2024-yil 4-chorak uchun oliy ta’limdan keyingi ta’limning shakllaridan biri mustaqil izlanuvchilikka Yagona elektron tizim — phd.mininnovation.uz orqali hujjatlarni onlayn topshirish boshlandi.

Hujjatlar joriy yilning 15-avgustga qadar qabul qilinadi.

Mustaqil izlanuvchilik(PhD)ga til sertifikati talab etilmaydi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 So’rovnomada ishtirok eting!

Hurmatli fuqarolar!

Adliya vazirligi tomonidan aholiga ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari sifatini yanada yaxshilash maqsadida ijtimoiy so‘rovnoma ishlab chiqildi.

➡️ Mazkur so‘rovnomada ishtirok etib, davlat xizmatlari sohasida sizga ko’rsatilayotgan xizmatlarga baho bering.

So’rovnomaga quyidagi havola orqali o’tasiz👇
https://forms.gle/nGWupVvdStthG8az5

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Tadbirkorlik kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasida ko‘rib chiqilmoqda


Tadbirkorlik kodeksi loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilindi.

Kodeks loyihasi bilan amaldagi yaxlit 9 ta qonun, 2 ta yangi qonun loyihalari va 10 dan ortiq qonunosti hujjatlari birlashtirilib, tadbirkorlik faoliyatini tashkil etishdan boshlab uni tugatishgacha bo‘lgan barcha jarayonlarni tartibga solishga qaratilgan.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

@adliyangiliklari
Tadbirkorlardan ortiqcha statistika va hisobotlarni talab qilganlik uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda

Bugun, 16-iyul kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasida Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 241-10-moddasiga oʻzgartirish kiritish haqidagi qonun loyihasi qabul qilindi.

Kiritilgan oʻzgartirishga asosan, endilikda davlat organlari tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik maʼlumotlarning yagona roʻyxatiga kiritilmagan statistika, moliya, soliq va boshqa hisobotlarni tadbirkorlik subyektlaridan talab qilinishi, shuningdek, Yagona roʻyxatda nazarda tutilgan hisobotni taqdim etishning belgilangan muddatlari va tartibiga zid ravishda talab qilib olish uchun maʼmuriy javobgarlik belgilanmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_arxividan

Kattaqoʻrgʻon tuman DXM: kecha va bugun

Zarafshon vodiysining tekislik qismida, Narpay kanalining chap sohilida joylashgan Kattaqoʻrgʻon tumani Samarqand shahridan 100 kilometr uzoqlikda joylashgan.

Navoiy viloyati hamda Pastdargʻom, Nurobod, Ishtixon, Narpay, Qoʻshrabot tumanlari bilan chegaradosh boʻlgan mazkur tumanda 2017-yil dekabridan buyon davlat xizmatlari markazi faoliyat yuritadi.

Dastlab, oʻz binosiga ham ega boʻlmagan markaz 2020-yildan buyon zamonaviy va shinam, barcha qulayliklarga ega boʻlgan yangi binoda ish boshladi. Tashkil etilganidan buyon bugunga qadar markaz tomonidan jami 242 ming 732 ta davlat xizmatlari koʻrsatilgan.

Foto suratlar orqali markazimizning avvalgi va bugungi holatini koʻrishingiz mumkin.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Huquqiy targʻibot kuni”da bepul huquqiy maslahat bilan Sirdaryo tumanidagi “Xazina” mahallasida tashkil qilingan “Huquqiy targʻibot kuni” tadbirida aholiga qonunchilikdagi yangiliklar tushuntirildi.

Shuningdek, sayyor qabul hamda uyma-uy yurish orqali fuqarolarning huquqiy muammolari oʻrganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari