ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.76K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Maqsad — Odamlar tashvishi bilan yashash

Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Nusratillo Parpixoʻjayev Samarqand viloyatida boʻlib turibdi. Vazirlik vakili Samarqand viloyat adliya boshqarmasi masʼullari bilan birgalikda Samarqand tumani “Ohalik” mahallasida boʻldi va aholining huquqiy masalalarini oʻrganish maqsadida uyma-uy yurib fuqarolar bilan muloqot qilindi.

Fuqaro Oysha Usmanova xonadonida boʻlinganda xonadon sohibasi uy-joyining kadastr hujjatlari yoʻqligi maʼlum qildi va arxivdan mazkur hujjatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashtirishda yordam soʻradi.

Mavlon Nurov 2018-yil oʻtkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasida 2 nafar farzandining uy-joyini 1 nafar farzandiga egalik qilish huquqi bilan rasmiylashtirilgani, aslida bu ikki uy ikki qiziga tegishli ekanini aytib mazkur masalani qonuniy hal qilishda yordam soʻradi. Adliya boshqarmasi tomonidan bu murojaat sud tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi.

Bundan tashqari, Safarboy Shoyev oʻz xonadoniga kelgan adliya masʼullariga ikkita huquqiy muammoni maʼlum qildi. Yaʼni, onasining nomidagi yer maydonini oʻz nomiga oʻtkazish hamda aka-ukalaring tugʻilganlik guvohnomalarini olishda yordam soʻradi. Uyma-uy yurish orqali aniqlangan shu va boshqa masalalar adliya vazirligi kesimida koʻrib chiqilib, hal etiladi. Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi.

Odamlar tashvishi bilan yashash, aholi qonuniy talab-istaklarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan huquqiy tadbirlar davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Muhim_eslatma

Fuqarolarga davlat xizmatlari markazlari, “Litsenziya” axborot tizimi va YIDXP (my.gov.uz) orqali ko‘rsatilayotgan davlat xizmatlari qonunchilik hujjatlarida belgilangan muddatidan uch ish kunidan ortiq vaqtga kechiktirilgan taqdirda, ariza beruvchilarning murojaatlariga asosan, xizmatdan foydalanish uchun to‘langan davlat bojlari, yig‘imlar va boshqa har qanday to‘lovlarning 50 foizi ularga bir ish kunida qaytariladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Shayxali” shaharchasida huquqiy muammolar bartaraf etilmoqda

Bugun Qarshi shahrining “Shayxali” shaharchasida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi F.Tojiyev hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, joylarda aholi murojaatlari oʻrganildi.

Qarshi shahrining “Shayxali” shaharchasida 6,2 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ushbu aholiga Adliya vazirligi ishchi guruhi hamda viloyat adliya boshqarmasi vakillari huquqiy masalalarda yuridik yordam koʻrsatish maqsadida uyma-uy yurib aholining koʻplab huquqiy masalalari oʻrgandi.

Tadbir davomida uyma-uy yurish orqali 10 dan ortiq xonadonga kirib borildi. Aniqlangan 9 ta muammolar boʻyicha maslahatlar berildi. 10 dan ortiq muammolar koʻrib chiqish va hal etish uchun murojaat sifatida ish yurituvga olindi. Xususan, sayyor qabul davomida davlat xizmatlari markazlari tomonidan, bolalar nafaqasiga, ERI kalit, mobil ID, kadastr, arxiv maʼlumotini olish kabi 30 ga yaqin xizmatlar koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Navbatdagi "Adliya kuni" va "Huquqiy targʻibot kuni" tadbirlari Toshloq tumanidagi “Axshakguzar” mahalla fuqarolari yigʻinida boʻlib oʻtdi


Maʼlumki, 2024-yil 24-may kuni qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Farmoni adliya organlari faoliyatida tub islohotlarni amalga oshirishni taqozo qiladi.

Bu borada Fargʻona viloyati boʻylab adliya vakillari uyma-uy yurgan holda aholaning huquqiy muammolarini oʻrganmoqda. Eʼtiborlisi shundaki, yillar davomida xonadon egalarining “bosh ogʻrigʻi”ga aylangan muammolarga adliya vakillari qonuniy yechimini topishda amaliy koʻmak bermoqda.

Toshloq tumanida ham shunday boʻldi. Tuman adliya boʻlimi mutasaddilari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-son Farmonining 5-bandiga muvofiq “Axshakguzar” MFY hududida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius, FHDY, davlat xizmatlari markazi, “Madad” NNT hamda Kadastr agentligi tuman boʻlimi xodimlari bilan hamkorlikda sayyor qabul, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish tartibida fuqarolarning huquqiy muammolarini oʻrgandi.

Jarayonlarda aholiga 18 ta davlat xizmatlari koʻrsatildi. Fuqarolardan 11 ta huquqiy masaladagi murojaatlar tinglandi. Yuridik masalalarning 7 tasiga joyida huquqiy tushunchalar berildi. 4 murojaat vaqt talab qilganligi bois adliya ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mualliflik huquqi va turdosh huquq obyektlari himoyasida mulkiy
huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlarning o‘rni

👉Batafsil

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Isomiddin Eshboyevich Latipov 2024-yilning iyun oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Isomiddin Latipov adliya organlari tizimida mehnat faoliyatini 2011-yilda Samarqand viloyati adliya boshqarmasi boshqarmasi arxiv ishi boʻyicha mudiri vazifasini vaqtincha bajaruvchisi sifatida boshlagan. 2011–2017-yillarda hududiy boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan.

2017–2018-yillarda Adliya vazirligi Tadbirkorlik subyektlari va xorijiy investitsiyalarni huquqiy himoya qilish boshqarmasi yetakchi maslahatchisi boʻlgan. 2018—2023-yillarda Davlat xizmatlari agentligi va Adliya vazirligida yetakchi, bosh maslahatchi, boʻlimi boshligʻi lavozimlarda ishlagan. 2023-yilning mart oyidan boshlab Adliya vazirligi Davlat xizmatlarini tahlil qilish va rivojlantirish boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Isomiddin Latipov davlat xizmatlari koʻrsatish masalalari boʻyicha davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar faoliyatini muvofiqlashtirish, davlat xizmatlari koʻrsatish tartibini takomillashtirish, shu jumladan, aholi va tadbirkorlik subyektlari bilan qayta aloqani taʼminlash boʻyicha qoʻshimcha mexanizmlar yaratilishini taʼminlash, idoralararo axborot almashuvini takomillashtirish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Isomiddin Eshboyevichni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Boyovutda “Adliya kuni” oʻtkazildi

Boyovut tumanining “Istiqlol” mahallasida “Adliya kuni” tadbiri tashkil qilindi. Unda Adliya vazirligi masʼullari, viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati, tuman hokimligi mutasaddilari ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari