#Adliya_xabari
Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻonaga xizmat safarining ikkinchi kunini “Yangi Oʻzbekiston” massividagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdan boshladi.
Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻtgan yilda 19 ta tuman va shaharlarda ona yer bagʻriga 8 mingta mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazildi.
Jarayonlarda Adliya vaziri ekoshaharda barpo etilgan “Adliya bogʻi”da olib borilgan xayrli ishlar bilan tanishdi va kelajak avlodlar uchun daraxt ekdi.
@adliyangiliklari

Adliya vaziri oʻrinbosari Buxoro viloyati Qorakoʻl tumanidagi tadbirkorlik subyekti faoliyati bilan tanishdi
Adliya vaziri oʻrinbosari A.Karimov tumandagi “Merganteks” MCHJda boʻlib, ishchi xodimlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, ishlab chiqarish laboratoriyalari faoliyati, jamiyat tomonidan tayyorlanayotgan paxta-toʻqimachilik mahsulotlarining eksporti hamda mavjud muammolarini oʻrgandi.
Vazir oʻrinbosari tomonidan tadbirkorlik subyektiga yaratilgan imkoniyatlar va qonunchilik hujjatlari bilan berilgan imtiyozlar haqida batafsil huquqiy tushuntirishlar berilib, korxonaning mavjud muammolari hamda takliflari bilan oʻrtoqlashib, ularni respublika, viloyat va tuman darajasida bartaraf etish mexanizmlarini tushuntirib oʻtildi.
Maʼlumot uchun: “Merganteks” MCHJ Olot va Qorakoʻl tumanida istiqomat qilayotgan 350 nafardan ortiq fuqarolarni ish bilan taʼminlagan.

#Adliya_aksiya
“Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida mahallada sayyor qabul tashkil etildi.
Izboskan tumani adliya boʻlimi tomonidan bolalar va yoshlar huquqlarini himoya qilish aksiyasi doirasida mahallalarda yoshlar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini oʻrganish boʻyicha “Gudur” mahallasida ommaviy sayyor qabul tashkil etildi.
Sayyor qabul davomida mahalla hududidagi umumtaʼlim maktabi oʻquvchilariga yoshlarga qonunchilikda belgilangan kafolatlar va imtiyozlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, huquqiy muammosi bor yoshlarga huquqiy koʻmak koʻrsatilishi maʼlum qilindi.
Sayyor qabulidan koʻzlangan maqsad yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni kasbga yoʻnaltirish orqali muammolarini hal etish, ijtimoiy qoʻllab-quvvatlashdir.

#Adliya_onlayn
❗️ Oila qurish tartibi va uning ahamiyati
15-may — Xalqaro oila kuni munosabati bilan "Onlayn muloqot" loyihamizning navbatdagi soni bo‘lib o‘tadi.
Adliya vazirligining Facebookdagi «Adliya bilan muloqot/ Диалог с юстицией» guruhida 2024-yil 15-may kuni soat 16:00 da "Oila qurish tartibi va uning ahamiyati" mavzusida onlayn muloqot o‘tkaziladi.
Muloqot davomida Adliya vazirligi mas'ullari, FHDY xodimlari tomonidan sizlarni qiziqtirgan masalalarga oid savollarga javob beriladi.
Mavzu bo‘yicha o‘zingizni qiziqtirgan savollarni Adliya vazirligining @adliyaga_savolbot elektron manzili orqali yo‘llashingiz yoki muloqot chog‘ida onlayn efir ketayotgan joyni o‘zida yozib qoldirishingiz mumkin.

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya
Doʻstlik tuman adliya boʻlimi xodimlari “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida uy taʼlimi asosida tahsil olayotgan oʻquvchi yoshlar bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida taʼlim muassasalari tomonidan dars soatlarining belgilanishi va oʻquv qurollari bilan taʼminlanganligi oʻrganilib, oʻquvchi yoshlarning muammolari va takliflari tinglandi.
Shu bilan birga, tumanning “Sanoatchilar” mahallasida yoshlar va ularning ota-onalari oʻrtasida sayyor qabul oʻtkazildi.
Qabul davomida yoshlarning muammolariga huquqiy tushuntirishlar berildi. Ish yurituviga olingan murojaatlar sohalar kesimida koʻrib chiqilib, ijrosi taʼminlanishiga eʼtibor qaratildi.

