ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Denov va Oltinsoy tumanlaridagi “mahalla yettiliklari” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati Denov tumani “Nuriston” va Oltinsoy tumanining “Qoratepa” mahalla fuqarolar yigʻinlarida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar boʻyicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan 4 ta sektor rahbarlari mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlik qiladi

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2 -moddasiga asosan:

1. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 31-maydagi 21/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 3-iyundagi 150-um-son buyrugʻiga asosan
▫️Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ohangaron tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Farrux Abdixalilovich Sharipovga 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0037 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 3-iyun kunidan 15 (oʻn besh) kun muddatga, agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar toʻxtatildi;

2. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 31-maydagi 20/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 3-iyundagi 151-um-son buyrugʻiga asosan
▫️Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Boʻka tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Nargiza Baxodirovna Isxakovaga 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0064 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 18-iyun kunidan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning doimiy yashaganlik fakti belgilandi

M.Boboyeva 1961-yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. U doimiy yashash manzilidan ro‘yxatdan chiqib, 1989-yildan buyon Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Tinchlik” mahallasida yashab kelmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navbahorliklarning huquqiy masalalari oʻrganildi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. "Sovungar" mahallasi hududida oʻtkazilgan qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, Navbahor tumanida bugungi kunda 117 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Daromad asosan dehqonchilik va chorvachilik orqasidan. Navbahorliklarning asosiy masalasi davlat tashkilotida doimiy ish bilan bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq.

Sayyor qabul davomida ham mazkur yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Farzandini taʼlim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qoʻyish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil maʼlumotlari, soliq va kadastr hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish singari bir qator yoʻnalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Andijon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_kuni

Narpay tumani adliya boʻlimi tomonidan tumandagi “Muqumiy” mahallasida “Adliya kuni” munosabati bilan targʻibot-tashviqot ishlari olib borildi.

Unda 40 nafardan ziyod aholi qatnashdi. Adliya organlari xodimlari tomonidan xonadonlarga kirilib, fuqarolarning huquqiy masalalari oʻrganildi, 6 ta murojaat qabul qilindi.

Xususan, qonunchilikdagi yangiliklar, sohadagi oʻzgarishlar va imkoniyatlar, xalqimizga davlatimiz tomonidan berilayotgan imtiyozlar, bepul huquqiy yordam olish tartibi va boshqa huquqiy mavzularda tushuntirishlar berilib, aholining qonunchilikka takliflari qabul qilindi.

@adliyangiliklari
​#Sayyor_qabul

Norin tumanida huquqni muhofaza qiluvchi organlar va sud organlari viloyat rahbarlari tomonidan fuqarolarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Norin tuman adliya boʻlimi binosida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar rahbarlarining Xalq qabulxonasi bilan hamkorlikda aholini yashash hamda turmush sharoitlarini oʻrganish, mavjud muammolarni bartaraf etish maqsadida sayyor qabuli tashkil etildi.

Unda Namangan viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi D.Ahmedov ishtirok etib, fuqarolarning ishga joylashish, uy-joy kadastri, tibbiy yordam kabi koʻplab masalalardagi murojaatlari tinglandi. Murojaatlar boʻyicha joyida huquqiy tushuntirish berilib, qoʻshimcha oʻrganish talab etilgan 9 ta murojaatlar ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sayyor qabulda oqoltinliklarning muammolari oʻrganildi

“Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident farmoniga asosan joylarda aholi tomonidan koʻtarilayotgan dolzarb muammolarni koʻrib chiqish va hal etish maqsadida mahallalarda “Adliya kuni” tadbirlarini oʻtkazish belgilangan.

Shunga koʻra, bugun Sirdaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari Adham Shayjigitov Oqoltin tumanida sayyor qabul oʻtkazib, aholining muammolarini oʻrgandi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari