ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni ma’qulladi

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, maʼqullandi.

Ushbu qonun bilan ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari xorijiy ekspertlarning fikrlari va zamonaviy ma’muriy huquq yutuqlarini hisobga olgan holda to‘liq va aniq bayon etilishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilib, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, ma’muriy ixtiyoriylik va boshqa shu kabi tushunchalarga yanada aniq ta’riflar berilgan.

Ahamiyatlisi, ma’muriy tartib-taomillarning asosiy institutlari, xususan, tegishli tarzda xabardor qilish, manfaatdor shaxslarni tinglash, ma’muriy hujjat, ma’muriy shikoyat qilish va ma'muriy hujjatni ijro qilish kabilar takomillashtiriladi.

Qolaversa, qonunga muvofiq ommaviy xarakterdagi ma’muriy ishlarda zarur bo‘lgan “birgalikdagi vakillik” instituti, ma’muriy ishda shaffoflik va qarorlarni aniqligini ta’minlovchi “protsessual hujjatlar” instituti, manfaatdor shaxslarga ma’muriy ishda o‘zlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beruvchi “dastlabki ma’muriy hujjat” instituti, ma’muriy-huquqiy faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlovchi “ma’muriy ishlar reyestri” institutlari joriy etiladi.

Qayd etish kerakki, mazkur qonun kelgusida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishga, ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Dangʻarada “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya boʻlimi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axboroti tinglandi. Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Adham Shayjigitov Sardoba tumanida sayyor qabul oʻtkazib, aholining muammolarini oʻrgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri uyma-uy yurish boʻyicha Qoʻqon tajribasi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrining “Misgarlik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Qoʻqon shahar adliya boʻlimi xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotlari tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi “mahalla yettiligi” bilan ham suhbatlashib, ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Qiziltepada “Adliya kuni”


Qiziltepa tumani xalq tilida “tadbirkorlar shaharchasi” deyiladi. Boisi, bu yerda kichik biznes va tadbirkorlik taraqqiy etmoqda. Birgina joriy yilning shu davriga qadar tuman davlat xizmatlari markazi orqali 224 ta tadbirkorlik subyekti yuridik shaxs sifatida, 1060 yakka tartibdagi tadbirkorlar oilaviy korxona, dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtgan.

Bugungi kunda hududda 150 mingdan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. 53 ta MFY bor. Asosiy masalalar bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va moddiy yordam olish bilan bog‘liq. Adliya vazirligi masʼullari ishtirokida tumandagi huquqiy masalalarni oʻrganish maqsadida sayyor qabul tashkil etildi.

Qabul davomida shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, sayyor tartibda davlat xizmatlari koʻrsatildi. Farzandini taʼlim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qoʻyish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil maʼlumotlari, soliq va kadastr hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish singari bir qator yoʻnalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.

Shuningdek “mahalla yettiligi”ga uslubiy koʻmaklashish maqsadida muloqot tashkil etilib, zarur maʼlumotlar taqdim etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qoʻqon shahar FHDY boʻlimida yaqinda ish boshlagan Yarashtirish komissiyasi faoliyati bilan tanishdi.

Uchrashuv davomida fuqarolarning oilada va mahallalarda tinch-osoyishta, hamjihatlikda yashashiga koʻmaklashish, oilaviy nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish, yosh avlodni sogʻlom va barkamol etib tarbiyalash, aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini targʻib etish asosiy maqsadlardan biri ekanligi taʼkidlandi.

Shu bilan birga oilaviy nizolarning kelib chiqish sabablarini aniqlash hamda ularni bartaraf etish masalalari boʻyicha xodimlar hamda fuqarolar bilan suhbatlashildi.

Suhbat jarayonida imom-xatib va otinoyilar oʻz fikrlarini bildirib, oilaviy ajrimlarning oldini olishda Yarashtirish komissiyasining ahamiyati yuqori ekanligi, joriy yilning oʻtgan davri mobaynida 50 ta ajrim yoqasiga kelib qolgan oilalar oʻrganib chiqilib, ularning 38 tasini yarashtirishga erishilganligini maʼlum qildilar.

@adliyangiliklari