ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Aholi_fikri

📣 Adliya vazirligi faoliyati yuzasidan o‘tkazilayotgan so‘rovnomada faol ishtirok etishga chorlaymiz!

So‘rovnoma natijalari Adliya vazirligi faoliyatini yaxshilashga xizmat qiladi.

❗️So‘rovnoma anonim tarzda o‘tkazilmoqda.

Fikringiz biz uchun muhim!

👉Ishtirok etish

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida Xitoy xalq Respublikasi Oliy xalq sudi raisi Chjan Szyun bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

“Bepul yuridik yordam asoslari” mavzusida xalqaro ekspertlar ishtirokidagi trening o‘z ishini boshladi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev “Ijro.gov.uz” ijro intizomi idoralararo yagona elektron tizimi samarali faoliyat koʻrsatishini taʼminlash boʻyicha davlat idoralari masʼullari bilan uchrashdi.

Tadbirda adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari, farmonlari va topshiriqlarida yuklatilgan vazifalarning “Ijro.gov.uz” tizimi orqali bajarilishida yuzaga kelayotgan muammolar, bu yoʻnalishda amalga oshirilishi lozim boʻlgan vazifalar hamda topshiriqlar ijrosini barvaqt va samarali tashkil etish boʻyicha soʻz yuritdi.

Tadbir davomida Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshligʻi S.Sattarov viloyatdagi davlat idoralari tomonidan mazkur sohada tizimdagi topshiriqlar ijrosi boʻyicha olib borilayotgan monitoringlarda aniqlanayotgan holatlar, ishni toʻgʻri va samarali tashkil etish boʻyicha tavsiyalar berdi. Masʼuliyatsizlikka yoʻl qoʻyayotgan masʼullarga ogohlantirishlar berildi.

@adliyangiliklari
​#Adliya_xabari

Xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazildi


Joriy yilning 22-may kuni xususiy notarial faoliyat bilan shugʻullanish huquqini berish boʻyicha malaka imtihoni oʻtkazildi.

Malaka imtihoni ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan oʻtkazildi.

Malaka imtihonida talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda korrupsiyaga qarshi kurashish, fuqarolik huquqi, notariat sohasi va vorislik huquqi boʻyicha savodxonligi sinovdan oʻtkazildi.

Imtihon suhbat asosida ogʻzaki savol-javob tarzida oʻtkazildi.

Malaka imtihonida ishtirok etish uchun Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirgan 28 nafar talabgor ushbu malaka imtihonida ishtirok etishiga ruxsat berildi.

Malaka imtihoni natijasiga koʻra 11 nafar talabgor malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan deb topildi. Jumladan:

Andijon viloyatidan:

▫️Jurayev Muxiddin Tajidinovich;

Qashqadaryo viloyatidan:
▫️Ibrohimov Bahrom Baxtiyor oʻgʻli;

Namangan viloyatidan:
▫️Zaripov Ravshanbek Raxmanovich;

Samarqand viloyatidan:
▫️Azizov Sherzod Ilxomovich;

Toshkent shahridan:
▫️Gulomova Sevaraxon Abdusalomovna;
▫️Gʻulomov Javohir Gʻiyos oʻgʻli;
▫️Ishmanov Javoxir Nurmamad oʻgʻli;
▫️Mirkasimova Madina Bonu Maxmud qizi;
▫️Ortiqova Zarina Shuhrat qizi;
▫️Shaydozimova Nasiba Kudaybergenovna;
▫️Yuldoshev Nozimbek Ilxom-oʻgʻli;

Malaka imtihoni joriy yilning 22-may kuni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining www.minjust.uz rasmiy veb-sayti orqali onlayn tarzda yoritib borildi hamda malaka imtihoni jarayoni yozib olindi.

@adliyangiliklari
​#Adliyadan_javob

❓Mehnat shartnomasi qanday maqsadda dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin va kimlarga ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi?

— Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov bilan tuzilishi mumkin:
▫️xodimning topshirilayotgan ishga muvofiqligini tekshirish;
▫️mehnat shartnomasida shart qilib ko‘rsatilgan ishni davom ettirish maqsadga muvofiqligi haqida xodim tomonidan qaror qabul qilish.

