ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Oʻzarxiv” agentligining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Arxiv ishi boshqarmasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Adliya vaziri xodimlar bilan muloqot davomida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonini tez va samarali olib borish maqsadida ishni to‘g‘ri tashkil etish, uning natijadorligini oshirish yuzasidan  tegishli tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, A.Toshqulov arxiv ishi tizimida 54 yildan buyon faoliyat yuritayotgan boshqarma bosh arxivchisi Yamilya Baynova bilan uchrashib, tizim faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan suhbat qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣 TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul tugashiga 6 kun qoldi

TDYU huzuridagi akademik litseylarga hujjat topshirish davom etmoqda.

⏳Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati – 10-iyul (shu kuni ham).

⚠️ Maʼlumot uchun: TDYU huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari Bilim va malakalarni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_kuni

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Urganch tumanidagi “Turkmanlar” va Yangibozor tumanidagi “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashdi.

A.Toshqulov dastlab “Turkmanlar” mahallasidagi “Ulli hovli” majmuasida “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, hunarmand va tadbirkorlarning milliy brend ostida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Shundan soʻng, Yangibozor tumani “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv va fuqarolarning qabuli tashkil etilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan koʻrsatmalar hamda yettilik ish faoliyatiga oid zarur tavsiyalar berildi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda ming nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 200 nafariga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 136 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlari koʻrsatildi hamda 1,5 mingdan ortiq mavzuga oid targʻibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80 sonli Farmonida uyma-uy yurish orqali fuqarolarning kundalik hayotidagi muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli choralarni koʻrish tuman (shahar) adliya boʻlimlarining asosiy vazifalaridan biri sifatida belgilangan.

Mazkur vazifalar ijrosi yuzasidan Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzosi Ulugʻbek Sadikov, Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, Qiziriq tuman adliya boʻlimi tomonidan tumanning “Rabotak” mahallasida sayyor qabul oʻtkazdi.

Qabul davomida aholining huquqiy muammolari oʻrganilib, fuqarolarning murojaatlari tinglandi hamda 20 dan ortiq murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, 12 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatilib, murojaatlari qanoatlantirildi. Bundan tashqari, mahalla yettiligi bilan suhbat oʻtkazilib, kelgusidagi rejalar belgilab olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi hamda Namangan viloyati rahbariyati tomonidan Uchqoʻrgʻon hamda Uychi tumanida Prezident Farmoni ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilindi.

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga koʻra, adliya tizimiga yangi vazifalar yuklatildi. Jumladan aholi muammolarini oʻrganish va hal etish maqsadida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tuman (shahar) adliya boʻlimlari xodimlari tomonidan “Mahallabay”, “Xonadonbay” oʻrganishlar olib borilmoqda.

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi hamda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Farmon yuzasidan hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarni koʻzdan kechirish maqsadida oʻtkazilayotgan oʻrganishlarda ishlarni jadallikda olib borish, aholining huquqiy muammolarini hal etishga alohida eʼtibor qaratish lozimligi tushuntirilmoqda. Shuningdek, Adliya vazirligi otaligʻiga olingan maktab sharoitlari bilan ham yaqindan tanishilmoqda.

@adliyangiliklari