ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shoʻmanoy tumanida aholi uchun “Adliya kuni” huquqiy tadbiri oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari M.Ikramov Yevrosiyo patent tashkilotining Maʼmuriy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi

 
Joriy yilning 11-iyul kuni Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Yevrosiyo patent tashkiloti (YPT) prezidenti G.Ivliyevning taklifiga binoan YPT Maʼmuriy kengashining 44-yigʻilishida ishtirok etdi.

Yigʻilishda vazir oʻrinbosari yigʻilish qatnashchilarini Yevrosiyo patent konvensiyasi imzolanganligining 30 yillik yubiley sanasi bilan tabriklab, YPT tashkilotining Yevrosiyo mintaqasida patent tizimining rivojlanishi,patent olish jarayonlarini soddalashtirish vatexnologiyalarning keng miqyosda tarqalishiga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, oʻz nutqida vazir oʻrinbosari texnologiyalar va innovatsiyalar jadal rivojlanib borayotgan XXI asrda mintaqadagi patent tizimlariishonchli, innovatsion hamda zamon talablariga hamohang boʻlishi kerakligiga urgʻu berib oʻtdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Adliya vazirligi delegatsiyasi BIMT Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida Adliya vazirligi va YPT oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda OAV xodimlari, jamoatchilik vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Zomin tuman adliya bo'limi faoliyati bilan jurnalistlar, shu orqali keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirning dastlabki manzili tuman adliya bo'limi bo'ldi.

Tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT faoliyati batafsil tushuntirib o'tildi.

Farmonda belgilangan vazifalar "Mustaqiilik" mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni" tadbiri doirasida ko'rsatib berildi. Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etlganligi mazkur tadbirlarning samarasini yaqqol namoyon etdi.

Tadbir ishtirokchilariga mahallaga o'rnatilgan infokiosk faoliyati ham tushuntirib o'tildi. Bu ham fuqarolarning og'irini yengil qilish uchun amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning yana bir ifodasi ekanligi ta'kidlandi.

"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida tashkil etilgan kutubxona ham aynan mana shu mahalla fuqarolar yig'ini binosidan joy olgan. Aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etgan mazkur kutubxonadan 500 taga yaqin turli janrdagi kitoblar joy olgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

PREZIDENT QARORLARI – HAYOTDA VA NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 10-fevraldagi farmoni va 2021-yil 31-maydagi PQ-5132-son qaroriga muvofiq adliya organlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hujjatlari va topshiriqlari o‘z vaqtida ijro etilishi bo‘yicha nazorat olib borishi belgilangan.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 5-yanvardagi “Quyi bo‘g‘inda suv resurslarini boshqarish tizimini takomillashtirish hamda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qaror bilan Farg‘ona viloyatida 2024 yilda 41,5 ming gektar maydonlarda suv tejovchi texnologiyalarni joriy etish belgilangan. Qarorga asosan, 7,0 ming gektar maydonda tomchilatib, 3,1 gektar maydonda yomg‘irlatib, 2,5 gektar yer maydonlarida diskret usulda sug‘orish texnologiyalari yo‘lga qo‘yilishi ko‘zda tutilgan.

Adliya boshqarmasi tomonidan qaror ijrosini taʼminlash bo‘yicha uslubiy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Batafsil👈🏻

@adliyangiliklari