ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Xoʻjaobod tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 20 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Shuningdek, sayyor qabulda Xoʻjaobod tuman “Baxrin” mahallasida yashovchi fuqaroning farzandiga oʻlim guvohnomasi rasmiylashtirilib berildi.

Bundan tashqari, sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 11 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vaziri A.Toshqulov Qoraqalpogʻistonga safari chogʻida Amudaryo tumani “Choykoʻl” OFYda boʻlib u yerdagi “mahalla yettiligi” faoliyati bilan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Uyma-uy yurib aholining muammolarini oʻrganishlari jarayonida 53 yillik muammoga huquqiy yechim topildi

Chiroqchi tumanidan 45 km uzoqlikda joylashgan “Arabbandi” mahallasida yashovchi Nuftullayeva Maʼmura hamda Asadulla Qoʻziboyevlar 30 yildan buyon ahil oila boʻlib yashab kelishadi. Ammo Maʼmura Nutfullayevaning hech qanday hujjati yoʻqligi sababli oila biroz qiyinchiliklarga uchrab kelmoqda. 1971-yilda Toshkent shahrida tigʻilgan M.Nutfullayeva ota-onasidan erta yetim qolganligi sababli hujjatlari oʻz vaqtida olinmaydi. Keyinchalik oiladagi qiyinchiliklar sabab, fuqaroning oʻzi ham bunga eʼtiborsiz boʻladi.

Chiroqchi tuman davlat xizmatlari markazi vakillarining uyma-uy fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrganishlari jarayonida Maʼmura Nutfullayevaning murojaati tuman FHDY boʻlimiga ish yurituviga olinib, Chirchiq tuman FHDY arxividan tegishli maʼlumotlar toʻplanadi. Va nihoyat Chiroqchilik Maʼmura opaning 53 yillik orzulari ushaldi. Endilikda u el qatori tugʻilganlik haqidagi hujjatga ega boʻldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Maqsud Qurbonov Nurobod tumani “Olg‘a” qishlog‘ida sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda qishloq aholisi  10 dan ortiq, suv, soliq, ishga joylashishdagi muammolar, kadastr, kommunal soha, sog‘liqni saqlash, buzilgan huquqlarni tiklash, ta'lim, kredit ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha adliya mas'ullariga murojaat qildi.

Xususan, “Olg‘a” qishlog‘ida yashovchi fuqaro Xursand Isayeva sog‘lig‘ida muammolar bo‘lsada, nogironligi tugatilganligini ma'lum qildi va bu masala tuman  adliya  bo‘limi tomonidan ko‘rib chiqilib, huquqiy baho beriladigan bo‘ldi.

Tadbirda fuqarolarga huquqiy tushuntirishlar berilib, uyma-uy yurgan holda qishloq aholisining huquqiy muammolari o‘rganildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Adliya vazirligi tomonidan joriy yilning 16-iyul kuni soat 10-00 da Toshkent shahar adliya boshqarmasida intellektual mulkga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari uchun sayyor qabul tashkil etiladi.

Qabulda o‘z intellektual mulkiga muhofaza hujjatini olishda qiynalayotgan jismoniy va yuridik shaxs vakillari murojaatlari oʻrganiladi hamda muammolarini hal etishga koʻmaklashiladi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Qoraqalpogʻiston Respublikasining Shoʻmanoy tumanida aholi uchun “Adliya kuni” huquqiy tadbiri oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari M.Ikramov Yevrosiyo patent tashkilotining Maʼmuriy kengashi yigʻilishida ishtirok etdi

 
Joriy yilning 11-iyul kuni Butunjahon Intellektual Mulk Tashkilotining Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov Yevrosiyo patent tashkiloti (YPT) prezidenti G.Ivliyevning taklifiga binoan YPT Maʼmuriy kengashining 44-yigʻilishida ishtirok etdi.

Yigʻilishda vazir oʻrinbosari yigʻilish qatnashchilarini Yevrosiyo patent konvensiyasi imzolanganligining 30 yillik yubiley sanasi bilan tabriklab, YPT tashkilotining Yevrosiyo mintaqasida patent tizimining rivojlanishi,patent olish jarayonlarini soddalashtirish vatexnologiyalarning keng miqyosda tarqalishiga qoʻshgan hissasini alohida eʼtirof etdi.

Shuningdek, oʻz nutqida vazir oʻrinbosari texnologiyalar va innovatsiyalar jadal rivojlanib borayotgan XXI asrda mintaqadagi patent tizimlariishonchli, innovatsion hamda zamon talablariga hamohang boʻlishi kerakligiga urgʻu berib oʻtdi.

Maʼlumot oʻrnida taʼkidlash joizki, Adliya vazirligi delegatsiyasi BIMT Bosh assambleyasi yigʻilishining 65-sessiyasi doirasida Adliya vazirligi va YPT oʻrtasida hamkorlik memorandumini imzoladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Jizzax viloyat adliya boshqarmasi bilan hamkorlikda OAV xodimlari, jamoatchilik vakillari va blogerlar uchun press-tur tashkil qilindi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi hamda Zomin tuman adliya bo'limi faoliyati bilan jurnalistlar, shu orqali keng jamoatchilikni tanishtirish maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbirning dastlabki manzili tuman adliya bo'limi bo'ldi.

Tuman adliya bo'limi, yuridik xizmat ko'rsatish markazi, FHDY, davlat xizmatlari markazi, "Madad" NNT faoliyati batafsil tushuntirib o'tildi.

Farmonda belgilangan vazifalar "Mustaqiilik" mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni" tadbiri doirasida ko'rsatib berildi. Sayyor qabul davomida murojaatlarning aksariyati joyida hal etlganligi mazkur tadbirlarning samarasini yaqqol namoyon etdi.

Tadbir ishtirokchilariga mahallaga o'rnatilgan infokiosk faoliyati ham tushuntirib o'tildi. Bu ham fuqarolarning og'irini yengil qilish uchun amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlarning yana bir ifodasi ekanligi ta'kidlandi.

"Ziyo ulash" aksiyasi doirasida tashkil etilgan kutubxona ham aynan mana shu mahalla fuqarolar yig'ini binosidan joy olgan. Aholi, ayniqsa yoshlar o'rtasida kitobxonlikni rivojlantirish maqsadida tashkil etgan mazkur kutubxonadan 500 taga yaqin turli janrdagi kitoblar joy olgan.

@adliyangiliklari