#Adliya_xabari
“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunida belgilangan talablar va mexanizmlarning amaliyotda ishlashi bilan bog‘liq masalalarni davlat organlari va tashkilotlarda o‘rganish bo‘yicha ishchi guruhining yig‘ilishi o‘tkazildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Navbatdagi manzil Shahrixon tuman “Karnaychi” mahalla fuqarolar yigʻiniga
Adliya vaziri Akbar Toshqulov Shahrixon tuman sektor rahbarlari hamda “Karnaychi” MFYda faoliyat olib borayotgan “mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi.
Muloqot davomida “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida” Prezident Farmoni ijrosini taʼminlashda, aholining mavjud muammolari hal etishda “mahalla yettiligi”ning ham oʻrni alohida ekani aytib oʻtildi.
Shuningdek, mahallani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish, aholini turmush darajasini yuksaltirishda “mahalla yettiligi” toʻgʻri ish tashkil etishi maqsadga muvofiqligi aytib oʻtildi. Mahalla aholisining huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida mahalla “yettiligiga”ga kerakli tavsiyalar berildi.

Adliya vaziri Marhamat tumanida
Adliya vaziri A.Toshqulov Marhamat tumani sektor rahbarlari bilan uchrashib, tumanda yangi tashkil etilgan “Yoshlar kutubxonasi” faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
Shuningdek, ushbu binoda joylashgan “Yoshlar logistika” markazida faoliyat olib borayotgan yosh IT muhandislari bilan suhbat oʻtkazdi.
Bundan tashqari, sektor rahbarlari ishtirokida mahalliy aholining huquqiy ongini oshirish, murojaatlariga huquqiy yechim topish, fuqarolarni qiynab kelayotgan masalalarni uyma-uy yurib hal qilishga koʻmaklashish hamda sayyor qabullarni samarali tashkil qilish boʻyicha chora-tadbirlar belgilab olindi.

Endilikda Fargʻona Yuridik texnikumi bitiruvchilari davlat xizmatlari markazlariga tayyor xodim sifatida boradi
Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev Fargʻonaga xizmat safarini Fargʻona yuridik texnikumida tashkil etilgan davlat xizmatlari koʻrsatish oʻquv-amaliyot xonasining tantanali ochilishidan boshladi. Gap shundaki, Fargʻona viloyati yuridik texnikumida yangi oʻquv yilidan “Davlat xizmatlari” fanining oʻqitilishi yoʻlga qoʻyiladi.
Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev tashrif davomida texnikumdagi davlat xizmatlari koʻrsatish oʻquv-amaliyot xonasida yaratilgan sharoitlar va jihozlanishi, talabalarni amaliyot bilan birga oʻqitish usullari bilan qiziqdi. Yaratilgan sharoitlar yuzasidan kerakli va zarur tavsiyalarni berdi.

Tayyor arxiv hujjatlari standartlar asosida saqlanadi
Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Fargʻona viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasida olib borilayotgan ishlar va noyob arxiv hujjatlarining standartlar asosida saqlanishi va undagi sharoitlar bilan tanishdi.
Ayni kunda arxiv ishi hududiy boshqarmasida 500 mingga yaqin hujjatlar saqlanmoqda. Tashrif davomida arxiv hujjatlari bilan ishlovchi xodimlarning sohada uchrayotgan muammolar va ularning yechimlari yuzasidan takliflari tinglandi.