#Adliya_xabari
Adliya vaziri Buxoro viloyatiga qilgan xizmat safari davomida Buxoro viloyati yuridik texnikumida boʻldi
Adliya vaziri A.Toshqulov xizmat safari davomida texnikumning faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Vazir taʼlim muassasasida oʻquvchilarga huquqiy taʼlim berish sifati, taʼlim va tarbiyaning oʻzaro uygʻunlashgan holda tashkil etilganligi holati, dars jarayonlarini ilgʻor oʻquv-metodik uslublarda olib borish holatlari hamda ish vaqtini oʻquv tadbirlari va metodologik izlanishlarga sarflanishi borasida alohida toʻxtalib oʻtdi.
Oʻqituvchilar bilan yuzma-yuz suhbat davomida vazirlik tomonidan yuridik taʼlim yoʻnalishida taʼlimning sifatiga taʼsir etuvchi omilarni yaxshilashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilayotganligi, bunda pedagogning oʻz ustida ishlab, ilmiy salohiyatini muntazam oshirib borishi muhim ahamiyatga ega ekanligi tushuntirildi.
A.Toshqulov uchrashuv davomida yuridik texnikum faoliyatining samaradorligi taʼlim berish sifatiga chambarchas bogʻliqligini taʼkidlab, pedagog xodimlarning ilmiy salohiyatini oshirish boʻyicha tavsiyalarni berib oʻtdi.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov xizmat safari bilan Andijon viloyatida boʻlib turibdi. Xizmat safari doirasida Muzraf Ikramov, xususan, Baliqchi tumanida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius bilan suhbatlashib, bugungi kunda notarial idoralar faoliyatida yigʻilib qolgan muammolarni atroflicha tahlil qili, ularni bartaraf etish mexanizmlari va takliflari oʻrtaga tashladi.
Shuningdek, adliya vaziri oʻrinbosari Oltinkoʻl va Baliqchi tumanidagi yuridik xizmat koʻrsatish markazlari faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qildi. Yuridik xizmat koʻrsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik masalasi muhokama qilindi.
Muzraf Ikramov “Madad” nodavlat notijorat tashkiloti faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi. Oʻrganish davomida fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha, shu jumladan onlayn maslahatlar va tushuntirishlar berish yoʻli bilan birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish, aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirish yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ishlar sarhisob qilindi.

#Muhim
📣 Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish bo‘yicha so‘rovnomada faol ishtirok eting!
Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari bo‘yicha anonim ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola 👉 https://shorturl.at/tKN7X
So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
🖥 Sizdan so‘rovnomada faol ishtirok etishingizni so‘raymiz.
@adliyangiliklari
Adliya vazirligi tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishdagi ma'muriy va byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, biznes uchun qulay shart-sharoit yaratish masalalari bo‘yicha anonim ijtimoiy so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.
So‘rovnomada ishtirok etish uchun havola 👉 https://shorturl.at/tKN7X
So‘rovnoma natijalari tegishli takliflarni ishlab chiqishga xizmat qiladi.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Andijon viloyatida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar va yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari bilan muloqot oʻtkazdi.
Xususan, Andijon viloyati adliya boshqarmasi binosida adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar bilan uchrashdi.
Tadbirda viloyatdagi jami 78 nafar notariusdan 30 nafari bevosita, 48 nafari olis va chekka hududlarda joylashganligi sababli ZOOM orqali ishtirok etdilar. Uchrashuv davomida xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslarning sohani rivojlanishga doir taklif va mulohazalari tinglandi. Notariuslar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga batafsil javoblar oldilar.
Shuningdek, vazir oʻrinbosari tomonidan hududda yuridik xizmat koʻrsatish markazi xodimlari hamda davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmati xodimlari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.
Davra suhbatida adliya boshqarmasi binosida 45 nafar yuridik xizmat koʻrsatish markazlari xodimlari, 20 ta davlat organlari va tashkilotlari yuridik xizmat xodimlari ishtirok etdi. ZOOM platformasi orqali tuman va shaharlardan 30 nafardan ortiq xodimlar ishtirok etdi.
Davra suhbatida yuridik xizmat koʻrsatish markazlarining faoliyati koʻrib chiqilib, sohani rivojlanishga doir taklif mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi.

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Adliya vazirligining qoʻshimcha 4 ta yangi faoliyat yoʻnalishlari belgilandi:
▫️aholining kundalik hayotida uchraydigan huquqiy muammolarni aniqlash, ularni tahlil qilish va bartaraf etish;
▫️joylarda aniqlangan tizimli muammolarni bartaraf etishga qaratilgan qonunchilik hujjatlari loyihalarini ishlab chiqish;
▫️fuqarolarga huquqiy masalalar boʻyicha birlamchi bepul yuridik yordam koʻrsatish;
▫️davlat organlari va mahallalarda yagona huquqni qoʻllash amaliyotini shakllantirishda metodik yordam koʻrsatib borish.

Romitan tuman adliya boʻlimi faoliyati oʻrganildi
Adliya vaziri A.Toshqulov Romitan tumani adliya boʻlimi, yuridik xizmat koʻrsatish markazi, davlat xizmatlari markazi, FHDY boʻlimi hamda tuman davlat arxivi xodimlar bilan suhbatlashib, ularning ish faoliyatini, fuqarolar va jismoniy shaxslarning murojaatlarini oʻrganish, aholiga xizmatlari koʻrsatish, huquqiy maslahatlar berish, ularning sifati, fuqarolarga yaratilgan qulaylik va sharoitlar hamda mavjud imkoniyatlar, davlat organlari va tashkilotlariga koʻrsatilayotgan yuridik xizmatlar sifati va tizimdan foydalanish jarayonlari hamda hududda olib borilayotgan targʻibot ishlarini oʻrgandi.
Oʻrganishda sohada mavjud muammo va kamchiliklar, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlashda, norma ijodkorligi va huquqni qoʻllash amaliyotida mavjud muammoli holatlar, davlat xizmatlari koʻrsatish hamda mavjud elektron tizimlardagi funksiyalarni takomillashtirish hamda tizim xodimlarining fikr-mulohazalari, takliflari tinglanib, adliya vaziri tomonidan sohaga oid kerakli koʻrsatma va tavsiyalarni berdi.
Adliya vaziri Romitan tuman adliya boʻlimi davlat xizmatlari markazida fuqaro O. Qandiyorovaning yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligi ochib berish boʻyicha qilgan murojaati yuzasidan shaxsan oʻzi fuqaro O. Qandiyorova davlat xizmatini koʻrsatib, unga yuridik shaxs tashkil etmagan dehqon xoʻjaligini davlat roʻyxatidan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma rasmiylashtirib berdi.