#Adliya_kuni
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Urganch tumanidagi “Turkmanlar” va Yangibozor tumanidagi “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashdi.
A.Toshqulov dastlab “Turkmanlar” mahallasidagi “Ulli hovli” majmuasida “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, hunarmand va tadbirkorlarning milliy brend ostida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etdi.
Shundan soʻng, Yangibozor tumani “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv va fuqarolarning qabuli tashkil etilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan koʻrsatmalar hamda yettilik ish faoliyatiga oid zarur tavsiyalar berildi.
Oʻtkazilgan tadbirlarda ming nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 200 nafariga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 136 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlari koʻrsatildi hamda 1,5 mingdan ortiq mavzuga oid targʻibot materiallari tarqatildi.
@adliyangiliklari

#Adliya_xabari
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.
Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzosi Ulugʻbek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.
Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda 20 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, murojaatlari qanoatlantirildi. Bundan tashqari, mahalla yettiligi bilan suhbat oʻtkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

Adliya vazirligi hamda Namangan viloyati rahbariyati tomonidan Uchqoʻrgʻon hamda Uychi tumanida Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.
“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, adliya tizimiga yangi vazifalar yuklatildi. Jumladan aholi muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan “Mahallabay”, “Xonadonbay” oʻrganishlar olib borilmoqda.
Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Farmon yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida oʻtkazilayotgan oʻrganishlarda ishlarni jadallikda olib borish, aholining huquqiy muammolarini hal etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirilmoqda. Shuningdek, Adliya vazirligi otaligʻiga olingan maktab sharoitlari bilan ham yaqindan tanishilmoqda.

Akbar Toshqulov Urganch shahridagi “Gulshan”, Xiva tumanidagi “Istiqlol” va Xiva shahridagi “Qiyot” va “Ichan qal’a” "mahalla yettiligi" bilan uchrashib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrim va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalarni berdi hamda ularning ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.
Xonqa tumanidagi “Guliston”, Bogʻot tumanidagi “Axshxobot” va Hazorasp tumanidagi “Juvarxos” “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, adliya organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sohada uchrayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
Shu bilan birga, tuman (shahar) adliya boʻlimi boshliqlari tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda asosiy e'tibor uyma-uy oʻrganishlar davomida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mahalla fuqarolari yig'inlari va davlat organlarining quyi tuzilmalari faoliyatiga metodik yordam ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
“Huquqiy targʻibot kuni” Navoiy viloyatining Konimex tumanida tashkil etildi. Unda Adliya vazirligi masʼullari ham ishtirok etdi.
Maʼlumot oʻrnida, Konimex tumanida bugungi kunda 37 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Hududda 15 ta mahalla mavjud. Shulardan 5 tasi ovul fuqarolar yigʻini.
Navoiy viloyati markazidan qariyb 200 kilometr uzoqlikda joylashgan “Serjal” va “Yangi qazgʻon” ovullari Konimex tumanining olis hududlari hisoblanadi. Mazkur manzillarda oʻtkazilgan “Huquqiy targʻibot kuni” yuzlab odamlar murojaatlari yechimiga javob topdi.

Xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni o‘tkazildi
Joriy yilning 3-iyul kuni xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini berish bo‘yicha malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan o‘tkazildi.
Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi bo‘yicha savodxonligi sinovdan o‘tkazildi. Imtihon suhbat asosida og‘zaki savol-javob tarzida bo‘lib o‘tdi.
Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 19 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi. Malaka imtihoni natijasiga ko‘ra 6 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:
Andijon viloyatidan:
▫️Aliyev Bekzod Ismoilovich;
▫️To‘ychiboyev Muxammadbobir O‘ktamjon o‘g‘li;
Namangan viloyatidan:
▫️Musashayxov Abduraxim Xusanxon o‘g‘li;
▫️Xadjayeva Sevara Sanjarovna;
Surxondaryo viloyatidan:
▫️Choriyev Jamshid Kamol o‘g‘li;
Toshkent shahridan:
▫️Hamroyeva Muxlisa Bahodir qizi;
Malaka imtihoni joriy yilning 3-iyul kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.