Dastlabki sinovdan o‘tish mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi kerak. Bunday shartlashuv mavjud bo‘lmagan taqdirda, xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi.

Quyidagilar ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi:
▫️homilador ayol, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayol yoki uch yoshga to‘lmagan bolani yolg‘iz o‘zi tarbiyalayotgan ota (vasiy);
▫️zaxiraga qo‘yiladigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish uchun yuborilgan aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalaridan bo‘lgan shaxslar;
▫️davlat grantlari asosida o‘qigan va oliy ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran uch oy ichida yo‘llanma bo‘yicha olingan mutaxassisligiga doir ishga kirayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️tegishli ta’lim tashkilotini tamomlagan kundan e’tiboran bir yil ichida birinchi bor ishga kirayotganda olingan mutaxassisligi bo‘yicha mustaqil ravishda ishga joylashayotgan umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarining bitiruvchilari;
▫️o‘zi bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilayotgan xodimlar;
▫️o‘n sakkiz yoshga to‘lmagan shaxslar;
▫️ishga qaytadan qabul qilingan taqdirda ish beruvchi ilgari qaysi xodimlar bilan mehnat shartnomasini alohida asoslar bo‘yicha bekor qilgan bo‘lsa, o‘sha shaxslar;
▫️ishlab chiqarishda o‘qitish shartnomasi bo‘yicha ushbu ish beruvchida o‘qishni o‘tagan o‘quvchilar;
▫️jamoa kelishuvlarida, shuningdek jamoa shartnomasida va ish beruvchining ichki hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa xodimlar.

Dastlabki sinov faqat xodimni ishga qabul qilish chog‘ida belgilanishi mumkin. Xodim boshqa ishga o‘tkazilayotganda va boshqa ish beruvchiga xizmat safariga yuborilganda dastlabki sinov belgilanishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi Mehnat kodeksi.

@adliyangiliklari
#Adliya_tayinlov

Buxoro viloyat adliya boshqarmasiga yangi rahbar tayinlandi

Ushbu lavozimga adliya vazirining tegishli buyrug‘i bilan Mirjon Zamirovich Isayev tayinlandi.

Mirjon Isayev 1983-yilda Buxoro shahrida tug‘ilgan. Ma’lumoti oliy, 2003-yil Toshkent davlat yuridik institutini (bakalavr), 2013-yilda Toshkent davlat yuridik universitetini (magistratura) tamomlagan, huquqshunos.

U o‘z mehnat faoliyatini 2003-yilda Adliya vazirligi Iqtisodiy qonunchilik boshqarmasi katta maslahatchisi lavozimidan boshlagan va hozirgacha adliya organlarida, sud tizimida, Prezident Administratsiyasida turli mas’ul lavozimlarda faoliyat yuritgan.
2023-yildan hozirgi vaqtga qadar Adliya vazirligi Nodavlat notijorat tashkilotlar boshqarmasi boshlig'i vazifasini bajaruvchi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Adliya vazirligi jamoasi Mirjon Zamirovich Isayevni mazkur mas’uliyatli tayinlov bilan qutlaydi. Kelgusi ishlarida rivoj va ulkan zafarlar tilaydi!

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

“Al-Buxoriy” MFYda interaktiv infokiosk ishga tushirildi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Payariq tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi hamda 2-son FHDY boʻlimida boʻldi.

Xizmat koʻrsatish sifati, fuqarolarni qabul qilish jarayoni, mavjud muammo va kamchiliklarni oʻrgandi. Xodimlar bilan shu mavzuda suhbatda boʻldi. Ularni qiziqtirgan masalalar, soha rivojiga oid takliflarini tingladi.

Xususan, 2-son FHDY boʻlimini yangi binoga koʻchirish bilan bogʻliq chora-tadbirlar bilan tanishdi.

Soʻng, “Al-Buxoriy” mahallasida boʻlib, davlat xizmatlari markazi filiali ish faoliyatini koʻzdan kechirdi. Mazkur mahallada bugun ishga tushirilgan davlat xizmatlaridan yanada oson foydalanish imkonini beruvchi interaktiv infokioskadan foydalanishni fuqarolar oʻrtasida targʻib qilish boʻyicha tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari