ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri A.Toshqulov Surxondaryo viloyati, Uzun tumanining “Bahoriston” mahalla fuqarolari yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, haqqoniylik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidlandi.

MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz takliflarini ham bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Shoʻrchi tumani adliya boʻlimi xodimlari hamda “Navroʻz” mahallasi “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish qaratilgan farmonida belgilangan vazifalar ijrosi bilan tanishdi.

Shuningdek, Adliya vaziri MFY xodimlariga ijtimoiy yordam va subsidiyalar aholining kambagʻallikdan chiqishini taʼminlash uchun maqsadli va manzilli yoʻnaltirilishi hamda qarorlar qabul qilinishida ochiqlik, ijtimoiy adolat va shaffoflik tamoyillariga rioya qilinishi lozimligi taʼkidladi.

Bundan tashqari, MFY xodimlari sohada uchrayotgan ayrim kamchiliklar va ularni bartaraf qilish boʻyicha oʻz fikrlarini bildirdilar.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

Prezident Farmoni bilan huquqiy xizmatlar qamrovini yanada oshirish maqsadida adliya organlariga uyma-uy yurish va “Huquqiy koʻmak” aksiyalarini oʻtkazish kabi qoʻshimcha vazifalar yuklatildi. Shuningdek, fuqarolar kundalik hayotida aniqlanadigan huquqiy muammolarni bartaraf etish yuzasidan qonunchilikni takomillashtirish boʻyicha takliflar tayyorlash ham belgilandi.

Shu maqsadda Andijon viloyati adliya boshqarmasining xodimlari Boʻston tumanidagi mahallalarga huquqiy muammolarni uyma-uy yurib oʻrganish uchun bordi.

15 240 ta xonadonda istiqomat qiluvchi aholining kundalik huquqiy muammolari uyma-uy yurgan holda oʻrganildi. Xususan, bunda asosiy eʼtibor “Temir daftar”, “Ayollar daftari”, “Yoshlar daftari” va “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”da roʻyxatda turuvchi fuqarolarning muammolariga qaratildi.

Tadbir davomida aholining huquqiy muammolari borligi aniqlandi va ularning yechimi boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda. Uyma-uy yurib huquqiy muammolarni oʻrganish davom etmoqda.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Adliya “mahalla yettiligi” bilan yanada faol ishlaydi

Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi boshligʻining birinchi oʻrinbosari A.Shayjigitov Sirdaryo tumanidagi “Yoshlik” hamda Yangiyer shahridagi “A.Jomiy” mahallalarida boʻlib, “mahalla yettiligi” bilan muloqot qildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Denov va Oltinsoy tumanlaridagi “mahalla yettiliklari” bilan uchrashdi

Adliya vaziri A.Tashkulov Surxondaryo viloyati Denov tumani “Nuriston” va Oltinsoy tumanining “Qoratepa” mahalla fuqarolar yigʻinlarida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida adliya vaziri tomonidan “Maʼmuriy islohotlar doirasida adliya organlari va muassasalarining masʼuliyatini yanada oshirish hamda ixcham boshqaruv tizimini shakllantirish toʻgʻrisida”gi Prezident Farmonida belgilangan vazifalar boʻyicha tushuntirishlar berdi.

Shuningdek, uchrashuvda ishtirok etgan 4 ta sektor rahbarlari mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_tabrigi

Aziz yurtdoshlar!

Jamiyatimizda o‘zaro hurmat, mehr-muruvvat, saxovat va hamjihatlik, sabru qanoat va shukronalik singari ulug‘ fazilatlarni mustahkamlovchi muqaddas ayyom – Qurbon hayiti bilan barchangizni samimiy muborakbod etamiz.

Yurtimizda tinchlik bardavom bo‘lsin, xonadonlarimizdan osoyishtalik, ahillik, fayzu baraka hech qachon arimasin.

Hurmat bilan Adliya vazirligi jamoasi

@adliyangiliklari
#OAV_biz_haqimizda

O‘zbekiston sud ekspertizasi sohasida MDH davlatlari bilan hamkorlik qiladi

👉 Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Notariat toʻgʻrisida”gi Qonunning 15-2 -moddasiga asosan:

1. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 31-maydagi 21/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 3-iyundagi 150-um-son buyrugʻiga asosan
▫️Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Ohangaron tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Farrux Abdixalilovich Sharipovga 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0037 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 3-iyun kunidan 15 (oʻn besh) kun muddatga, agar 15 kunda bartaraf etilmasa, bartaraf etilguniga qadar toʻxtatildi;

2. Toshkent viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining 2024-yil 31-maydagi 20/2024-son yigʻilish qarori va Toshkent viloyat adliya boshqarmasi boshligʻining 2024-yil 3-iyundagi 151-um-son buyrugʻiga asosan
▫️Toshkent viloyat adliya boshqarmasi tomonidan Boʻka tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius Nargiza Baxodirovna Isxakovaga 2020-yil 22-aprelda berilgan TS 0064 raqamli xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilishi 2024-yil 18-iyun kunidan 1 (bir) oy muddatga toʻxtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning doimiy yashaganlik fakti belgilandi

M.Boboyeva 1961-yilda Tojikiston Respublikasida tug‘ilgan. U doimiy yashash manzilidan ro‘yxatdan chiqib, 1989-yildan buyon Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumani “Tinchlik” mahallasida yashab kelmoqda.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Navbahorliklarning huquqiy masalalari oʻrganildi

Navoiy viloyatining Navbahor tumanida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi. "Sovungar" mahallasi hududida oʻtkazilgan qabulda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan fuqarolarning murojaatlari qabul qilindi.

Maʼlumot oʻrnida, Navbahor tumanida bugungi kunda 117 ming nafarga yaqin aholi istiqomat qilmoqda. Daromad asosan dehqonchilik va chorvachilik orqasidan. Navbahorliklarning asosiy masalasi davlat tashkilotida doimiy ish bilan bandlik, aliment undiruvi, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish bilan bogʻliq.

Sayyor qabul davomida ham mazkur yoʻnalishlarda murojaatlar kelib tushdi. Adliya boshqarmasi tomonidan shaxsga doir va kadastr hujjatlaridagi kamchiliklarga huquqiy yechim topish, tadbirkorlik faoliyati, notarial harakatlarga oid bir qator masalalar koʻrib chiqildi.

Shu bilan bir qatorda, sayyor davlat xizmatlari koʻrsatildi. Farzandini taʼlim muassasasiga, nafaqadagilar uchun esa dam olish maskani navbatga qoʻyish, elektron imzo olish, tibbiy, manzil maʼlumotlari, soliq va kadastr hujjatlari toʻgʻrisida maʼlumot olish singari bir qator yoʻnalishlarda davlat xizmatlaridan foydalanildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Andijon tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 10 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari