ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

118 yoshli fuqaroning muammosi oʻrganildi


Dengiz sathidan 2700 metr balandlikda joylashgan "Hisorak" mahallasi tuman markazidan 70 km uzoqlikda joylashgan. Togʻli hudud hisoblangan ushbu mahallada yashovchilar har doim ham tuman markaziga bora olishmaydi.

Chungarak qishlogʻida yashovchi 118 yoshli otaxon Umarqul Elov bugun adliya xodimlaridan minnatdor. Meros masalasida otaxonni qiynab kelayotgan savollarga masʼullar tomonidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, Shahrisabz tuman adliya boʻlimi tomonidan mahallada uyma-uy murojaatlar oʻrganilib, 15 nafar fuqarolarning muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, 7 nafar fuqarolarning muammolari joyida hal qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Nurotada “Adliya kuni”

Tadbirda tuman aholisi uchun sayyor qabul, sayyor davlat xizmatlari, notarius va FHDY xizmatlari koʻrsatildi. Unda OAV vakillari va mustaqil jurnalistlar, blogerlar uchun Adliya vazirligi tomonidan press-tur tashkil etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Otaliqqa olingan yoshlarga yer berildi

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 7-iyundagi 312-sonli “Yoshlar muammolarini oʻrganish va hal etish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan Rishton tuman adliya boʻlimi Davlat xizmatlari markazi direktoriga biriktirilgan “Yangi boʻjay” MFYda yashovchi yoshlarga yer berildi.

Xususan, DXM boshligʻi, Yoshlar yetakchisi hamda Qishloq xoʻjaligi boʻlimlari xodimi bilan hamkorlikda ishsiz yoshlarni ish bilan taʼminlash maqsadida, yer maydonlarini auksion orqali yutib olgan yoshlarga dehqonchilik qilishlari uchun MFY hududidan yer maydonlari ajratilib, boʻlib berildi.

Shuningdek, yer ajratilgan yoshlarni yuridik shaxs tashkil etmagan holda dehqon xoʻjaligi sifatida davlat roʻyxatidan oʻtkazilishi taʼminlandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Hududiy adliya organlari, tuman (shahar) adliya boʻlimlari va vazirlik xodimlari mahallalarda uyma-uy yurgan holda, oʻrganishlar amalga oshirmoqdalar. Ular “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va kamchiliklarni bartaraf etish, targʻibot tadbirlarini qanday tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuv, muloqotlar tashkil etilmoqda.

Koson tumani Poʻlati shaharchasining 6 ta mahallasidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazildi. Shuningdek, tumandagi “Yoshlik” mahallasi fuqarolari bilan muloqot olib bordilar. Bundan tashqari, Poʻlati shaharchasidagi “Bunyodkor” hamda “Beshqoʻton” mahalla aholisining huquqiy muammolari aniqlanib, adliya boʻlimi tomonidan ish yurituviga olindi.

Qashqadaryo viloyatidagi yana bir manzil Muborak tumani boʻldi. “Yoshlik” mahallasida tashkil etilgan "Adliya kuni"da 16 ta murojaat qabul qilinib, shundan 3 tasi Muborak tuman IIB probatsiya nazoratida turgan 3 nafar mahkumlarni shartli ravishda ozod qilish bo'yicha murojaat bo'ldi. Shuningdek, shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, tug‘ilganlik faktini belgilash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bilan bog‘liq masalalar ko'rib chiqildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Adliya kuni” doirasida Uychi tumanida sayyor qabul oʻtkazildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari