ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chortoq tumani adliya boʻlimi faoliyati bilan tanishdi.

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Chortoq tumani adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazlari, FHDY organi hamda, yuridik xizmat koʻrsatish markazida boʻlib, bu yerda jismoniy va yuridik shaxslarning davlat xizmatlaridan tez, oson va qulay foydalanishlari uchun yaratilgan sharoitlar koʻlami bilan tanishdi.

Xodimlar bilan muloqotda koʻrsatilayotgan xizmatlar sifatini aniqlash va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bilan bir qatorda, tizim masʼullari faoliyatini jadallashtirish, fuqarolar uchun yaratilgan sharoitlarni yanada yaxshilash, xodimlarning fuqarolar bilan muloqot qilish koʻnikmalarni oshirish kerakligi taʼkidlandi.

Shuningdek, Chortoq tumani fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish boʻlimi faoliyatini oʻrganish jarayonida Namangan viloyati adliya boshqarmasi tomonidan bildirilgan taklif asosida davlat xizmatlari markazining ikkinchi qavatida qayta taʼmirlab, jihozlangan tantanali nikohdan oʻtkazish joyi va FHDY mudirining nikohni tantanali qayd etishi uchun tayyorlangan maxsus kiyim koʻzdan kechirildi.

Shu kuni Chortoq tumanidagi “Laskidon” mahalla fuqarolar yigʻinidagi mahalla yettiligi bilan muloqot tashkil etildi. Samimiy va rasmiyatchilikdan holi oʻtgan suhbat davomida, “Adliya — mahalla — fuqaro” tamoyili asosida tashkil etilayotgan “Sayyor qabul”, uyma-uy oʻrganishlar holati koʻzdan kechirildi. Mahallada jinoyatchilik, huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishda oʻzaro hamkorlikda ish olib borish lozimligi taʼkidlandi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Kosonda “Adliya kuni” targʻibot tadbiri oʻtkazildi

Bugun Koson tuman “Mudin” mahallasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev tomonidan sayyor qabul hamda “Adliya kuni” targʻibot tadbiri oʻtkazildi.

Dastlab mahallada fuqarolar uchun sayyor qabul hamda sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Shuningdek, qabulda fuqarolardan subsidiya, kadastr, pensiya, sogʻliqni saqlash, bandlik va mehnat munosabatlari, buzilgan huquqlarni tiklash, kommunal soha va boshqa masalalarda 16 ta murojaat kelib tushdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Yangiqoʻrgʻon hamda Uychi tumanidagi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Yangiqoʻrgʻon tumani “Barkamol avlod” mahallasidagi uchrashuvda dastlab “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Uychi tumani “Soku” mahallasidagi yuzma-yuz muloqotda “mahalla yettiligi” tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish yuzasidan zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi. Shuningdek, mahalla faollari va xodimlarining fikr-mulohazalari tinglandi.

Mahalla fuqarolar yigʻinida istiqomat qilayotgan fuqarolarni kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ularni boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qiladigan “Yoshlar kutubxonasi” imkoniyatlaridan foydalanish kerakli aytib oʻtildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Shirin shahrida ommaviy sayyor qabul oʻtkazildi

Bugun Shirin shahrida Sirdaryo viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari rahbarlarining ommaviy sayyor qabuli boʻlib oʻtdi.

Shirin energetika kollejida tashkil etilgan ushbu sayyor qabulda 12 nafar fuqarolar uy-joyni rasmiylashtirish, yashab turgan uy-joyini xususiylashtirish, oʻlim faktini belgilash, ishga joylashish, ish haqini undirishda amaliy yordam soʻrab viloyat adliya boshqarmasiga murojaat qilishdi.

Boshqarma boshligʻi Jahongir Zoxidov har bir fuqaro bilan bevosita muloqot qilib, uning muammosini tingladi. Har bir murojaatni oʻrganib, tahlil qilib, ijrosini taʼminlash yuzasidan masʼullarga koʻrsatmalar berdi. Sayyor qabulda 12 nafar fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 2 tasi joyida ijobiy yechim topdi, 4 ta murojaat boʻyicha zarur huquqiy tushuntirishlar berilib, oʻrganish muddat talab qiladigan 6 ta murojaat ish yurituvga qabul qilindi.

Shuningdek, qabul davomida 15 nafar fuqarolarga sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Andijon viloyatiga xizmat safari davomida dastlab, Baliqchi tuman davlat xizmatlari markaziga tashrif buyurib, “Madad” NNT xodimi bilan suhbat oʻtkazdi.

Suhbat davomida adliya vaziri “Madad” NNTning tuman (shahar) huquqiy maslahat byurolari aholiga, avvalambor, “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” hamda “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimiga kiritilgan fuqarolarga bepul huquqiy maslahat va tushuntirishlar berishi, nizolarni sudgacha va sud orqali hal etishda zarur boʻladigan protsessual hujjatlarni tayyorlashda koʻmaklashishi asosiy vazifasi ekanligi taʼkidlandi.

@adliyangiliklari