ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.54K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanidagi “Paxtakon” mahallasida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuvda dastlab “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar yuzasidan tushunchalar berildi.

Shuningdek, energoresurslardan oqilona foydalanishning yangi mexanizmlari joriy qilinganligi, ehtiyojmand oilalar uchun alohida ijtimoiy himoya tartiblari joriy etilganligi haqida tushuntirilib, qaror ahamiyatini aholiga to‘g‘ri tushuntirish bo‘yicha tafsiyalar berildi.

Shundan so‘ng “mahalla yettiligi” tomonidan aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularni hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qo‘llab-quvvatlash, jinoyatchilikni oldini olish, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oilaviy ajrimlarning oldini olish borasidagi faoliyati o‘rganilib, faoliyatda vujudga kelayotgan muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari Sh.Rabiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi PF-80-son Farmoni ijrosini hududlarda tashkil etish masalalari yuzasidan seminar o'tkazildi.

Mazkur seminarda hududiy adliya boshqarmalari va tuman (shahar) adliya bo'limlari Zoom platformasi orqali ishtirok etdi.

Bundan tashqari, vazirlik mas'ul xodimlari tomonidan O‘zbekiston Respubliksi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas’uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi PF-80-son Farmonining maqsadi, shuningdek, Farmon ijrosi hududlarda qay tartibda amalga oshiraliyotganligi hamda hududiy adliya boshqarmalari tomonidan bir xil amaliyot qo'llanilishi bo'yicha tushuntirish va tavsiyalar berib o'tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston intellektual mulk sohasidagi yana bir xalqaro shartnomani ratifikatsiya qilmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Oʻzbekiston – Yevropa Ittifoqi” adliya, ichki ishlar, inson huquqlari va tegishli masalalar boʻyicha kichik qoʻmitasining navbatdagi yigʻilishi hamda inson huquqlari boʻyicha muloqot tashkil etildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanidagi umumta'lim maktablarining huquqshunoslik fani o‘qituvchilari bilan uchrashdi.

Tadbirda “Ma'muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining mas'uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni mazmun-mohiyati tushuntirilib, yuridik kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish borasida farmonda nazarda tutilgan yangiliklarga to‘xtalib o‘tildi.

Ta'kidlanganidek, endilikda umumta'lim maktablarida “Huquq sinfi” va huquq fanlari chuqurlashtirilgan holda o‘qitiladi, yuridik kadrlarni tayyorlashda “maktab – litsey – texnikum – universitet” tizimi joriy etiladi.

Muloqot mobaynida respublika bo‘ylab maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” fan olimpiadasi, o‘qituvchilar o‘rtasida esa “Eng yaxshi huquq o‘qituvchisi” ko‘rik-tanlovi o‘tkazib borilishi hamda fan o‘qituvchilarining malakasini oshirish tizimi yo‘lga qo‘yilishi haqida tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov “Poly tex Sirdaryo” paxta toʻqimachilik klasteri faoliyati bilan tanishdi


Sayxunobod tumanida 2019-yilda faoliyatini boshlagan ushbu klaster tizimida Germaniya, Rossiya va Xitoy davlatlari bilan hamkorlikda eng zamonaviy logistika markazi, yogʻ-moy korxonasi, yoqilgʻi mahsulotlari bazasi, mineral oʻgʻitlar bazasi, paxta tozalash korxonasi, ip-kalava fabrikasi ishlab kelmoqda.

Vazir oʻrinbosari klaster faoliyati bilan yaqindan tanishar ekan, klaster usuli qishloq xoʻjaligida ish yuritishda tobora ommalashib borayotganini, bunday mexanizm toʻqimachilik sanoati rivojida muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida taʼkidladi.

Uchrashuvda tadbirkorning sohani yanada kengaytirish hamda yangi loyihalarni amalga oshirish boʻyicha taklif va rejalari oʻrganildi.

Shuningdek, paxta-toʻqimachilik klasterlari faoliyatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida fikr-mulohazalar bildirilib, zarur tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari