ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Oqoltinda aholining huquqiy muammolari uyma-uy oʻrganildi

Aholining huquqiy muammolarini oʻrganish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Shayjigitov Oqoltin tumani “Mustaqillik” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Adliya aralashuvi bilan pedagog xodimlarning huquqlari tiklandi

Fargʻona shahar adliya boʻlimi tomonidan Fargʻona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablarda ishlovchi 10 nafar pedagog-xodimlar oʻz ish joylaridan ish haqiga ustama toʻlovlari toʻlanmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.

Oʻrganish natijalariga koʻra, Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-sonli Qarorga asosan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlari va psixologlarga 20 foiz miqdorda ustama toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilgan boʻlsa-da, Fargʻona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan direktor oʻrinbosarlariga mazkur ustama toʻlovlari toʻlanishi asossiz toʻxtatib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.

Shunga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudiga qaroriga zid ravishda toʻlanmay kelayotgan ustama toʻlovlarini 2024-yil 1-fevral kunidan toʻliq hisob-kitob qilish hamda toʻlab berish majburiyatini yuklash yuzasidan hal qiluv qarori chiqarishni soʻrab daʼvo ariza kiritildi.

2024-yilning 12-iyun kuni mazkur daʼvo toʻliq qanoatlantirilib, Fargʻona shahar adliya boʻlimining aralashuvi bilan pedagog xodimlarning huquqlari tiklandi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Chilonzor tumani
“Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari bilan uchrashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda


Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari hamda "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Dastlab fuqarolarga "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan ularning 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy yordam hamda yozgi taʼtilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslarga o‘qitish uchun joylash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko'rildi.

"Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov xizmat safari davomida Sirdaryo viloyatining “Olg‘abos” mahallasi “yettiligi” bilan muloqot qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari