ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
✅ ❗❗❗ • Toshkent davlat yuridik universitetida faqat o‘qigan talabalar diplom oladi!

👉 Batafsil...

✅ ❗❗❗ • В Ташкентском государственном юридическом университете дипломы получают только те студенты, которые учились!

👉 Подробнее...

👍 ❤ 📩 @tsulofficial #munosabat #опровержение
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qaror_ijrosi

Respublikamizda Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari soni yana bittaga ko‘paydi

Davlat rahbarining PQ–4965-son Qaroriga asosan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari rolini oshirish belgilangan.

Mazkur qaror ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 14-may kuni Buxoro innovatsiyalar universitetida navbatdagi 33-TIQQMni tashkil etish bo‘yicha yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi direktori B.T.Sagdullayev, Buxoro Adliya boshqarmasi boshlig‘i A.I.Raxmatov va universitet rektori D.I.Ro’ziyevalar boshchiligida bo‘lib o‘tdi. Markaz direktori va universitet rektori tomonidan Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazini tashkil etish bo‘yicha bitim imzolandi.

Aytish joizki, Texnologiya va innovatsiyalarni qo‘llab quvvatlash markazlari ilmiy-texnik ishlanmalar samaradorligini oshirish maqsadida ishlanmalar mualliflariga patent ma’lumotlaridan foydalanish va patent tadqiqotlarini o‘tkazish hamda o‘z ishlanmalarini tijoratlashtirish bo‘yicha zarur ko‘nikmalarni shakllantirilishida xizmat qiladi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Onlayn muloqot: Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar

Bugun, 17-may kuni soat 15:00 da "Onlayn muloqot" loyihasi vazirlikning Facebookdagi “Adliya bilan muloqot/Диалог с юстицией” guruhi va Youtubedagi “Adliya vazirligi Ministry of Justice” kanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirga uzatildi.

Mavzu yuzasi bo‘yicha savollarni @adliyaga_savolbot manzili orqali yuborishingiz mumkin.

Savollarga Adliya vazirligi tizimida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi mas'ul xodimi javob beradi.

❗️ Jonli efir vaqtida o‘zingizni qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lasiz.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Sayyor_qabul

Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev tomonidan Navoiy viloyatida aholi murojaatlari va MFY binolarida oʻrnatilgan infokiosklar orqali fuqarolarga davlat xizmatlaridan foydalanishda yaratilgan qulayliklar oʻrganilmoqda.

Dastlabki manzil Karmana tumanining “Yangi Hayot” mahallasi. Bu yerda aholi uchun infokiosk oʻrnatilib, ochiq muloqot va sayyor qabul tashkil etildi.

Muloqot avvalida mahalla yettiligi faoliyati bilan tanishilib, mavjud masalalar yuzasidan huquqiy tushuncha berildi. Shundan soʻng, yigʻilganlarga infokioskdan foydalanish tartibi tushuntirilib, shu joyning oʻzida davlat xizmatlari koʻrsatildi. Maʼlumot oʻrnida, bugungi kunda viloyatda 8 ta MFY binosiga infokiosklar oʻrnatilgan.

Aholi bilan muloqotdan soʻng, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaatlari qabul qilindi. Asosan kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, bandlik, uy-joy taʼminoti, imtiyozli shartlarda kredit olish, soliq toʻlovlari singari masalalarda 100 dan ortiq murojaatlar kelib tushdi.

Qabul davomida elektron imzo olish, farzandini maktab va maktabgacha taʼlim muassasasiga navbatga qoʻyish, manzil, soliq hamda kadastr maʼlumotlari olish kabi yoʻnalishlarda 30 dan ortiq davlat xizmatlari koʻrsatildi.

Qabuldan soʻng, fuqarolarning xonadonlarida uyma-uy yurgan holda masalalar manzilli oʻrganildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Romitan tumanidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi

Adliya vaziri oʻrinbosari Buxoro viloyatining Romitan tumanidagi issiqxona faoliyati bilan shugʻullanuvchi korxona faoliyatini oʻrgandi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-iyuldagi PQ-3843-son qaroriga asosan zamonaviy issiqxona, bogʻdorchilik va uzumchilik xoʻjaliklari uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tashkil etilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etilgan “Buxara Bilol” masʼuliyati cheklangan jamiyati tomonidan yetishtirilayotgan mahsulotlarning eksportini amalga oshirish boʻyicha mavjud muammolar tahlil qilindi.

Mazkur uchrashuv davomida mamlakatimizda tadbirkorlik subyektlariga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar olib borildi hamda zarur tavsiya va koʻrsatmalar berildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Dasturiy mahsulotlar axborot texnologiyalari texnologik parki direksiyasi Navoiy viloyat filiali 2021-yil tashkil etilgan. Tashkilot faoliyatining asosiy maqsadi xorijiy IT kompaniyalarni hududga jalb etish orqali xalqaro standartlarga javob beradigan dasturiy mahsulotlar yaratishda samarali hamkorlik oʻrnatish, qoʻllab quvvatlash va yosh dasturchilarni jahon bozoriga olib chiqishdan iborat.

