#Adliya_xabari
Bugun, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligida an'anaviy ochiq eshiklar kuni doirasida “Oila kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
_____________
📎 Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan hududlarda ham bayram taddirlari tashkil etildi.
➡️ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligida 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni va Oila kuni munosabati bilan “Maftunkor ranglar dunyosi” tanlovi tashkil qilindi
➡️ Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasi tomonidan xodimlarning farzandlari uchun “Oila kuni” tadbiri oʻtkazildi.
➡️ Toshkent shahar adliya boshqarmasi tomonidan Yashnobod tumanidagi 30-sonli mehribonlik uyida bayram tadbiri tashkil etildi.
➡️ Namangan viloyati adliya boshqarmasi va uning tizimidagi xodimlar jamoasi bolajonlarni bayram bilan tabrikladi.
➡️ Jizzax viloyati adliya boshqarmasi ham bu kunni bolajonlar bilan birgalikda quvnoq tarzda nishonlash maqsadida tadbir tashkil qildi.
➡️ “Oila kuni” tadbiri Qashqadaryo viloyati adliya boshqarmasida ham oʻtkazildi.
➡️ Navoiy shahrida "Yoshlar sayli" o'tkazildi.
@adliyangiliklari
Bugun, 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Adliya vazirligida an'anaviy ochiq eshiklar kuni doirasida “Oila kuni” tadbiri bo‘lib o‘tdi.
👉Batafsil
_____________
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_munosabat
Ijtimoiy tarmoqlarda Qashqadaryo viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining matbuot anjumanida bildirgan fikrlari tarqatilmoqda.
Hozirda, mazkur holat vazirlik tomonidan o‘rganilmoqda, o‘rganish yakunlari bo‘yicha holatga baho beriladi.
Shu bilan birgalikda, davlat organlari o‘z faoliyatida xalq oldida hisobdor ekanligi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilganligi, Adliya vazirligi faoliyati, shu jumladan, jamoatchilik oldida qat'iy hisobdorlik prinsipi asosida tashkil etilganligi ma'lum qilinadi.
Xususan, O‘zbekiston Konstitutsiyasiga ko‘ra, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir. Davlat xalq irodasini ifoda etib, uning manfaatlariga xizmat qiladi. Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqarolar oldida mas'uldirlar.
Barcha fuqarolar, fuqarolik jamiyati institutlari belgilangan tartibda, shu jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetining shakllantirilishi hamda ijro etilishi ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirishi mumkin.
O‘rganish natijalari bo‘yicha qo‘shimcha ma'lumot beriladi.
Adliya vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi

Bolalar va yoshlar sayli tashkil etildi
🎉 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni hamda Adliya vazirligi tomonidan o’tkazilayotgan „Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida poytaxtda Bolalar va yoshlar sayli o’tkazildi. Unda adliya vaziri o‘rinbosari A.Karimov ham ishtirok etdi.
Tadbirda mashxur xonandalarning konsert dasturlari, harbiylarning vatanparvarlik ruhidagi chiqishlari, bolalarga oid kitoblar ko‘rgazmasi, nogironligi bo‘lgan shaxslarning hunarmandchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi, huquqiy viktоrinalar, tennis, shaxmat va shashka sport musobaqalari o‘tkazildi.
Shuningdek, musobaqada g‘olib bo‘lganlarga sovg‘alar ulashildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_tuhfa
Isrofgar ayiqning holi voy bo‘ldi
Adliya vazirligi 1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan sun'iy intellekt imkoniyatlari yordamida tayyorlangan navbatdagi multfilmni taqdim etadi.
Odilbek va dono to‘tivoy bolalarga huquqiy ilm ulashishga tayyor. Bu safargi hikoya isrofgar ayiq haqida.
U bevaqt tomorqa sug‘orishdan tortib, mashinasini yuvishgacha ichimlik suvidan foydalanadi. Bu esa hayot uchun zarur bo‘lgan tabiat manbaining isrof bo‘lishiga olib keladi. Hatto uni to‘g‘ri yo‘lga qaytarmoqchi bo‘lgan donishmand tuyaning gaplariga kirmagan ayiq esa oxir oqibat…
Unutmang, odamlar tabiiy boyliklarni asrasa, shunda boshqalarga ham albatta yetadi!

“Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini gʻoliblari aniqlandi
Adliya vazirligi tizimida faoliyat olib borayotgan xodimlarning intellektual bilimi va salohiyatini oshirish, mantiqiy fikrlashini rivojlantirish maqsadida “Huquqiy zakovat” intellektual oʻyini tashkil etildi.
Unda adliya organlari va muassasalari, vazirlik markaziy apparatidan jami 24 ta jamoa ishtirok etdi. Har bir jamoa 6 kishidan iborat boʻlib, 4 ta raund davomida oʻz bilimlarini sinovdan oʻtkazdi.
Intellektual musobaqa har biri 12 ta savoldan iborat 4 ta turni oʻz ichiga oldi. Gʻoliblar barcha turlarda berilgan javoblar yigʻindisiga koʻra aniqlandi. Birinchi turdan keyin birdaniga uchta jamoa 12 ta savoldan 11 tasiga toʻgʻri javob berishga muvaffaq boʻldi. Ikkinchi turdan soʻng Adliya vazirligi markaziy apparati va Toshkent davlat yuridik universiteti jamoalari bir xil ochko jamgʻargan holda peshqadamligini mustahkamladi. Uchinchi bosqichda markaziy apparat vakillari oldinga chiqdi. Toʻrtinchi turda ham eng koʻp ochko toʻplab, vazirlikning jamoasi gʻalabani qoʻlga kirdi. Beshinchi oʻrin uchun ham keskin kurash kechdi: 5 ta jamoa 32 ochkodan toʻplagan. Beshinchi oʻrin sohibi “otishma” natijasida aniqladi.
Musobaqa yakuniga koʻra quyidagi jamoalar Top-5likka kirdi:
▫️Birinchi oʻrin — Adliya vazirligi markaziy apparati;
▫️Ikkinchi oʻrin — Toshkent davlat yuridik universiteti;
▫️Uchinchi oʻrin — Toshkent viloyati adliya boshqarmasi;
▫️Toʻrtinchi oʻrin — “Oʻzarxiv” agentligi;
▫️Beshinchi oʻrin — X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertizasi markazi.
Ishtirokchilar taʼkidlaganidek, bunday intellektual oʻyinlar dunyoqarashni kengaytirish, mantiqiy fikrlash, tezkor tahlil qilish, maʼlumotlar asosida qarorlar qabul qilish koʻnikmalarni rivojlantirish imkonini beribgina qolmay, balki jamoaviy ruhni mustahkamlaydi va oʻziga xos “teambuilding” vazifasini oʻtaydi.