ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_hudud

Sayyor qabul: Muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi

Farg‘ona viloyatidagi adliya organlari muntazam ravishda mahallalarda xalq bilan muloqot qilib keladi. Ayniqsa, sayyor qabullardagi ochiq muloqotlarda aholining huquqiy muammolari bartaraf etilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Mahmudovning Beshariq tumani "Shodlikobod" mahallasida o‘tkazgan sayyor qabuli fuqarolar uchun huquqiy ko‘mak bo‘ldi. 45-sonli DMTTda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda 42 nafar fuqarodan 24 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etilib, 7 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi va qolganlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Sayyor qabul davomida "Shodlikobod" mahallasida yashovchi G. Komilova, A. Mamatova, O. Qo‘chqorov, X. Mamajonovalarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaаtlari ijobiy yechim topdi.

Beshariq tumani "Shodlikobod" MFYda yashovchi M. Nazarovning "Elobod" ko‘chasiga ichimlik suvi tortish bilan bog‘liq murojаati tinglandi. Sayyor qabuldan so‘ng adliya vakillari Beshariq tuman "Suvtaʼminot" bo‘limi xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganildi. "Elobod" ko‘chasiga ichimlik suvi tortib kelish masalasida reja-grafik ishlab chiqilib, dasturga kiritilishi belgilandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

100 yoshni qarshilayotgan fuqaro davlat xizmatlaridan foydalandi

Narpaylik Mahmud bobo Isayev yaqin kunlarda 100 yoshni qarshi oladi. Yuz bilan yuzlashib, hayotning turli yo‘llarini bosib o‘tib, bugungi dorilomon kunlarga yetib kelgan nuroniy bugun davlat xizmatlaridan foydalanish uchun Narpay tuman davlat xizmatlari markaziga keldi. Loyiha-smeta hujjatlarini kelishishi uchun ariza berdi.

Markaz xodimlari nuroniy otaxonga qisqa daqiqalarda xizmat ko‘rsatishdi. Ko‘pni ko‘rgan keksa foydalanuvchi xalq uchun, fuqarolar uchun davlatimiz tomonidan yaratilayotgan bunday qulayliklardan mamnun ekanini bildirib, qo‘llarini duoga ochdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Xabaringiz bor, joriy yilning 15-may sanasidan ipoteka kreditiga subsidiya olish uchun arizalarni qabul qilish boshlandi.

O‘tgan 1 hafta davomida 162 117 ta ariza qabul qilindi.

Ariza berish usuli 2 xil:
▫️Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali — 113 003 ta;
▫️Davlat xizmatlari markazlari orqali — 49 114 ta

Eng ko‘p ariza qabul qilingan hududlar:
➖Samarqand viloyati – 21 171 ta
➖Andijon viloyati – 21 105 ta
➖Farg‘ona viloyati – 18 308 ta
➖Toshkent shahri – 15 769 ta
➖Namangan viloyati – 13 703 ta

Arizalar tuman (shahar) hokimining birinchi o‘rinbosari raisligidagi komissiyalar tomonidan ko'rib chiqiladi.

Ko'rib chiqish natijasi bo'yicha subsidiya ajratish yoki rad etish to'g'risida  fuqarolarning telefon raqamlariga sms-xabar yuboriladi.

❗️Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 30-apreldagi PF-70-son Farmoniga asosan, arizalarni qabul qilish maqsadli ko'rsatkichlar doirasida 2024-yil 1-noyabrgacha davom etadi.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_qulaylik

Davlat xizmatlari endi mahallalarda xizmat koʻrsatadi


Davlat xizmatlaridan endi mahalla binolaridan turib ham foydalanish imkoniyati yaratilmoqda. Chiroqchi tumanidan qariyb 45 kilometr uzoqlikda joylashgan “Arabbandi” mahalla aholisi ana shunday qulaylikka ega boʻldi.

Mahalla binosida oʻrnatilgan Infokiosk apparatidan bugun oʻnlab fuqarolarni mushkuli oson boʻldi. Markaz xodimi tomonidan mahalladagi 10 nafardan dan ortiq fuqarolar my.gov.uz saytiga roʻyxatdan oʻtkazildi.

