ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_teleloyiha

Ayni vaqtda Adliya vazirligi va “Oʻzbekiston” telekanali tomonidan oʻzaro hamkorlikda yoʻlga qoʻyilgan “YURIDIK KLINIKA” koʻrsatuvi boshlandi. Koʻrsatuv “Oʻzbekiston” telekanali orqali jonli efirga uzatilmoqda.

Mavzu: Davlat tashkilotlarida mehnat qonunchiligi va xodimlar huquqlari

Mavzu yuzasidan oʻz savollaringizni @yuridiklinikabot telegram-boti yoki toʻgʻridan-toʻgʻri efir vaqtida 71-233-75-74 telefon raqamiga bogʻlanish orqali orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi masʼullari va TDYU oʻqituvchilari javob beradi.
❗️ Jonli efir vaqtida oʻzingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga egasiz.

📹 https://youtu.be/_NQ_UBpl1Q0

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Senatorlar Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunni ma’qulladi

Joriy yilning 10-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan yangi tahrirdagi “Ma’muriy tartib-taomillar toʻgʻrisida”gi Qonun muhokama qilinib, maʼqullandi.

Ushbu qonun bilan ma’muriy tartib-taomillarning prinsiplari xorijiy ekspertlarning fikrlari va zamonaviy ma’muriy huquq yutuqlarini hisobga olgan holda to‘liq va aniq bayon etilishi ta’minlanadi.

Shu bilan birga, asosiy tushunchalarga tuzatishlar kiritilib, ma’muriy organ, ma’muriy hujjat, ma’muriy ixtiyoriylik va boshqa shu kabi tushunchalarga yanada aniq ta’riflar berilgan.

Ahamiyatlisi, ma’muriy tartib-taomillarning asosiy institutlari, xususan, tegishli tarzda xabardor qilish, manfaatdor shaxslarni tinglash, ma’muriy hujjat, ma’muriy shikoyat qilish va ma'muriy hujjatni ijro qilish kabilar takomillashtiriladi.

Qolaversa, qonunga muvofiq ommaviy xarakterdagi ma’muriy ishlarda zarur bo‘lgan “birgalikdagi vakillik” instituti, ma’muriy ishda shaffoflik va qarorlarni aniqligini ta’minlovchi “protsessual hujjatlar” instituti, manfaatdor shaxslarga ma’muriy ishda o‘zlarining huquqlarini himoya qilish bo‘yicha o‘z vaqtida chora ko‘rish imkonini beruvchi “dastlabki ma’muriy hujjat” instituti, ma’muriy-huquqiy faoliyatda shaffoflik va hisobdorlikni ta’minlovchi “ma’muriy ishlar reyestri” institutlari joriy etiladi.

Qayd etish kerakki, mazkur qonun kelgusida fuqarolar va tadbirkorlik subyektlarining davlat organlari bilan munosabatga kirishishda aniq tartib-taomillarni belgilashga, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini davlat organlari xodimlarining huquqqa xilof harakatlaridan himoya qilishga, ma’muriy tartib-taomillarning yagona va shaffof mexanizmi yaratilishiga, ushbu jarayonlarda korrupsiyaviy holatlarning yuzaga kelishini oldini olishga xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Dangʻarada “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Dangʻara tumanining “Urganji” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida tuman adliya boʻlimi boshligʻining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axboroti tinglandi. Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani hamda sohada amalga oshirilayotgan samarali islohotlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, aholi bandligini taʼminlash, bunda daromad topishga qaratilgan muayyan mehnat faoliyati bilan shugʻullanish va faoliyat turini kengaytirish istagini bildirgan shaxslarni qoʻllab-quvvatlash masalalarida tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Adham Shayjigitov Sardoba tumanida sayyor qabul oʻtkazib, aholining muammolarini oʻrgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri uyma-uy yurish boʻyicha Qoʻqon tajribasi bilan tanishdi

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona viloyati Qoʻqon shahrining “Misgarlik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida Qoʻqon shahar adliya boʻlimi xodimlarining Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-sonli Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar toʻgʻrisida axborotlari tinglandi.

Adliya vaziri MFYdagi “mahalla yettiligi” bilan ham suhbatlashib, ularning faoliyatini samarali yoʻlga qoʻyish va bu borada amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalarga toʻxtalib oʻtdi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi”ning aholi muammolarini oʻrganish va hal etish, xotin-qizlar bandligini taʼminlash, yoshlar bilan ishlash masalalari boʻyicha savollariga batafsil tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari