ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.6K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Boyovutda “Adliya kuni” oʻtkazildi

Boyovut tumanining “Istiqlol” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri tashkil qilindi. Unda Adliya vazirligi masʼullari, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya masʼullarining fuqarolar bilan ochiq muloqot qilayotgani, odamlarning muammolarini oʻrganish, joyida hal etish choralarini koʻrayotgani ana shu murojaatlarning oʻz vaqtida yechim topishiga xizmat qilmoqda.

Sherobod tumanidagi 6 411 nafar aholi istiqomat qilayotgan “Gʻoʻrin-Gilambob” mahallasida Adliya vazirligi ishchi guruh aʼzosi Ulugʻbek Sadikov hamda Surxondaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida boʻlib oʻtgan sayyor qabul toʻgʻrisida ham shunday deyish mumkin.

Qabulda 30 dan ortiq murojaatlar boʻldi. Ularning 8 tasi joyida hal etilib, 18 tasiga huquqiy tushuntirish berildi. Ayrim murojaatlar tegishli tartibda koʻrib chiqib chiqish uchun alohida nazoratga olindi.

Shuningdek, tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 ga yaqin xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammolar boʻyicha tushuntirishlar berildi. 4 nafar huquqiy muammosi bor fuqarolarning murojaatlari ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “Oʻzarxiv” agentligining Xorazm viloyat hududiy boshqarmasi faoliyati bilan tanishdi.

Akbar Toshqulov Arxiv ishi boshqarmasi tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlar, ularning sifati, davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan yaqindan tanishdi.

Adliya vaziri xodimlar bilan muloqot davomida arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonini tez va samarali olib borish maqsadida ishni to‘g‘ri tashkil etish, uning natijadorligini oshirish yuzasidan  tegishli tavsiyalarni berdi.

Shuningdek, A.Toshqulov arxiv ishi tizimida 54 yildan buyon faoliyat yuritayotgan boshqarma bosh arxivchisi Yamilya Baynova bilan uchrashib, tizim faoliyati samaradorligini yanada oshirish yuzasidan suhbat qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

📣 TDYU huzuridagi akademik litseylarga qabul tugashiga 6 kun qoldi

TDYU huzuridagi akademik litseylarga hujjat topshirish davom etmoqda.

⏳Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati – 10-iyul (shu kuni ham).

⚠️ Maʼlumot uchun: TDYU huzuridagi akademik litseylarga 2024/2025-oʻquv yili uchun abituriyentlarning hujjatlari Bilim va malakalarni baholash agentligining litsey.uzbmb.uz platformasi orqali qabul qilinadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_kuni

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Urganch tumanidagi “Turkmanlar” va Yangibozor tumanidagi “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” va fuqarolar bilan uchrashdi.

A.Toshqulov dastlab “Turkmanlar” mahallasidagi “Ulli hovli” majmuasida “Huquqiy targʻibot kuni” va “Adliya kuni” tadbirlari doirasida tashkil etilgan boʻsh ish oʻrinlari yarmarkasi, hunarmand va tadbirkorlarning milliy brend ostida ishlab chiqarayotgan mahsulotlari koʻrgazmasida ishtirok etdi.

Shundan soʻng, Yangibozor tumani “Bogʻolon” “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv va fuqarolarning qabuli tashkil etilib, aholining kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammolarini hal etish yuzasidan koʻrsatmalar hamda yettilik ish faoliyatiga oid zarur tavsiyalar berildi.

Oʻtkazilgan tadbirlarda ming nafardan ortiq fuqarolar ishtirok etib, 200 nafariga huquqiy tushuntirish va maslahatlar berildi, 136 ta sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlari koʻrsatildi hamda 1,5 mingdan ortiq mavzuga oid targʻibot materiallari tarqatildi.

@adliyangiliklari