ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.5K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida xabar bermaganlik uchun javobgarlik belgilandi

Bugun, 7-iyun kuni Adliya vazirligi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi bilan hamkorlikda “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, yangiliklari va ahamiyatini tushuntirishga bagʻishlangan matbuot anjumani boʻlib oʻtdi. Unda Adliya vaziri oʻrinbosari Alisher Karimov, agentlik direktori Akmal Burxanovlar ishtirok etdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Muhim!

📣 Diqqat e’lon!

Hurmatli, hamyurtlar!


"VEOLIA ENERGY TASHKENT" XORIJIY KORXONASI MChJning server qurilmalarida nosozliklar kuzatilayotganligi sababli, notariuslar tomonidan notarial xizmatlar ko'rsatishda uzilishlar kuzatilishi mumkin.

Ayni paytda mutaxassislar tomonidan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda.

📍Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_hudud

“Begʻaraz donorlik” aksiyasi doirasida Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi xodimlari ham faol ishtirok etdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Tadbirkorlar bilan uchrashuv

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyevning Toshkent viloyatidagi safarining navbatdagi manzili “Angren” erkin iqtisodiy zonasi boʻldi.

Mazkur iqtisodiy zonada tadbirkorlar bilan uchrashuv oʻtkazildi. Uchrashuv davomida mamlakatimizda iqtisodiy oʻsish koʻrsatkichlarining asosiy qismi ishlab chiqarish va tadbirkorlik ulushiga toʻgʻri kelayotganligi, hududlarda tashkil etilayotgan erkin iqtisodiy zonalar tarkibida zamonaviy korxonalarni ishga tushirilishi yurtimizning iqtisodiy salohiyati va sarmoyaviy jozibadorligini yanada oshirishga xizmat qilayotganligi borasida soʻz bordi.

Shuningdek, vazir oʻrinbosari investorlar uchun keng koʻlamli soliq va bojxona imtiyozlari, preferensiyalar berilganligi, ularning huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun huquqiy asos yaratilganligini taʼkidlab oʻtdi. Uchrashuv davomida tadbirkorlarning qator savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javob berildi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Sayyor qabuldan soʻng muammolar joyiga borib oʻrganildi

Yozyovon tuman 1-son kasb-hunar maktabida Fargʻona viloyati huquqni muhofaza qilish organlari rahbarlarining sayyor qabuli boʻlib oʻtdi. Sayyor qabulda adliya boshqarmasi boshligʻi A.Buriyev tomonidan 40 dan ortiq fuqarolarning masala va muammolari oʻrganildi.

Sayyor qabul davomida 23 ta fuqaroga huquqiy tushuntirish berildi. 22 ta murojaatlar qoʻshimcha oʻrganilishi lozim boʻlganligi sababli ish yurituviga olindi. 5 ta murojaat joyida hal etildi. Jumladan, Yozyovon tumani “Mustahkam doʻstlik” MFY da yashovchi fuqaro T.Usuvaliyev sudga davo arizasi kiritish yuzasidan, “Bahor” MFY da yashovchi R.Mamatov subsidiya asosida uy-joy olish masalasida murojaat qildi. “Navroʻz” MFY da yashovchi fuqaro R.Xoshimova uy-joy sharoitini yaxshilash masalasida murojaat yoʻlladi.

Sayyor qabuldan soʻng uning oilaviy sharoiti va ijtimoiy holati adliya hamda soliq boshqarmasi boshliqlari tomonidan xonadoniga borib oʻrganildi. Adliya hamda soliq boshqarmasi koʻmagi va homiyligi bilan ushbu xonadonning yashash sharoitlari yaxshilanadigan boʻldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Otaliqqa olingan yoshlar masalalari oʻrganilmoqda

Qashqadaryo viloyatidagi adliya organlari tomonidan 36 757 nafar 7 toifadagi yoshlar otaliqqa olingan. Ayni paytda ularning muammolari atroflicha oʻrganilib, ular bilan aniq mezonlar asosida manzilli ishlar tashkillanmoqda.

Jumladan, Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Nuriyev oʻziga biriktirilgan Yakkabogʻ tumani 2-sektordagi Uchtepa mahallasidagi 12 nafar ogʻir toifadagi yoshlar bilan uchrashuv oʻtkazdi. Uchrashuv davomida yoshlarning masalalari mahallabay tarzda oʻrganildi.

Jarayonlar davomida yashash sharoiti ogʻir va ijtimoiy ogʻir ahvolga tushib qolgan 4 nafar yoshlarning murojaati oʻrganilib, boʻlim ish yurituviga olindi.

@adliyangiliklari
#Sayyor_qabul

Huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan sayyor qabul oʻtkazilmoqda. Ulugʻnor tumanida huquqni muhofaza qiluvchi idora rahbarlari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarning ommaviy sayyor qabuli oʻtkazildi.

Qabul davomida 100 dan ortiq jismoniy va yuridik shaxslarning vakillari ishtirok etib, Andijon viloyat adliya boshqarmasi tomonidan fuqarolarning uy-joy, subsidiya, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros, mol-mulk, davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolar, intellektual mulk kabi masalalar yuzasidan 15 dan ortiq murojaatlari tinglandi.

Sayyor qabul davomida murojaatlarning ayrimlariga joyida huquqiy tushuntirish berilib, 9 nafar fuqarolarning uy-joy uchun subsidiya olish, kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, meros va boshqa davlat xizmatlarini koʻrsatishdagi muammolari yuzasidan murojaatlari koʻrib chiqish uchun ish yurituvga olindi.

@adliyangiliklari