#Adliya_xabari
Adliya vaziri Xorazmda
Bugun Akbar Toshqulov dastlab Urganch shahridagi “Gulshan”, Xiva tumanidagi “Istiqlol” va Xiva shahridagi “Qiyot” va “Ichan qal’a” "mahalla yettiligi" bilan uchrashib, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllab-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, ajrim va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha zarur tavsiyalarni berdi hamda ularning ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.
Kunning ikkinchi yarmida Xonqa tumanidagi “Guliston”, Bog`ot tumanidagi “Axshxobot” va Hazorasp tumanidagi “Juvarxos” “mahalla yettiligi” faoliyati bilan yaqindan tanishib, adliya organlari bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish, fuqarolarning huquqiy savodxonligini oshirish hamda sohada uchrayotgan tizimli kamchiliklarni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdi.
Shu bilan birga, tuman (shahar) adliya boʻlimi boshliqlari tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda asosiy e'tibor uyma-uy oʻrganishlar davomida aholining huquqiy muammolarini aniqlash va ularni hal etish, manzilli huquqiy targ'ibot tadbirlarini yanada kuchaytirish hamda mahalla fuqarolari yig'inlari va davlat organlarining quyi tuzilmalari faoliyatiga metodik yordam ko'rsatish masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
O'tkazilgan uchrashuvlar davomida fuqarolarga sayyor tartibda davlat va huquqiy xizmatlar ko'rsatildi.
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi mas’ullari fuqarolarning huquqiy masalalarini o‘rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo‘lib turibdi. Bu galgi manzil — Navbahor tumani. Aholi bilan tanishish “Qorovultepa” mahallasidan boshlandi.
Mahalla tuman markazidan uzoq, ammo aholi gavjum joylashgan hudud. Shu bois birinchilardan bo’lib mahalla binosiga infokioskalar o‘rnatilgan edi. Ayni paytda fuqarolarda bu qurilmadan foydalanish ko‘nikmasi ancha shakllanib qolgan.
Bugungi kunda мahallada 3 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qilmoqda. Hududda chet davlatda ishlab kelganlar ham talaygina. Shu bois shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarni rasmiylashtirish, tug‘ilganlik faktini belgilash, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish bilan bog‘liq masalalar topiladi.

Kitob hamda Shahrisabz tumanlarida Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Furqat Tojiyev hamda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati ishtirokida uyma-uy aholi murojaatlarini o'rganishdi.
👉Batafsil

ADLIYA YANGILIKLARI
#Adliya_munosabat Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda. Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga baho beriladi.…
#Adliya_munosabat
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar bilan suhbatlashildi va boshqarma xodimlarining tushuntirshlari olindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i S. Nuriyevning ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan chiqishi yuzasidan Adliya vazirligi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi.
Xususan, matbuot anjumanida ishtirok etgan jurnalistlar va blogerlar bilan suhbatlashildi va boshqarma xodimlarining tushuntirshlari olindi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari
#Adliya_xabari
Andijon viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 28-iyundagi 7-son yig‘ilish qaroriga asosan adliya boshqarmasi tomonidan
▫️Xonobod shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Zulunov (litsenziya AN-0036, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga;
▫️Andijon shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius M.Raximov (litsenziya AN-0003, 22.04.2020-yil)ga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 1 oy muddatga to‘xtatildi.

Namangan viloyati akademik litseyida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Qabulda Namangan viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi tomonidan fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, tugʻilganlik guvohnomasini takroran olish, kadastr kabi masalalar yuzasidan 8 ta murojaati tinglandi.
Sayyor qabul davomida kelib tushgan 6 ta murojaatga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 2 ta fuqaroning murojaati koʻrib chiqish va hal etish uchun adliya boʻlimi ish yurituvga olindi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi adliya vaziri E.Tursunov va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi F.Saliyev tomonidan sayyor qabul oʻtkazilib, joylarda aholi murojaatlari oʻrganildi.

Maqsad — Odamlar tashvishi bilan yashash
Adliya vazirligi boshqarma boshligʻi Nusratillo Parpixoʻjayev Samarqand viloyatida boʻlib turibdi. Vazirlik vakili Samarqand viloyat adliya boshqarmasi masʼullari bilan birgalikda Samarqand tumani “Ohalik” mahallasida boʻldi va aholining huquqiy masalalarini oʻrganish maqsadida uyma-uy yurib fuqarolar bilan muloqot qilindi.
Fuqaro Oysha Usmanova xonadonida boʻlinganda xonadon sohibasi uy-joyining kadastr hujjatlari yoʻqligi maʼlum qildi va arxivdan mazkur hujjatlar bor yoki yoʻqligini aniqlashtirishda yordam soʻradi.
Mavlon Nurov 2018-yil oʻtkazilgan bir martalik umumdavlat aksiyasida 2 nafar farzandining uy-joyini 1 nafar farzandiga egalik qilish huquqi bilan rasmiylashtirilgani, aslida bu ikki uy ikki qiziga tegishli ekanini aytib mazkur masalani qonuniy hal qilishda yordam soʻradi. Adliya boshqarmasi tomonidan bu murojaat sud tartibida koʻrib chiqiladigan boʻldi.
Bundan tashqari, Safarboy Shoyev oʻz xonadoniga kelgan adliya masʼullariga ikkita huquqiy muammoni maʼlum qildi. Yaʼni, onasining nomidagi yer maydonini oʻz nomiga oʻtkazish hamda aka-ukalaring tugʻilganlik guvohnomalarini olishda yordam soʻradi. Uyma-uy yurish orqali aniqlangan shu va boshqa masalalar adliya vazirligi kesimida koʻrib chiqilib, hal etiladi. Hech bir murojaat eʼtibordan chetda qolmaydi.
Odamlar tashvishi bilan yashash, aholi qonuniy talab-istaklarini roʻyobga chiqarishga qaratilgan huquqiy tadbirlar davom etmoqda.