ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari tadbirkorlar bilan muloqot oʻtkazdi


Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov “Merrymed Farm” masʼuliyati cheklangan jamiyati faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirkor va faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan muloqot davomida koʻplab ishchi oʻrin yaratgan tadbirkorlar uchun yaratilgan sharoitlar haqida soʻz yuritildi. Brend olishning afzalliklari hamda brendni roʻyxatdan oʻtkazmay ishlashning huquqiy oqibatlari haqida tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, tadbirkorlarga oʻz soha faoliyatiga oid huquqiy axborotni, shu jumladan, qonunchilikdagi yangiliklarni olish manbalari va shakllari haqida maʼlumotlar berish bilan bir qatorda, ularning muammo va takliflari oʻrganildi.

Muloqotda intellektual mulk sohasidagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yo‘llari hamda ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar uchun tovar belgisi olish bilan bog‘lik masalalarni o‘rtoqlashdi. Shuningdek, huquqiy jihatdan qanday yordam va maslahatlar kerak boʻlsa adliya vazirligi hamda uning hududiy boshqarmasi tayyorligi maʼlum qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_sayli

Qoraqalpog’iston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan Toshkent davlat yuridik universiteti bilan birgalikda “Bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi va “Men o‘zbekistonlikman” targ‘ibot aksiyasi doirasida “Yoshlar sayli” o’tkazildi.

❗️Yoshlar sayli davomida:
➖“Vazir va yoshlar” uchrashuvi;
➖“Salomatlik uchun 5000 qadam loyihasi”;
➖sayyor qabul;
➖mehnat yarmarkasi;
➖hunarmandchilik yarmarkasi;
➖intellektual oʻyinlar;
➖“Targʻibot poyezdi” loyihasi;
➖konsert dasturlari;
➖sport tadbirlari;
➖aholiga tibbiy xizmat koʻrsatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o'rinbosari tizim xodimlari faoliyati bilan yaqindan tanishdi

Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov Namangan shahar adliya bo‘limi faoliyati bilan tanishdi.

M.Ikramov tomonidan adliya organlarining asosiy vazifasi qonunchilikni takomillashtirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqish, aholining huquqiy madaniyatini oshirishda mahallalardagi faollar imkoniyatidan foydalanish, mahalladagi yettilik bilan bevosita hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, aholining huquqiy ongini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlab o‘tildi.

Shuningdek, yuridik xizmat ko’rsatish markaz faoliyati bilan tanishib, ulardagi yutuq va kamchiliklar tahlil qilindi. Yuridik xizmat ko’rsatilayotgan tashkilotlar bilan hamkorlik muhokama etildi.

Shu kuni Namangan shahridagi davlat xizmatlari markazida bo‘lib, bu yerda fuqarolarga yaratilgan shart-sharoitlar, ko’rsatiladigan davlat xizmatlarini qulay va osonligi, o’z-o’ziga xizmat ko’rsatish burchaklari faoliyati ko‘zdan kechirildi.

Shu bilan birga, Namangan shahar davlat xizmatlari markazi binosidagi barcha qulayliklarga ega boʻlgan navbatsiz xizmat maskanidagi sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Muzraf Ikramov Namangan viloyati yuridik texnikumi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.


Texnikumda yaratilgan sharoitlar ko'zdan kechirilib, o'quv va “Idrok” intellektual xonalari, IT klub, yuridik klinika, sud zali, talabalar turar joyi, faollar zali, yozgi va qishki sport maydonlari, oshxona, axborot resurs markazidagi imkoniyatlar o'rganildi.

Yuridik klinika faoliyatiga alohida to'xtalib, kelgusida mazkur bo'limni yanada rivojlantirish maqsadida moddiy qo'llab-quvvatlash zarurligi ta'kidlandi.

Texnikum negizida tashkil etilayotgan akademik litsey faoliyati yuzasidan ham fikr-mulohazalar tinglandi. Xodimlar bilan suhbatlashish chog’ida mavjud muammo va kamchilik bartaraf etish lozimligi aytib o’tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

Fuqaroning O‘zbekiston Respublikasida doimiy yashaganlik fakti belgilandi

Sayxunobod tuman adliya bo‘limi tomonidan “O‘rikzor” mahallasida yashovchi fuqaro Sh.Shning O‘zbekiston hududida doimiy yashaganlik faktini belgilashda amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati o‘rganildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_brifing

Fuqarolarga bepul birlamchi yuridik yordam ko‘rsatish tizimi yo‘lga qo‘yiladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari xususiy amaliyot bilan shug’ullanuvchi notaruslar bilan muloqot o’tkazdi


Namangan viloyati yuridik texnikumi binosida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslar bilan uchrashdi.

