ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi: “Tartibga solish gilyotinasi” usuli orqali Hukumatning 493 ta qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topildi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Navbatdagi manzil Samarqand viloyat arxiv ishi hududiy boshqarmasi hamda viloyat davlat arxivi boʻldi.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliev aholiga arxiv sohasida davlat xizmatlari koʻrsatish sifati, Samarqand viloyat davlat arxivining moddiy texnik bazasi, hujjatlarning saqlanish holati, mavjud arxiv hujjatlarini raqamlashtirish jarayonlari bilan tanishib, mavjud muammolarni oʻrgandi. Texnik taʼminot bilan bogʻliq ayrim masalalar shu joyning oʻzida hal etildi.

Oʻrganish davomida aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan zarur tavsiyalar berdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

"Klinik yuridik ta'lim va pedagogikaning muhim tamoyillari" mavzusida seminarlar tashkil etildi

👉
Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Bir_murojaat_izidan

Yillar davomida hal boʻlmagan masala adliya vazirining tashrifidan soʻng bir kunda ijobiy yechim topdi.

Batafsil 👉videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyevning Kattaqo‘rg‘on shahrida tizim tomonidan otaliqqa olingan yoshlar bilan uchrashuvi qanday o‘tdi?

Batafsil 👉videorolikda

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#videodaydjest

📹 Adliya tizimidagi oʻtgan hafta davomida qanday muhim voqealar, o‘zgarishlar ro‘y berdi? Ular haqida haftalik daydjesti.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan shaxslarga “oila — mahalla — tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish bo‘yicha qanday amaliy tadbirlar amalga oshiriladi?

— 2024-yil 1-iyundan boshlab:
▫️“Inson” ijtimoiy xizmatlar markazlari (“Inson” markazlari) tomonidan tazyiq va zo‘ravonlikdan jabrlangan yoki jabrlanish xavfi ostida bo‘lgan
xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar ko‘rsatish tartibi joriy etiladi;
▫️xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik holati ichki ishlar organlari navbatchilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tushgan murojaatlar asosida ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan ro‘yxatga olinadi;
▫️tazyiq va zo‘ravonlik holati yoki ularni sodir etish xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat ichida quyidagilar amalga oshiriladi:
➖xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori ishtirokida tazyiq va zo‘ravonlikni sodir etgan shaxs bilan suhbat o‘tkaziladi;
➖profilaktika inspektori tomonidan himoya orderi rasmiylashtiriladi;
➖tazyiq va zo‘ravonlikdan jabr ko‘rgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (shahar) shifoxonalarining shoshilinch qabul bo‘limlariga joylashtiriladi;
➖rasmiylashtirilgan himoya orderlari va jabrlangan shaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga real vaqt rejimida “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

❗️ Tazyiqdan jabrlangan shaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamchi tibbiy xizmat ko‘rsatish tizimini yo‘lga qo‘yish maqsadida:
➖2024-yil 1-iyundan boshlab Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida;
➖2024-yil 1-oktabrdan boshlab respublikaning qolgan barcha hududlarida shoshilinch qabul bo‘limlarida tunu kun ishlaydigan birlamchi ko‘mak xonalari tashkil etiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 10-maydagi PQ-175-son qarori.

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM