ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi


Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Maqsad — davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlarni oldini olish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash.

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati, mavjud qonunbuzish holatlari va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o’rinbosari A.Karimov yoshlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri o‘rinbosari va Buxoro davlat universitetining “Yurisprudensiya” fakulteti 2-bosqich talabalari o‘rtasida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” o‘tkazildi.
 
Uchrashuvda yoshlarga yuridik kasbning o‘ziga xos xususiyatlari, qiyinchiliklari hamda uning mas’uliyati haqida tavsiyalar berildi.

Shuningdek, Adliya vazirligi faoliyati haqida ma’lumotlar, ushbu sohada ishlamoqchi bo‘lgan yoshlarga batafsil tushuntirishlar berildi.

Ochiq va samimiy muloqotda yoshlar muammolari, taklif va mulohazalari tinglandi hamda o‘quvchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_loyiha

Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan qonunlar Senat tomonidan ma’qullandi

Joriy yilning 18-may kuni bo‘lib o‘tgan Oliy Majlis Senatining navbatdagi yalpi majlisida Adliya vazirligi tashabbusi bilan ishlab chiqilgan 3 ta qonun muhokama qilindi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari navoiylik yoshlar bilan uchrashdi


Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida yoshlar bilan uchrashdi.

Uchrashuvda yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, amalga oshirilayotgan islohotlar, taʼlim tizimidagi yangiliklar va dunyo tajribasi, qonunchilikdagi imtiyoz va va tartib-taomillar boʻyicha maʼlumotlar berildi.

Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri oʻrinbosari batafsil javob berdi.

@adliyangiliklari