ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Quvasoy shahridagi oyna ishlab chiqarish korxonasida olib borilayotgan modernizatsiya ishlari bilan tanishdi.

1975-yilda tashkil etilgan ushbu korxona oyna va banka ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavodlardan biri boʻlib u mamlakatimizning oynaga boʻlgan talabining 60 foizini qoplab beradi. Bu yirik korxonada yiliga 150 million dona butilka va 10 million kvadrat metrdan ortiq oyna ishlab chiqariladi.

Adliya vaziri korxonada oyna ishlab chiqarish jarayonlari va yangilanishlar bilan tanishdi. Korxonada ish olib borayotgan mingdan ortiq ishchi-xodimlarning mehnat huquqlari, ularga yaratilgan mehnat sharoitlari haqida fikr almashdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Toshloq tumanida tadbirkorlar va “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi


Adliya vaziri A. Toshqulov Fargʻona viloyati Toshloq tumanida xonadonlarida mahsulot ishlab chiqaruvchi tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, tadbirkor D.Mamajonova oʻz xonadonida kasanachilik, tikuvchilik, oyoq kiyimi ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda. U 15 nafar fuqarolarni ish bilan band qilgan.

Ushbu tadbirkor tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar qoʻshni tumandagi bozorlarga ham chiqarilmoqda. Uchrashuv davomida tadbirkorlik sohasini kengaytirish boʻyicha oʻz tavsiyalarini berdi.

Shuningdek, A. Toshqulov Toshloq tumanining “Piyozchilik” mahalla fuqarolar yigʻinida “mahalla yettiligi” bilan uchrashdi.

Adliya vaziri tomonidan MFY xodimlariga koʻplab vakolatlar, tashkiliy va moliyaviy imkoniyatlar berilayotgani haqida gapirdi.

Uchrashuvda ishtirok etgan tuman hokimi mahallalarni rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan islohotlar borasida oʻz fikrlarini bildirdi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar qanday ishlar?

— To‘lovga qobiliyatsizlik to‘g‘risidagi ishlar jumlasiga yuridik yoki jismoniy shaxslarni hamda yuridik shaxs tashkil etmagan holda tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirayotgan va qonunda belgilangan tartibda yakka tartibdagi tadbirkor maqomini olgan fuqarolarni, pul majburiyatlari bo‘yicha kreditorlarning talablarini qanoatlantirishga va (yoki) soliqlar va yig‘imlar bo‘yicha o‘z majburiyatlarini bajarishga qodir bo‘lmagan, yakka tartibdagi tadbirkor maqomini yo‘qotgan jismoniy shaxslarni, agar pul majburiyatlari va soliqlar hamda yig‘imlar bo‘yicha majburiyatlar ularning avvalgi tadbirkorlik faoliyatidan kelib chiqqan bo‘lsa, to‘lovga qobiliyatsizlik haqida ish qo‘zg‘atish to‘g‘risidagi ishlar kiradi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 21-fevraldagi O‘RQ-911-son Qonuni.


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Olot tumanida sayyor qabul oʻtkazdi

Buxoro viloyati Olot tumanidagi Maʼnaviyat va maʼrifat maskani binosida fuqarolar uchun sayyor qabul tashkil etilib, qabulda Oʻzbekiston Respublikasi adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov, tumandagi huquqni muhofaza qilish organlari va boshqa davlat idoralari rahbarlari ishtirok etdi.

Qabulga kelgan 40 nafardan ortiq fuqarolarning turli huquqiy sohalar, jumladan, turar-joy kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, kompensatsiya undirish, uy-joy uchun yer ajratish, meros, davlat xizmatlarini koʻrsatish, FHDY sohalari va boshqa masalalarga oid murojaatlari tinglanib, 15 dan ortiq murojaatlarga huquqiy tushuntirishlar berilgan boʻlsa, 7 ta murojaat ish yurituvga qaratilib, ijrosi alohida nazoratga olindi.

@adliyangiliklari
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Yuridik xizmat xodimlari uchun “Yuridik transformatsiya: nuqtai nazarlarni bogʻlash” mavzusida ikki kunlik seminar o‘z yakuniga yetdi.

Adliya vazirligi tomonidan Dentons Tashkent yuridik firmasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan mazkur seminar davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlariga sun’iy intellektdan foydalangan holda o‘z faoliyati samaradorligini oshirish maqsadida o‘tkazildi.

Seminarda “Xatarlarni va shartnomalrni boshqarish tizimi” hamda “Jarayonlarni boshqarish va texnologiya” mavzulari yuzasidan Dentons Nexlaw In-House Solutions firmasi boshqaruvchisi Alan Reganu o‘z ma’ruzalari bilan qatnashdi.

Ishtirokchilarga maxsus sertifikatlar topshirildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri oʻrinbosari Olot tumanida “mahalla yettiligi” bilan uchrashuv oʻtkazdi

Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov Olot tumanidagi “Dilkor” mahallasida boʻlib, mahalla xodimlari bilan uchrashdi.

Uchrashuv davomida vazir oʻrinbosari tomonidan “mahalla yettiligi”ning faoliyati, mahallada jinoyatchilik va huquqbuzarliklarni oldini olish, aholi bandligini taʼminlash, tadbirkorlik faoliyati va fuqarolarni oʻzini-oʻzi band qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini qoʻllash-quvvatlash orqali ularga huquqiy yordam koʻrsatish, yoshlarni boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazish, kasb-hunarga oʻrgatish, ajrimlar va oilaviy zoʻravonliklarni oldini olish boʻyicha tavsiyalar berilib, ish faoliyatida vujudga kelayotgan muammolar, takliflar va fikr mulohazalari tinglandi.

Shu bilan birga, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 16-apreldagi 204-son qarorining mazmun-mohiyatini aholi va tadbirkorlik subyektlariga sodda va tushunarli tilda tushuntirish yuzasidan kerakli koʻrsatma va tavsiyalar berildi.

@adliyangiliklari