#Adliya_kuni
Narpay tumani adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Muqumiy” mahallasida “Adliya kuni” munosabati bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.
Unda 40 nafardan ziyod aholi qatnashdi. Adliya organlari xodimlari tomonidan xonadonlarga kirilib, fuqarolarning huquqiy masalalari oʻrganildi, 6 ta murojaat qabul qilindi.
Xususan, qonunchilikdagi yangiliklar, sohadagi oʻzgarishlar va imkoniyatlar, xalqimizga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, bepul huquqiy yordam olish tartibi va boshqa huquqiy mavzularda tushuntirishlar berilib, aholining qonunchilikka takliflari qabul qilindi.
@adliyangiliklari

#Sayyor_qabul
Norin tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.
Norin tuman adliya boʻlimi binosida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholini yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.
Unda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov ishtirok etib, fuqarolarning ishga joylashish, uy-joy kadastri, tibbiy yordam kabi koʻplab masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlar boʻyicha joyida huquqiy tushuntirish berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan 9 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

#Adliya_hudud
Sayyor qabulda oqoltinliklarning muammolari oʻrganildi
“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish maqsadida mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish belgilangan.
Shunga koʻra, bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Adham Shayjigitov Oqoltin tumanida sayyor qabul oʻtkazib, aholining muammolarini oʻrgandi.
👉Batafsil

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodayjest
📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik dayjesti.

#Adliya_tabrigi
O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig'i o'rinbosari 1-darajali adliya maslahatchisi Shaxnoza Yakubdjanova bugun, 19-iyun kuni 55 yoshni qarshiladi.
Adliya vazirligi sodiq va tajribali hamkasblarni doimo qadrlaydi va Shaxnoza Agzambekovnani hayotidagi muhim sana bilan samimiy qutlaydi!
Shaxnoza Agzambekovna adliya organlaridagi mehnat faoliyatini 1986-yilda boshlagan. Vazirlik markaziy apparatida 20 yildan oshiq vaqtdan beri mehnat qilib, jamoaning jonkuyar va tajribali a'zosiga aylangan.
Adliya vazirligi jamoasi Shaxnoza Yakubdjanovani yubiley bilan tabriklaydi, mustahkam sog‘lik, uzoq va mazmunli umr, xonadoniga fayzu-baraka, oilaviy baxt va mas'uliyatli faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi!

ADLIYA YANGILIKLARI
#Qabul_2024 📣 Joriy yilning 20-iyun kunidan Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi Namangan va Samarqand viloyat akademik litseylariga 2024/2025-oʻquv yili uchun umumiy oʻrta taʼlim maktablarining 9-sinf bitiruvchilari tomonidan 👉https://litsey.uzbmb.uz…
Тaqdim etiladigan hujjatlar:
➖ Ariza;
➖ Shaxsni tasdiqlovchi hujjat (tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma, pasport yoki ID karta nusxasi);
➖ 3,5x4,5 o‘lchamdagi rangli rasm (oq fonda).
Ayni paytda akademik litseyda o‘qishni istagan abituriyentlar va ularning ota-onalariga qulaylik yaratish, ularni qiziqtirgan savollarga tezkor javob berish maqsadida "Call-center" tashkil etilgan bo‘lib, quyidagi telefon raqamlar orqali o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishlari mumkin.
☎️ Murojaatlar uchun:
▫️M.S.Vosiqova nomidagi akademik litsey +99871 241-72-44;
▫️Namangan viloyat akademik litseyi +998 69 233-07-20;
▫️Samarqand viloyat akademik litseyi +998 66 240-94-15.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud
Oqoltinda aholining huquqiy muammolari uyma-uy oʻrganildi
Aholining huquqiy muammolarini oʻrganish maqsadida Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Shayjigitov Oqoltin tumani “Mustaqillik” mahallasida uyma-uy yurish orqali aholining turmush tarzi, yashash sharoitlari bilan tanishdi.

#Adliya_aralashgach
Adliya aralashuvi bilan pedagog xodimlarning huquqlari tiklandi
Fargʻona shahar adliya boʻlimi tomonidan Fargʻona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimiga qarashli ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim maktablarda ishlovchi 10 nafar pedagog-xodimlar oʻz ish joylaridan ish haqiga ustama toʻlovlari toʻlanmayotganligidan norozi boʻlib qilgan murojaatlari oʻrganib chiqildi.
Oʻrganish natijalariga koʻra, Vazirlar Mahkamasining “Ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan davlat ixtisoslashtirilgan umumtaʼlim muassasalari faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi 173-sonli Qarorga asosan ayrim fanlar chuqur oʻrganiladigan ixtisoslashtirilgan maktablarda oʻquv jarayoni bilan bevosita bogʻliq boʻlgan direktorlar, ularning oʻrinbosarlari va psixologlarga 20 foiz miqdorda ustama toʻlovlari toʻlanishi nazarda tutilgan boʻlsa-da, Fargʻona shahar Maktabgacha va maktab taʼlimi boʻlimi tomonidan direktor oʻrinbosarlariga mazkur ustama toʻlovlari toʻlanishi asossiz toʻxtatib qoʻyilganligi maʼlum boʻldi.
Shunga koʻra, fuqarolik ishlari boʻyicha Fargʻona tumanlararo sudiga qaroriga zid ravishda toʻlanmay kelayotgan ustama toʻlovlarini 2024-yil 1-fevral kunidan toʻliq hisob-kitob qilish hamda toʻlab berish majburiyatini yuklash yuzasidan hal qiluv qarori chiqarishni soʻrab daʼvo ariza kiritildi.
2024-yilning 12-iyun kuni mazkur daʼvo toʻliq qanoatlantirilib, Fargʻona shahar adliya boʻlimining aralashuvi bilan pedagog xodimlarning huquqlari tiklandi.

#Adliya_xabari
Adliya vaziri o‘rinbosari Xudoyor Meliyev Chilonzor tumani “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari bilan uchrashdi.

Adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov Sayxunobod tumanida sayyor qabul o‘tkazdi

Mahallalarda aholi muammolari o‘rganilmoqda
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev poytaxtning Chilonzor tumanidagi “Bo‘rijar” mahallasi aholisi va yoshlari hamda "mahalla yettiligi" bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Dastlab fuqarolarga "Ma‘muriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalari mas‘uliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish to‘g‘risida"gi Prezident Farmonida (PF-80-son, 24.05.2024 y.) belgilangan vazifalar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, mahalla aholisi va yoshlarning muammoli masalalari yuzasidan ularning 10 dan ortiq murojaatlari tinglanib, bandlik, ijtimoiy yordam hamda yozgi taʼtilda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun turli kasb-hunar o‘rgatuvchi kurslarga o‘qitish uchun joylash masalalarida amaliy yordam ko‘rsatish choralari ko'rildi.
"Mahalla yettiligi" bilan o‘tkazilgan uchrashuvda esa mahallada olib borilayotgan ishlar bilan tanishilib, mavjud muammolar va takliflar mas'ullar ishtirokida muhokama qilindi.