Adliya vaziri Fargʻona davlat universitetida yoshlar bilan uchrashdi
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻona davlat universitetining yuridik fakultetida hamda Fargʻona yuridik texnikumida tahsil olayotgan yoshlar bilan uchrashdi.
Adliya vaziri dastlab Universitetda tashkil etilgan muzey bilan tanishdi. Shundan soʻng talabalar bilan davra suhbati oʻtkazildi. Suhbat davomida Adliya vaziri talabalarga taʼlim tizimidagi islohotlar, sohadagi dunyo tajribasi, taʼlim tizimida yoshlarga yaratilgan imtiyozlar va imkoniyatlar haqida soʻzlab berdi.
Shuningdek, tadbirda yoshlar tomonidan bildirilgan taklif, mulohazalar tinglandi, ular tomonidan berilgan savollarga Adliya vaziri batafsil javob berdi. Tadbir soʻngida faol yoshlarga Adliya vazirining sovgʻalari topshirildi.

#Adliya_hudud
Yetim bolalar huquqlari ta'minlanyaptimi?
Yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarning huquqlari, ularning ijtimoiy himoyasi bilan bog‘liq masalalar davlat idoralari e'tibor markazida bo‘lib kelgan.
Xususan, adliya idoralari ham ushbu jarayonda bevosita manzilli ishlarni amalga oshirib kelmoqda. Jumladan, tuman (shahar) adliya organlari joylarda bo‘lib yetim va ota-onasining yoki qonuniy vakillarining qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarga huquqiy yordam ko‘rsatib kelmoqda.
Ularning o‘zlari va qonuniy vakillari bilan uchrashib, huquqlari, ular uchun taqdim etiladigan imtiyozlar, qonunchilikdagi o‘zgarishlar tushuntirilmoqda. Shuningdek, ularni qiynayotgan muammolar, huquqiy murojaatlari o‘rganilmoqda.
👉Batafsil

Buxoro viloyatida intellektual mulk sohasini yanada rivojlantirish yuzasidan navbatdagi sayyor qabul o‘tkazildi
Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi hamda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Buxoro viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi.

Nogironligi boʻlgan bolalar va yoshlarning murojaatlari oʻrganildi
Navoiy viloyatida viloyat Nogironlar jamiyatiga aʼzo I, II guruh nogironligi boʻlgan shaxslar 25 ming nafarni tashkil etadi, ularning 8 mingdan ortigʻi yoshlar.
Adliya boshqarmasi tomonidan “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasi doirasida nogironligi boʻlgan bolalar va yoshlar hamda ularning ota-onalari uchun sayyor qabul tashkil etildi.
Muloqot avvalida Adliya vazirligi tashabbusi bilan oʻtkazilayotgan huquqiy aksiya mazmun-mohiyati yuzasidan tushuncha berilib, qonunchilikdagi yangiliklar, bolalar va yoshlar huquqlariga oid tartiblar toʻgʻrisida aytib oʻtildi.
Shundan soʻng, yigʻilganlarning murojaati tinglandi. Jismida nuqsoni bor kishi aksariyat hollarda ijtimoiy koʻmakka muhtoj boʻladi. Reabilitatsiya koʻriklari, uy-joy va dori-darmon taʼminoti doimiy ehtiyojlardan. Sayyor qabul davomida shu kabi masalalar eʼtibor markazida boʻldi.
Ayniqsa, nogironligi boʻlgan yoshlar uchun oliy taʼlim muassasasiga kirish, tashkilotlarda shu toifadagi fuqarolar uchun moʻljallangan ish oʻrinlari, tegishli tashkilotlar tomonidan beriladigan maxsus yoʻllanmalar umumiy nazorati, uy-joy taʼmiri, chet davlatlarda davolanish imkoniyati shuningdek, nogironlik aravachalari olish singari masalalar yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.