ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Navbatdagi manzil Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi boʻldi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliev aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, Samarqand viloyat davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi. Texnik taʼminot bilan bogʻliq ayrim masalalar shu joyning oʻzida hal etildi.

Oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Klinik yuridik ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusida seminarlar tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yillar davomida hal boʻlmagan masala adliya vazirining tashrifidan soʻng bir kunda ijobiy yechim topdi.

Batafsil 👉videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Kattaqo‘rg‘on shahrida tizim tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi?

Batafsil 👉videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qanday amaliy tadbirlar amalga oshiriladi?

— 2024-yil 1-iyundan boshlab:
▫️“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (“Inson” markazlari) tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan
xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
▫️xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi;
▫️tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
➖tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

❗️ Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
➖2024-yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
➖2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Vazir oʻrinbosari fuqarolarga davlat xizmatlari koʻrsatdi

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Samarqanddagi xizmat safarining ikkinchi kunida Samarqand tuman adliya boʻlimi, davlat xizmatlari markazi faoliyati bilan tanishdi.

Bu yerda fuqarolar va tizim xodimlariga yaratilgan sharoitlar, mavjud muammolar va kamchiliklarni oʻrgandi. Ularni bartaraf qilish yuzasidan viloyat adliya boshqarmasi rahbariyatiga, adliya boʻlimi boshligʻiga topshiriqlar berdi.

Xizmat koʻrsatish sifatini yanada takomillashtirish borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar taqdimoti bilan tanishib, bu boʻyicha zarur tavsiyalar berdi.

Shuningdek, markazga kelgan fuqarolarning murojaatlarini tinglab tinglab, ularga davlat xizmatlarini ham koʻrsatdi. Oʻzaro muloqotlar chogʻida fuqarolar va tadbirkorlarning davlat xizmatlari koʻrsatish sifatini yanada oshirish boʻyicha taklif va mulohazalarini oʻrgandi.

@adliyangiliklari
#Bilasizmi #Navbat

🎠Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini qayerdan onlayn tarzda tekshirishni bilasizmi?

👶Farzandingizni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini:

👉 Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP)dagi Bolalarni davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish xizmati orqali;

👉Shuningdek, Maktabgacha ta'lim agentligining search.mpe.uz sayti orqali onlayn tarzda tekshirishingiz mumkin.

❕Eslatma: Farzandingizning davlat maktabgacha ta'lim muassasasiga qabul qilish navbatini tekshirish uchun farzandingizni davlat maktabgacha ta’lim muassasasiga joylashtirish uchun bergan arizangiz raqami yoki farzandingizning tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnoma seriyasi va raqami talab etiladi.

😄Kanalga ulanish👇👇👇
https://t.me/davxizmat
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
​#Adliyadan_javob

❓Soliqlarning va yig‘imlarning qanday turlari mavjud va zargarlik sanoatini rivojlantirish uchun qiymat solig‘idan ozod qilinishini hamda bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlarining samarali faoliyati uchun foyda solig‘idan ozod qilinishi uyzasidan qanday qo‘shimchalar kiritilmoqda?

— O‘zbekiston Respublikasi hududida quyidagi soliqlar belgilanadi:
▫️ qo‘shilgan qiymat solig‘i;
▫️ aksiz solig‘i;
▫️ foyda solig‘i;
▫️jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i;
▫️ yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq;
▫️ foydali qazilmalarni qazib olganlik uchun maxsus renta solig‘i;
▫️ suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq;
▫️ mol-mulk solig‘i;
▫️ yer solig‘i;
▫️ ijtimoiy soliq.

O‘zbekiston Respublikasi hududida yig‘imlar belgilanishi mumkin. Yig‘imlarni joriy etish, hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi hamda boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilanadi.

Chet davlatlar avtotransport vositalarining O‘zbekiston Respublikasi hududiga kirganligi va uning hududi orqali tranziti uchun yig‘imni, yuk ko‘tarish quvvati 10 tonnadan yuqori bo‘lgan yuk avtotransporti vositalari va tirkamalarining avtomobil yo‘llari bo‘ylab harakatlanishi huquqi uchun yig‘imni hamda alkogol mahsulotlarini realizatsiya qilish huquqi uchun yig‘imlarni hisoblab chiqarish va to‘lash tartibi O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi.

Davlat bojini hisoblab chiqarish va undirish tartibi davlat boji to‘g‘risidagi qonunchilikda belgilanadi.

Zargarlik buyumlarini ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan qimmatbaho toshlarni O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish qo‘shilgan qiymat solig‘idan 2024-yil 1-yanvardan 2027-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda ozod qilinadi.

Kasaba uyushmalari tizimidagi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari negizida bolalarning dam olish mavsumidan tashqari davrda tashkil etiladigan dam olish uylarining va dam olish zonalarining mazkur yo‘nalishdagi xizmatlarni ko‘rsatishdan olgan foydasi 2026-yil 1-yanvarga qadar bo‘lgan davrda foyda solig‘idan ozod qilinadi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 13-maydagi O‘RQ-926-son Qonuni.


@adliyangiliklari
#Adliya_aralashgach

75 millionlik pul mablagʻlari oʻz egalariga qaytarildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Samarqand viloyat adliya boshqarmasi huzuridagi malaka komissiyasining qaroriga asosan, Samarqand viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘ining tegishli qarori bilan:


Paxtachi tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius T.Axmedovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyasining amal qilish muddati 2024-yil 20-maydan;

Samarqand shahrida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius U.Nishanovaga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati shu yil 20-maydan bir oy muddatga;

Toyloq tumanida xususiy amaliyot bilan shug‘ullanuvchi notarius A.Xasanovga berilgan xususiy notarial faoliyat bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi litsenziyaning amal qilish muddati shu yil 20-maydan 15 kun muddatga to‘xtatildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Sayyor qabul: Muammoning katta-kichigi bo‘lmaydi

Farg‘ona viloyatidagi adliya organlari muntazam ravishda mahallalarda xalq bilan muloqot qilib keladi. Ayniqsa, sayyor qabullardagi ochiq muloqotlarda aholining huquqiy muammolari bartaraf etilmoqda.

Xususan, Farg‘ona viloyat adliya boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari U. Mahmudovning Beshariq tumani "Shodlikobod" mahallasida o‘tkazgan sayyor qabuli fuqarolar uchun huquqiy ko‘mak bo‘ldi. 45-sonli DMTTda jismoniy va yuridik shaxslar vakillari bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda 42 nafar fuqarodan 24 ta murojaat kelib tushdi. Ularning 4 tasi joyida ijobiy hal etilib, 7 ta masala yuzasidan huquqiy tushuntirish berildi va qolganlari tegishli tartibda ko‘rib chiqilishi belgilandi.

Sayyor qabul davomida "Shodlikobod" mahallasida yashovchi G. Komilova, A. Mamatova, O. Qo‘chqorov, X. Mamajonovalarga davlat xizmatlarini ko‘rsatish bilan bog‘liq murojaаtlari ijobiy yechim topdi.

Beshariq tumani "Shodlikobod" MFYda yashovchi M. Nazarovning "Elobod" ko‘chasiga ichimlik suvi tortish bilan bog‘liq murojаati tinglandi. Sayyor qabuldan so‘ng adliya vakillari Beshariq tuman "Suvtaʼminot" bo‘limi xodimlari bilan birgalikda joyiga chiqqan holda o‘rganildi. "Elobod" ko‘chasiga ichimlik suvi tortib kelish masalasida reja-grafik ishlab chiqilib, dasturga kiritilishi belgilandi.

@adliyangiliklari