ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Adliya olis hududlarda


Dehqonobod tuman adliya boʻlimi DXM va FHDY xodimlari tomonidan tuman markazidan 80 km uzoqlikda joylashgan Boshchorbogʻ, ”Chashmaimiron” hamda “Chilgaz” mahallalarida “Huquqiy targʻibot kuni” va sayyor qabul tashkil etildi.

Tadbir davomida mahalla fuqarolariga yangi qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar, jumladan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining PF-80-sonli farmonining mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, uyma-uy yurgan holda fuqarolarning mavjud huquqiy muammolar boʻyicha suhbat anketasi toʻldirildi. 3 ta fuqaro nikoh guvohnomasi va 1 nafar fuqaroga oʻlim guvohnomasi berilib, 10 dan ziyod fuqarolarga davlat xizmati koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligi tomonidan 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida gender tenglikka erishish strategiyasi va genderga oid xalqaro reyting va indekslarda republikaning o‘rnini yaxshilash bo‘yicha maqsadli ko‘rsatkichlarga erishish bo‘yicha o‘quv seminar tashkil qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

XII Peterburg Yuridik forumi doirasida MDH davlatlari adliya vazirlari yig‘ilishini O‘zbekistonda o‘tkazish masalalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi va Butunrossiya davlat adliya universiteti oʻrtasida hamkorlik aloqalari muhokama qilindi

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida boʻlib oʻtayotgan XII Peterburg Xalqaro forumi doirasida Adliya vazirligi qoshidagi Yuristlar malakasini oshirish markazi direktori Esemurat Kanyazov va Butunrossiya davlat adliya universiteti (Adliya vazirligi Huquq akademiyasi) rektori Olga Aleksandrova oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv davomida tomonlar ikki tomonlama oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyish, huquqiy taʼlim sifatini oshirish boʻyicha tajriba almashish, Butunrossiya davlat adliya universiteti bilan yanada barqaror hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalarini muhokama qilishdi.

Tomonlar muloqotda 2023-yilning 11-may sanasida Peterburg Xalqaro yuridik Forumining XI uchrashuvi doirasida imzolangan anglashuv memorandumi asosida koʻplab tadbirlar amalga oshirilganligini taʼkidlab oʻtishdi. Xususan, 2023-yil davomida mamlakatlarimizning notariuslaridan iborat boʻlgan delegatsiyalar (Rossiyaning 38, Oʻzbekistonning 30 nafar notariuslari) ikki davlatga tashrif buyurgan holda oʻzaro tajriba almashishdi va malakalarini oshirishdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar yetakchilari mazkur samarali amaliyotni davom ettirishga kelishib olishdi. Uchrashuvda Ozarbayjon, Armaniston, Vyetnam va Xitoy davlatlarining huquq sohasidagi yetakchi olimlari va ekspertlari ham ishtirok etishdi. Forum xalqaro munosabatlar rivojlanishida oʻzaro konstruktiv muloqotlar maydoniga aylandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

📹 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Farg‘onaga xizmat safari


@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Prezident Farmoni ijrosini oʻrgandi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi hamda tuman, shahar adliya boʻlimlari tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoni ijrosini tashkil etilishini oʻrgandi.

Farmon bilan adliya organlari faoliyatini hududlarda samarali tashkil etish hamda huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida tuman (shahar) adliya boʻlimlariga yuklatilgan yangi vazifalar ijrosining tashkil etilishi boʻyicha Fargʻona shahar va Oltiariq tuman adliya boʻlimlari boshliqlarining hisobotlari tinglandi.

@adliyangiliklari