Ochiq va samimiy kechgan muloqot davomida, xususiy amaliyot bilan shug'ullanuvchi notariuslarning sohani rivojlantishga doir taklif va mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi. Bunday davra suhbatlaridan maqsad notariat sohasini rivojlantirish, ushbu sohani yangi bosqichga olib chiqishdan iboratdir.

@adliyangiliklari
​#Adliya_hudud

PREZIDENT
HUJJATLARI — HAYOTDA VA NAZORATDA

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 27–28-iyul kunlari Farg‘ona viloyatiga tashrifi yakunlari bo‘yicha berilgan 22-sonli topshiriqlar bayoniga muvofiq Quva tumanida atirgulchilikni rivojlantirish hamda xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizning doimiy bandligini taʼminlash maqsadida tumandagi hosildorligi 30 sentnerdan past bo‘lgan, 210 gektar paxta va g‘alla maydonlarini qisqartirib, ularda eksportbop atirgul, meva-sabzavot ko‘chatchiligi va urug‘chiligini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha viloyat hokimligining taklifi maʼqullangan edi.

Yerlarni xorijda ishlab yurgan vatandoshlarimizga 10 sotixdan belgilangan tartibda berishni tashkil etish orqali kamida 2 ming nafar fuqarolarning bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaini yaratish choralarini ko‘rish ko‘rsatilgan.

Shundan kelib chiqqan holda, viloyat hokimining 2023-yil 13-oktyabrdagi 332-11-0-Q/23-sonli qarori bilan Quva tumanida faoliyat ko‘rsatayotgan 51 nafar fermer xo‘jaliklarining 56 ta konturlarida joylashgan jami 213 gektar, shundan 210 gektar ekin yer maydonlari davlat zaxirasiga olinganligi, mazkur maydonlar tuman hokimligining taklifiga asosan "Farvilyerloyiha" bo‘linmasi tomonidan 15 sotixdan bo‘lgan hajmlarda lotlarga bo‘linib, jami 1 400 ta lotlarda 210 gektar maydonlar 2024 yilning 12 yanvar kuni ochiq tanlovga chiqarilgan.

"Farvilyerloyiha" hududiy bo‘linmasidan olingan maʼlumotga ko‘ra, joriy yilning 5-may holatiga ushbu yer maydoni 1 ming 197 ta lotga bo‘lingani, 902 ta lotdagi yer maydoni sotilganligi, 301 ta lotdagi 56 gektar yer maydoni sotilmay turganligi aniqlandi. Topshiriq ijrosi yuzasidan Adliya boshqarmasi tomonidan joyiga chiqqan holda hokim yordamchilari bilan yuzma-yuz muloqot olib borildi.Auksionga chiqarilgan yer maydonlari to‘g‘risida  hududdagi ishsiz, ayniqsa, migratsiyadan qaytgan fuqarolar o‘rtasida targ‘ibot tadbirlarini o‘tkazgan holda auksion savdolariga qatnashishlarini taʼminlanib, ularni bandligini taʼminlash yuzasidan tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Vazir o’rinbosari yuridik xizmat ko’rsatish markazi xodimlari bilan uchrashdi


Namangan viloyati adliya boshqarmasi binosida adliya vaziri o'rinbosari Muzraf Ikramov tomonidan yuridik xizmat ko'rsatish markazi xodimlari va yuridik xizmat ko'rsatiluvchi tashkilotlar rahbari va kadrlari ishtirokida davra suhbati o'tkazildi.

Davra suhbatida yuridik xizmat ko'rsatish markazlarining faoliyati ko'rib chiqilib, sohani rivojlantishga doir taklif mulohazalari tinglandi, ular duch kelayotgan muammolarga yechimlar berildi.

Bunday davra suhbatlaridan maqsad davlat idora va tashkilotlariga sifatli yuridik yordam ko'rsatishni takomillashtirish, sohasini rivojlantirish va tizimdagi muammolarni hamjihatlikda hal etishdan iborat.

@adliyangiliklari