ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanidagi umumta'lim maktablarining huquqshunoslik fani o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Tadbirda “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida farmonda nazarda tutilgan yangiliklarga to‘xtalib o‘tildi.

Ta'kidlanganidek, endilikda umumta'lim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.

Muloqot mobaynida respublika bo‘ylab maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, o‘qituvchilar o‘rtasida esa “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib borilishi hamda fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov “Poly tex Sirdaryo” paxta toʻqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi


Sayxunobod tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu klaster tizimida Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda eng zamonaviy logistika markazi, yogʻ-moy korxonasi, yoqilgʻi mahsulotlari bazasi, mineral oʻgʻitlar bazasi, paxta tozalash korxonasi, ip-kalava fabrikasi ishlab kelmoqda.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli qishloq xoʻjaligida ish yuritishda tobora ommalashib borayotganini, bunday mexanizm toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganildi.

Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari muhokama qilindi


Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammo va takliflar muhokama qilindi.

Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda vakolatli idoralar tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 1 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi, arizalarning 137 mingdan ortiq qismi rad etilganligi, 50 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar o‘qib eshittirildi.

Mazkur holatlar boʻyicha Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 222 nafar vakolatli idora rahbarlari va mas’ul xodimlari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi, kiritilgan 26 ta taqdimnoma natijasida 19 nafar mas’ul xodimlarga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi, qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida vakolatli idoralarga 156 ta ogohnomalar kiritilganligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida eng koʻp qonunbuzilishlar ulushi kommunal soha hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi, energetika sohasida jiddiy tizimli kamchiliklar mavjudligi ta’kidlanib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
❗️— Boshliq, qizlarni ishga olmaganingiz ma'qul.
— Xo‘sh, innankeyinchi?!

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Toshkent viloyati adliya boshqarmasi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida shtabni tizimli tashkil etganligi uchun “Eng faol shtab” deb topildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Andijon viloyatining Buloqboshi tumanida “Adliya kuni” tadbiri tashkil etildi.

Andijon viloyat adliya boshqarmasi xodimlari tumandagi barcha mahalla fuqarolar yigʻinlari qamrab olingan holda, “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda uyma-uy yurib aholi muammolarini oʻrganildi.

Mahallalarda aholi muammolari oʻrganilishi jarayonida aholining uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk, nogironligi boʻlgan shaxslarga imtiyozlar, bolalar nafaqasi kabi muammolari aniqlandi.

Oʻrganish davomida murojaatlarga joyida huquqiy tushuntirishlar berildi. Shuningdek, ayrim masalalar koʻrib chiqish uchun ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi

Elektron kutubxonalarda asarlarning barcha uchun o‘qish va yuklab olish imkoniyati bilan joylashtirish qonuniymi?

👉
Batafsil

@adliyaimd
#Adliya_xabari

“Notariat to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 21-iyundagi 3-sonli yig‘ilish qaroriga asosan

▫️Guliston shahrida
xususiy amaliyot bilan shug‘ulanuvchi notarius O.Davronovning hamda Guliston tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Shermatovning xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasi amal qilishi 2024-yil 22-iyun kunidan boshlab shartli ravishda 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Fargʻona viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar litsenziyalarining toʻxtatilganligi haqida xabar

Oʻzbekiston Respublikasi “Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunining 15-2-moddasiga muvofiq Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 21-iyundagi 148-um-son buyrug‘iga asosan:

▫️Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius G‘.Tursunaliyevga (litsenziya FA 0078, 17.05.2021-y.);
▫️ Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius L.Gulamovga (litsenziya FA 0085, 24.09.2021-y.);
▫️Farg‘ona shahrida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius D.Qodirovga (litsenziya FA 0079, 17.05.2021-y.);
▫️Rishton tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius B.Karimovga (litsenziya FA 0080, 18.05.2021-y.) berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati va notariuslik maqomi joriy yilning 22-iyun kunidan 1 oy muddatga toʻxtatilganligi maʼlum qilinadi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Liberty” tovar belgisiga nisbatan aniqlangan huquqbuzarlik holati bartaraf etildi

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga 2024-yil mart oyida “YUSTEX” MChJga tegishli bo‘lgan “Liberty” tovar belgisidan (MGU 47926-son guvohnoma) huquq egasining roziligisiz noqonuniy foydalanib kelinayotganligi holati yuzasidan tegishli choralar ko‘rishni so‘rab murojaat kelib tushdi.

Murojaat asosida Adliya vazirligi tomonidan tegishli tartibda o‘rganish o‘tkazilganda “Liberty” tоvаr belgisining kontrafakt nusxada ishlab chiqarilgan “Liberty” nomi ostida kontrafakt kiyimlar savdoga taklif etib kelinayotganligi aniqlandi.

Aniqlangan holat yuzasidan huquqbuzar “YUSTEX” MChJga tegishli “Liberty” tovar belgilariga nisbatan huquqlarni buzuvchi barcha harakatlarni to‘xtatib, huquqbuzarga O‘zbekiston Respublikasi “Tovar belgilari va xizmat ko‘rsatish belgilari to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga rioya etilgan holda faoliyat yuritishi tushuntirildi.

@adliyangiliklari