ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi

Chust tumani “Sarimsoqtepa” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan oʻtkazilgan uchrashuvda adliya vaziri maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan Prezident Farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Tuman adliya boʻlimi boshligʻi tomonidan oʻtkazilgan taqdimotda uyma-uy oʻrganishlar davomida aniqlangan mavjud muammo va masalalar, aniqlangan huquqiy muammolar, hal etilgan murojaatlar, adliya boʻlimi ish yurituviga olingan murojaatlarning qonuniy koʻrib chiqilayotganligi boʻyicha amalga oshirilgan ishlarga toʻxtaldi.

Shuningdek, adliya vaziri tomonidan mazkur farmonning aholini kundalik hayotida uchrayotgan huquqiy muammosiga yechim topib ularni huquqiy savodxonligini oshirishga alohida eʼtibor qaratish lozimligini taʼkidladi.

Bundan tashqari, “mahalla yettiligi” sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navoiy viloyat adliya boshqarmasi tomonidan aholi murojaatlarini oʻrganish maqsadida tashkil etilayotgan tadbirlarning navbatdagi manzili — Nurota tumanining "Sentob" mahallasi. Sentobliklarning aksariyat muammosi kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish va davlat maktabgacha taʼlim muassasasi qurilishi bilan bogʻliq.

Adliya boshqarmasi boshligʻi bilan tashkil etilgan muloqotda shu va boshqa bir qator huquqiy masalalar eʼtibor markazida boʻldi. Xususan, shaxsga doir, fermerlik faoliyati hamda kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik, oilaviy munosabatlar, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar koʻrib chiqildi. Shu bilan bir qatorda, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Toʻraqoʻrgʻon tumanidagi tadbirkor bilan muloqot qildi

Adliya vaziri A. Toshqulov Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumanida tikuvchilik bilan shugʻullanib, turli xildagi kiyim-kechaklar ishlab chiqaruvchi tadbirkor faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, “Dilrabo ESDA” MChJ tadbirkori tomonidan tikuvchilik bilan shugʻullanish barobarida, ustoz-shogird anʼanalariga muvofiq mahalladagi ishsiz yoshlarga ham soha sir-asrorini qunt bilan oʻrgatmoqda.

Ushbu tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar tuman bozorlaridan tashqari qoʻshni tumandagi bozorlarga ham yetkazib berilmoqda. Uchrashuvda tadbirkorlik sohasini kengaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Toʻraqoʻrgʻon tumani “Zarbdor” mahallasi faoliyati bilan tanishdi.

Namangan viloyati Toʻraqoʻrgʻon tumani, “Zarbdor” mahallasidagi faollar hamda “mahalla yettiligi” bilan boʻlib oʻtgan muloqotda aholini huquqiy muammolarini hal etish, ularni davlat idoralariga boʻlgan ishonchini yanada mustahkamlash, jinoyatchilikdan holi hududga aylantirish va yoshlar masalasiga eʼtibor qaratishda barcha birdek harakat qilishi lozimligi tushuntirildi.

Shuningdek, mahallada davlat xizmatlari markazida koʻrsatilayotgan xizmatlarni 37 turini oʻzida mujassam etgan infokiosk qulayligi haqida suhbatlashildi. Mahalla faollarini aytishicha, mazkur qurilma yordamida davlat xizmatlaridan navbatsiz, ortiqcha yugur-yugurlarsiz kuniga 10—15 nafar fuqaro mazkur qulayliklardan foydalanmoqda. Shu kuni fuqarolarga sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalarni shu joyning oʻzida chiqarib berildi.

@adliyangiliklari
#Qabul_2024

📣 “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga asosan Namangan va Samarqand viloyatlari yuridik texnikumlari negizida Toshkent davlat yuridik universitetining akademik litseylari tashkil qilindi.

Joriy yilning 20-iyun kunidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan 👉https://litsey.uzbmb.uz portali orqali onlayn hujjat topshirish jarayoni boshlanadi.

Taqdim etiladigan hujjatlar:
▪️Ariza;
▪️Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tugʻilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
▪️3.5x4.5 oʻlchamdagi rangli rasm (oq fonda).

❗️Hujjatlarni onlayn qabul qilish 10-iyulga qadar (shu kuni ham soat 23:59 ga qadar) davom etadi.

Ayni paytda akademik litseyda oʻqishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida “Call-center” tashkil etilgan. Abituriyentlar va ularning ota-onalari telefon raqamlari orqali “Call-center” bilan bogʻlanib, oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishi mumkin.

📎Murojaatlar uchun:
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan viloyat akademik litseyi +99869 233-07-20;
▫️Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Samarqand viloyat akademik litseyi +99866 240-94-15.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Akbar Toshqulov Mingbuloq tumanidagi “Mustaqillik” mahalla fuqarolar yigʻinidagi “mahalla yettiligi” bilan muloqot olib bordi. Unda davlat rahbari tomonidan mahalla mavqeni oshirish va uning vakolat doirasini kengaytirib, aholining turmush darajasini oshirish yoʻlidagi saʼy-harakatlari yuzasidan fikr-mulohaza almashildi.

Jumladan, mahalla institutining isloh qilinishi ijtimoiy koʻmakka muhtoj oilalarga yordam berish, jinoyatchilik, oilalarda zoʻravonlikning oldini olish, aholi bandligi, ijtimoiy muhofazasi kabi masalalarni hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Yana muhim bir jihat mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarlikni oldini olish, yoshlarni bandligini taʼminlashga koʻmaklashish va ularning huquqiy savodxonligini oshirishda adliya organlar mazkur yettilik bilan hamjihatlikda faoliyat olib borishga tayyorligi aytib oʻtildi.

@adliyangiliklari