Ayni paytda viloyatga ana shu maqsadda 3 ta xorijiy kompaniya jalb etilgan. Bundan tashqari oliy taʼlim muassasalarida talabalar uchun 3 ta inkubatsiya markazlari ham tashkil etilgan boʻlib, dasturiy mahsulotlar yaratish boʻyicha yoshlarning 10 dan ortiq startap loyihalari respublika darajasiga olib chiqilgan.

Adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Navoiy viloyatidagi oʻrganishlar jarayonida mazkur markaz faoliyati bilan ham yaqindan tanishdi.

Prezident topshirigʻiga asosan, raqamlashtirish sohasida amalga oshirilishi nazarda tutilgan islohotlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berildi.

@adliyangiliklari
#Bir_murojaat_izidan

Adliya aralashuvi bilan 78 nafar pedagog xodimni 41 million soʻmga yaqin yoʻl haqqi undirib berildi.

Yangi Namangan tuman adliya boʻlimi tomonidan tumandagi 60-son umumiy oʻrta taʼlim maktabi oʻqituvchisi Sh.Tadjibayevaning uyda yakka tartibda taʼlim olayotgan oʻquvchi bolalarni uyida oʻqitganlik uchun oylik yoʻl kompensatsiyasi toʻlab berilmaganligidan norozi boʻlib yoʻllagan shikoyati oʻrganib chiqildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Bugun Adliya vazirligida "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi bo'lib o'tdi.

Unda adliya vaziri A.Toshqulov hamda adliya tizimida faoliyat yurituvchi yoshlar ishtirok etishdi.

Tadbir avvalida adliya vaziri so'zga chiqib, o'zining faoliyati, bosib o’tgan yo'li, tajribasi va maslahatlarini yoshlarga yetkazdi.

Shundan so'ng ochiq muloqot boshlandi. Yoshlar o'zlarini qiziqtirgan savollar, takliflar va muammolarini to'g'ridan-to'g'ri vazirga yo'lladilar.

Tadbir so'ngida A.Toshqulov yoshlarga minnatdorchilik bildirib, har qanday masalaga, ochiq muloqotga tayyor ekanligni bildirdi.

Ma'lumot uchun: Tadbir “O‘zbekiston — 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida”gi Farmon ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyevning navbatdagi uchrashuvi tadbirkorlar bilan “Navoiy” erkin iqtisodiy zonasida tashkil etildi. Ayni paytda “Navoiy” EIZda 100 dan ortiq ishlab chiqarish zavodlari mavjud.

Dastlab “Navoiy sanoatni rivojlantirish kompleks” maxsus sanoat parkida tadbirkorlar bilan muloqot tashkil etilib, bank-kredit, eksport hajmini oshirish singari masalalar yuzasidan huquqiy muloqot bo'lib o'tdi.

Shundan so'ng “KO-UNG CYLINDER” MChJ avtomobil gaz balonlari ishlab chiqarish qo'shma korxonasi faoliyati bilan yaqindan tanishib chiqildi.

Ma'lumot o'rnida, mazkur zavodda bugungi kunda ishlab chiqarish quvvati qiymati 38,4981 mlrd so'mni tashkil etadi. Loyihaning umumiy qiymati esa 155,685 mlrd so'm, korxonada 106 ta ish o'rinlari yaratilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

❗️Face ID yordamida onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaytirildi


Prezident Farmoniga (PF-37-son, 21.02.2024 y.) muvofiq, Adliya vazirligi tomonidan Personallashtirish agentligining ma'lumotlar bazasida jismoniy shaxsni uning yuz qiyofasidan (Face ID) identifikatsiya qilish tizimi joriy etildi.

Endilikda, jismoniy shaxslarni masofadan turib Face ID yordamida identifikatsiya qilish orqali onlayn xizmatlarni ko'rsatish imkoniyati yanada kengaydi.

Xususan, notarial harakatlarni onlayn shaklda amalga oshirish, elektron raqamli imzo kalitlarini taqdim etish kabi ahamiyati yuqori bo'lgan xizmatlarda foydalanib kelinmoqda.

Adliya vazirligi tomonidan boshqa turdagi davlat xizmatlari va ijtimoiy xizmatlarni ko'rsatishda ham mazkur texnologiyadan bosqichma-bosqich foydalanish, shuningdek barcha vazirlik va idoralarning axborot tizimlariga bepul asosda integratsiya qilish rejalashtirilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi


Adliya vaziri o‘rinbosari tomonidan Navoiy viloyat adliya boshqarmasida “Davlat xizmatlarini ko‘rsatishning sifat darajasi” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi.

Maqsad — davlat xizmatlari ko‘rsatilishida yo‘l qo‘yilayotgan qonun buzilishlarni oldini olish va davlat xizmatlari ko‘rsatish sifatini yaxshilash.

Tadbirda davlat organlari va tashkilotlari mas’ullari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat xizmatlarini ko‘rsatuvchi tashkilotlar faoliyati, mavjud qonunbuzish holatlari va kamchiliklar, ularni bartaraf etish yuzasidan huquqiy tavsiyalar berildi

@adliyangiliklari