#Adliya_xabari
“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi hamda inson huquqlari boʻyicha muloqot tashkil etildi
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanidagi umumta'lim maktablarining huquqshunoslik fani o‘qituvchilari bilan uchrashdi.
Tadbirda “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida farmonda nazarda tutilgan yangiliklarga to‘xtalib o‘tildi.
Ta'kidlanganidek, endilikda umumta'lim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.
Muloqot mobaynida respublika bo‘ylab maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, o‘qituvchilar o‘rtasida esa “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib borilishi hamda fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida tushuntirishlar berildi.

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov “Poly tex Sirdaryo” paxta toʻqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi
Sayxunobod tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu klaster tizimida Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda eng zamonaviy logistika markazi, yogʻ-moy korxonasi, yoqilgʻi mahsulotlari bazasi, mineral oʻgʻitlar bazasi, paxta tozalash korxonasi, ip-kalava fabrikasi ishlab kelmoqda.
Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli qishloq xoʻjaligida ish yuritishda tobora ommalashib borayotganini, bunday mexanizm toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.
Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganildi.
Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berildi.

Vakolatli idoralar tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan qonunbuzilish holatlari muhokama qilindi
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev tomonidan davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar rahbarlari va xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazilib, sohada yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, muammo va takliflar muhokama qilindi.
Tanqidiy ruhda o‘tkazilgan tadbirda vakolatli idoralar tomonidan 2024-yilning o‘tgan davrida aholi va tadbirkorlik subyektlariga 1 milliondan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatilganligi, arizalarning 137 mingdan ortiq qismi rad etilganligi, 50 mingdan ortiq qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilganligi yuzasidan tahliliy ma’lumotlar o‘qib eshittirildi.
Mazkur holatlar boʻyicha Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan 222 nafar vakolatli idora rahbarlari va mas’ul xodimlari ma’muriy javobgarlikka tortilganligi, kiritilgan 26 ta taqdimnoma natijasida 19 nafar mas’ul xodimlarga intizomiy jazo chorasi qo‘llanilganligi, qonunbuzilish holatlarini oldini olish maqsadida vakolatli idoralarga 156 ta ogohnomalar kiritilganligi ta’kidlandi.
Tadbir davomida eng koʻp qonunbuzilishlar ulushi kommunal soha hissasiga to‘g‘ri kelayotganligi, energetika sohasida jiddiy tizimli kamchiliklar mavjudligi ta’kidlanib, muammolarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga ko‘rsatmalar berildi.

This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Toshkent viloyati adliya boshqarmasi yoshlar bilan ishlash yo‘nalishida shtabni tizimli tashkil etganligi uchun “Eng faol shtab” deb topildi.