ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan OAV vakillari uchun Jondor tumani misolida adliya organlarining aholi muammolarini “fuqaro — mahalla — adliya” tizimi orqali hal etish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya mas'ullari “Olmazor” mahallasida


Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari A.Shayjigitov "Olmazor" mahallasi "yettiligi" bilan uchrashdi hamda uyma-uy yurgan holda aholining huquqiy muammolarini o'rgandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi tashabbusi bilan Qorakoʻl tumanida ham adliya organlarining aholi muammolarini “fuqaro — mahalla — adliya” tizimi orqali hal etish faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi.

Press-tur doirasida Buxoro viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Qorakoʻl tumanida “Qozon”, “Tashabbus”, “Yangi turmush”, “Istiqlol”, “Dargʻali” va “Dargʻabogʻi” mahallalari aholisi ishtirokida “Adliya kuni” tadbiri oʻtkazildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
📢📢 Diqqat, e'lon!

Hurmatli hamyurtlar va yurtimiz mehmonlari! 2024-yil 1-iyuldan 1-avgustga qadar O‘zbekistonda "Yong‘in xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha "Dolzarb 30 kun"" tadbiri o‘tkazilmoqda. Ushbu tadbirda faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun, 1-iyul kuni Adliya vazirligida “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi hamda 2024-yilgi davlat dasturi yuzasidan muhokama-munosabat tadbiri boʻlib oʻtdi.

Tadbirda “Taraqqiyot strategiyasi” markazi direktori E.Tulyakov “Oʻzbekiston — 2030” strategiyasi va Davlat dasturi yuzasidan taqdimot, qoʻllanma va tarqatma materiallar bilan ishtirok etdi.

Aholi tomonidan hujjatning ijrosini baholash, fikr va takliflarni qoldirish imkoniyatini beruvchi www.uzbekistan2030.uz platformasi haqida ham atroflicha maʼlumot berildi.

Ushbu tadbirda Adliya vazirligi markaziy apparati xodimlari va barcha hududiy boshqarma xodimlari ishtirok etishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Adliya kuni” shunchaki tadbir emas. Unda aholining huquqiy muammolari oʻrganiladi va amaliy koʻmak beriladi.

Toshloq tumanida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonning 5-bandiga muvofiq “Besarang” MFY hududida “Adliya kuni” tadbiri doirasida fuqarolarni oʻylantirib turgan masalalar yuzasidan huquqiy tushuntirish ishlari olib borildi.

Unda Toshloq tuman FHDY boʻlimi, DXM, “Madad” NNT va Aholi bandligiga koʻmaklashish markazlari ishtirok etdi. Tadbir davomida masʼul xodimlar tomonidan fuqarolarning muammolari tinglandi.

Ishtirokchilarga yoshlar va xotin-qizlar, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, vaqtincha va doimiy ish bilan taʼminlanish, mutaxassislik boʻyicha qayta oʻqitish va ijtimoiy yordam olish tartiblari haqida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari