#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Prezident Farmoni ijrosini oʻrgandi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini tashkil etilishini Kitob tumani misolida oʻrgandi.
Farmon bilan adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuklatilgan yangi vazifalar ijrosining tashkil etilishi boʻyicha Kitob tuman adliya boʻlimlari boshliqlarining hisobotlari tinglandi.
@adliyangiliklari

#Adliya_hudud
Samarqand adliyasi yangi Telegram botni ishga tushirmoqda
Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasi tomonidan press-tur tashkil etildi. Unda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi Salohiddin Sattarov hamda boshqarma masʼul xodimlari aholiga sifatli huquqiy yordam koʻrsatish borasida amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumot berdi.
👉Batafsil

2024-yil 24-maydagi PF–80-son Prezident Farmoniga asosan aholi muammolari oʻrganilmoqda Adliya vazirligi masʼullari hamda Samarqand viloyat adliya boshqarmasi rahbariyati tomonidan Samarqand shahar “Gʻofur Gʻulom” mahallasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Sayyor qabul davomida masʼullar ishtirokida aholi muammolari oʻrganilib, 2 nafar fuqaroning murojaati joyida hal etildi, 3 nafar fuqaroning muammoli masalasi yuzasidan huquqiy tushuntirish berish orqali yechimlari tushuntirib berildi. Qolgan 10 dan ortiq fuqarolarning murojaatlari oʻrganib chiqish uchun ish yurituvga qabul qilinib, nazoratga olindi.
Shu bilan birgalikda, Vazirlik masʼullari “mahalla yettiligi” bilan uchrashib, “ettilik” aʼzolarining muammo va takliflari oʻrganildi. Uyma-uy yurgan holda aholini kundalik hayotidagi muammolari oʻrganilib, huquqiy tavsiya va tushuntirishlar berildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligi jamoasi Navoiy viloyatida. Maqsad — “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonining viloyat hududidagi ijrosini oʻrganish, aholining huquqiy muammolari, koʻrsatilayotgan birlamchi yuridik koʻmak sifati, manzilli huquqiy targʻibot tadbirlari samaradorligi bilan yaqindan tanishish.
Jarayon Navoiy shahar hududidan boshlandi. Dastlab “mahalla yettiligi” bilan huquqiy muloqot tashkil etilib, fuqarolarning masalasi uyma-uy kirgan holda oʻrganildi. Aytib oʻtish kerakki shahar hududida bugungi kunda 150 mingga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Asosiy masalalar bandlik, noturar joyni shaxsiy yashash joyi sifatida rasmiylashtirish, subsidiya olish, nafaqaga tayinlash, mehnat munosabatlari bilan bogʻliq.

#Bilasizmi
Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi bilan bog‘liq bo‘lgan apellyatsiyalarni sudgacha ko‘rib chiquvchi kollegial organ hisoblanib, kengash qarorlar qabul qilishda mustaqildir.
Kengash faoliyati Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 9-oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligining Apellyatsiya kengashi to‘g‘risida nizom tasdiqlash haqida 856-sonli qarori bilan tartibga solinadi.
Kengash tarkibiga vazirlikning malakali xodimlari, mustaqil olimlar va mutaxassislar kiritiladi. Intellektual mulk departamenti – Apellyatsiya kengashining ishchi organidir.
Apellyatsiya ariza bergan shaxs va ish bo‘yicha tomonlar hisoblangan boshqa shaxslar majlis bo‘lishidan kamida 10 kun oldin majlis o‘tkaziladigan joy, sana va vaqt to‘g‘risida yozma ravishda departament tomonidan xabardor qilinadi.
▪️Kengash apellyatsiya yoki arizalarni ko‘rib chiqish natijalari bo‘yicha arizani qanoatlantirish, qisman qanoatlantirish yoki qanoatlantirishni rad etish haqidagi qarorlardan birini qabul qiladi.
▪️Qaror yuzasidan qaror qabul qilingan sanadan boshlab 6 oy mobaynida sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Apellyatsiya kengashi:
• "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasining talabnomada ko‘rsatilgan sanoat mulki obyektlari xususidagi qarori ustidan berilgan;
• sanoat mulki obyektlariga patent berilganligiga qarshi manfaatdor yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan;
• sanoat mulki obyektlari patentlarining haqiqiyligiga qarshi berilgan apellyatsiyalarni ko‘rib chiqadi.
Apellyatsiya kengashi to‘g‘risidagi nizom O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.

#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

Adliya boshqarmasi koʻmagi bilan olis hududlar roʻyxatiga kiritilgan “Xosilot” MFY da “Adliya kuni” oʻtkazildi
Fargʻona tumani adliya boʻlimi tomonidan “Xosilot” mahalla fuqarolari yigʻinida hamkor tashkilotlar ishtirokida amaliy tadbirlar uyushtirildi. Unda 30 dan ortiq aholi ishtirok etdi.
2024-yil 24-may kuni qabul qilingan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni adliya organlari faoliyatida tub islohotlarni amalga oshirishni koʻzda tutadi.
Sayyor qabul hamda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatish mobaynida aholining huquqiy muammolari yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi. Ayrim oʻrganish talab etiladigan murojaatlar adliya boʻlimi ish yurituviga olindi.

Hududiy adliya organlarining aholi orasida olib boradigan huquqiy targʻibot tadbirlarini amalga oshirish ishlariga amaliy va uslubiy koʻmak koʻrsatish maqsadida vazirlik xodimlari masʼul sifatida biriktirilgan.
Adliya vazirligi nodavlat-notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshligʻi X.Sobirov tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini oʻrganish va kamchiliklarni bartaraf etish, targʻibot tadbirlarini qay yoʻsinda tashkil etishni tushuntirish maqsadida joylarda uchrashuvlar tashkil etilmoqda.
Doʻstlik tumani “Manas” MFY da boʻlib oʻtgan uchrashuv davomida “mahalla yettiligi” bilan suhbatlashilib, tadbirlarni hamkorlikda oʻtkazish yuzasidan kelishib olindi. Uzoq hudud hisoblangan mazkur qishloq aholisiga xizmat koʻrsatayotgan infokiosk faoliyati va tashkil etilgan “Adliya burchagi” koʻzdan kechirildi.
Shu bilan birga boshqarma boshligʻi X.Sobirov tuman adliya boʻlimi xodimlari, “Madad” NNT vakili bilan uchrashib, farmonda belgilab berilgan vazifa va topshiriqlarni samarali tashkil etish borasida maslahatlashdi. Bu borada xodimlarning ham fikrlari va takliflari tinglandi.
Bu kabi uchrashuvlar barcha tumanlarda tashkil etilib, hamkor tashkilotlar va tizim xodimlari bilan birgalikda manzilli targʻibotlarni amalga oshirish borasida eng samarali mexanizmlar boʻyicha rejalar tuzib olinadi.