Fuqarolarga sanatoriyga roʻyxatga qoʻyish, bolalar nafaqasiga ariza joʻnatish hamda kam taʼminlanganlik maʼlumotnomalarni shu joyning oʻzida chiqarib berildi.

@adliyangiliklari
#Muhim

📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga!

Bugun, 22-may kuni soat 12:00 da AOKA binosida Adliya vazirligi matbuot anjumani oʻtkazilmoqda.

Mavzu: Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar.

Tadbirda Adliya vazirligi masʼullari ishtirok etib, jurnalistlarning savollariga javob beradi. OAV xodimlari va blogerlarni matbuot anjumaniga taklif qilamiz.

📲 Matbuot anjumani translyatsiyasini UzReport TV telekanali va telekanalning Facebook hamda YouTubedagi sahifasi orqali JONLI tomosha qiling.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliyadan_javob

❓Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi nima va tizim orqali nimalar amalga oshiriladi?

— Tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va hisobga qo‘yishning avtomatlashtirilgan tizimi — tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazishni, shuningdek ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning ushbu jarayondagi elektron hamkorligini ta’minlovchi axborot-kommunikatsiya texnologiyalari kompleksi.

Tizim orqali quyidagilar amalga oshiriladi:
▫️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
▫️qayta tashkil etish yo‘li bilan tashkil etilayotgan tadbirkorlik subyektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish;
▫️qayta ro‘yxatdan o‘tkazish;
▫️davlat ro‘yxatidan o‘tkazish, qayta ro‘yxatdan o‘tkazish uchun davlat bojini to‘lash;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomani erkin olish;
▫️yakka tartibdagi tadbirkor faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turish va tiklash to‘g‘risida ariza topshirish;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarning belgilangan tartibdagi hamkorligi;
▫️ro‘yxatdan o‘tkazuvchi organlar va vakolatli tashkilotlarni, shuningdek davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarini tadbirkorlik subyektining manzili (joylashgan joyi, yashash joyi) o‘zgarganligi to‘g‘risida xabardor qilish;
▫️“tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti”ni ochish va undan erkin foydalanish;
▫️Reyestrdan ko‘chirma, so‘ralayotgan hujjat, tadbirkorlik subyektlarining ro‘yxati yoki so‘ralayotgan ma’lumotning va (yoxud) hujjatning mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma shaklidagi aniq tadbirkorlik subyektlari haqida ma’lumot so‘rash va olish.

Asos: Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 9-fevraldagi 66-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir o‘rinbosari davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi tashkilotlar vakillari bilan uchrashdi

Bugun Samarqand viloyat adliya boshqarmasida adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev, viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i S.Sattarov va davlat xizmatlari ko‘rsatuvchi vakolatli idoralar vakillari ishtirokida seminar bo‘lib o‘tdi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim 📣 Jurnalistlar va faol jamoatchilik vakillari diqqatiga! Bugun, 22-may kuni soat 12:00 da AOKA binosida Adliya vazirligi matbuot anjumani oʻtkazilmoqda. Mavzu: Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi yangiliklar. Tadbirda Adliya vazirligi masʼullari…
#Adliya_onlayn

⚡️ Davlat xizmatlari va FHDY sohasidagi so‘nggi yangiliklar, sohada amalga oshirilayotgan ishlar tahlili

AOKAda Adliya vazirligi rahbariyati ishtirokida shu mavzuda matbuot anjumani boshlandi.

Quyidagi havola orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri tomosha qilishingiz mumkin 👉https://www.facebook.com/aoka.uz/videos/1116785362761154/

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Oily Majlis Qonunchilik palatasining yig’ilishida qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berish tartibini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi birinchi o‘qishda ko‘rib chiqildi.

Ushbu qonun loyihasi bilan Yer kodeksi, “Ijara to‘g‘risida”gi, “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi bir qator qonunlarga tegishli o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Xususan, Yer kodeksining yer uchastkasi ijarasi to‘g‘risidagi 24-moddasiga o‘zgartirish kiritilib, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion savdolari orqali ijaraga berish belgilanmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalari ijarachilariga ijaraga berilgan yer uchastkalari bo‘yicha o‘z huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazishga, ya’ni qayta ijaraga berishga ruxsat etish nazarda tutilmoqda.

@adliyangiliklari