ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Sayyor_qabul

Adliya vaziri oʻrinbosari Sh.Rabiyev, Jizzax viloyat boshqarmasi boshligʻi A.Ergashev ishtirokida Arnasoy tumanidagi “Bobur” MFYda sayyor qabul tashkil etildi.

Tuman hokimi, sektor rahbarlari, profilaktika inspektori, mahalla, xotin-qizlar va yoshlar masalalari boʻyicha masʼullar hamda davlat organlari va tashkilotlari vakillari ishtirokida boʻlib oʻtgan qabul davomida hudud aholisi bilan suhbatlashildi.

Aksariyat murojaatlarga huquqiy maslahat berish orqali masalaning yechimiga toʻgʻri yoʻnalish koʻrsatilgan boʻlsa, bevosita sohaga aloqador murojaatlar ish yurituviga qabul qilindi.

Shu bilan birga hudud aholisi uchun sayyor davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati yaratildi.

@adliyangiliklari
#Adliyadan_javob

❓ Firma nomi nima va firma nomiga bo‘lgan huquqni himoya qilish usullari qanday?

— Firma nomi yuridik shaxs bo‘lgan tijorat tashkilotining individual nomi bo‘lib, unga doir mutlaq huquq yuridik shaxs davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan vaqtda yuzaga keladi.

Yuridik shaxs to‘liq firma nomi bilan birga qisqartirilgan firma nomiga ham ega bo‘lishi mumkin.

Yuridik shaxsning firma nomida uning tashkiliy-huquqiy shakli ko‘rsatilishi kerak.

Qonunda nazarda tutilgan hollarda firma nomida yuridik shaxs faoliyatining xususiyati ko‘rsatilishi kerak.

Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish:
▫️yuridik shaxsning ishchanlik obro‘sini himoya qilish maqsadida sud qarori to‘g‘risida ommaviy axborot vositalarida e’lon qilish;
▫️noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan huquqbuzar hisobidan olib tashlash;
▫️ noqonuniy foydalanilgan firma nomini kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlardan olib tashlash mumkin bo‘lmagan taqdirda, ularni huquqbuzar hisobidan yo‘q qilib tashlash;
▫️kontrafakt tovarlar, yorliqlar, idishlar va o‘rovlarni firma nomiga bo‘lgan huquqqa egalik qiluvchi yuridik shaxsga berish orqali amalga oshiriladi.

Firma nomiga bo‘lgan mutlaq huquqni undan noqonuniy foydalanishdan himoya qilish qonunchilikka muvofiq boshqacha usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.

Asos: O‘zbekiston Respublikasining 2006-yil 18-sentabrdagi O‘RQ-51-son Qonuni


@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_brifing

📢 Bugun, 15-may kuni AOKAda Adliya vazirligi axborot xizmati rahbari Sevara Urinbayeva ishtirokida brifing bo'lib o'tadi.

Mavzu: Adliya vazirligining 2024-yil 1-chorakdagi faoliyati sarhisobi

⏳Vaqti: 12:00

@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_aksiya

Samarqandda “Bolalar va yoshlarning huquqlarini himoya qilish” huquqiy aksiyasiga start berildi.


Narpay tumani adliya bo’limi tashabbusi bilan mazkur huquqiy aksiyasi doirasida A.Navoiy mahallasida yashovchi yoshlar uchun sayyor qabul tashkil etildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Opa-singillarning koʻp yillik orzulari ushaldi


Qashqadaryo viloyati Nishon tumani olis hududlaridan biri boʻlgan “Shirinobod” mahallasida yashovchi opa-singil Boymuratovalarning tugʻilganlik guvohnomalari yoʻqligi sababli taʼlim olishda muammolarga duch kelishdi. Nishon tumanida yashovchi Oysahat opaning 18 hamda 15 yoshli qizlari Muhabbat va Muhayyolar shu kunga qadar hujjatsiz yashab kelishayotgan edi.

Nishon tuman FHDY boʻlimi tomonidan oʻtkazilgan sayyor qabullar davomida qizlarning hujjati yoʻqligi aniqlandi. Tuman FHDY boʻlimi tomonidan kerakli hujjatlar toʻplanib, guvohnomalar oʻz egalariga topshirildi.

Vaqtida olinmagan hujjatlar keyinchalik katta muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligini oʻylamagan Oysahat opaning koʻzida quvonch chunki farzandlarini oliy maʼlumotli boʻlishini qaysi ota-ona xohlamaydi deysiz.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

BMT Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi delegatsiyasi Adliya vazirligida qabul qilindi

Adliya vaziri oʻrinbosari M.Ikramov bilan BMT Qonun ustuvorligi va xavfsizlik institutlari boshqarmasi delegatsiyasi oʻrtasida 14-may kuni uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuv boshida M.Ikramov mehmonlarni adliya vazirligining maqsadlari, vazifalari hamda tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan tanishtirdi.

BMT delegatsiyasi Oʻzbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarni yuqori baholab ushbu jarayonda Adliya vazirligining oʻrni muhim ekanligini taʼkidladilar.

Xorijlik vakillar BMTning tinchlikparvarlik faoliyati yoʻnalishida xorijiy davlatlarning huquqni muhofaza qiluvchi organlaridan 200 nafar ekspertlar BMT tizimiga jalb qilinganligi hamda ularning faoliyati haqida maʼlumot berib oʻtdi.

Shuningdek, mehmonlar notinch hududlardagi Oʻzbekiston fuqarolarini vatanga qaytarish hamda tinch hayotga moslashtirish borasidagi saʼy-harakatlarini alohida taʼkidladilar.

Ayniqsa, ushbu operatsiyalar davomida turli sabablar tufayli urush hududlariga borib qolgan 500 nafardan ziyod fuqarolar oʻz oilalari bagʻriga qaytarilganini eʼtirof etildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasidagi tadbirkorlar bilan uchrashdi

Adliya vaziri Qoʻqon erkin iqtisodiy zonasiga tashrif buyurib, u yerda faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar faoliyati bilan tanishdi.

Xususan, “Vikor Metan” MCHJ tomonidan avtomobillarga yuqori bosimli metan va propan gazbalon ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanib kelmoqda.

Ushbu korxona 2023-yil sentyabr oyida oʻz faoliyatini boshlagan. Korxonaga mahsulotlarni ishlab chiqarish uchun jihozlar va asbob-uskunalar Xitoy davlatidan olib kelingan boʻlib, yiliga 238 600 dona yuqori bosimli metan va propan gazbalon ishlab chiqariladi.

“Kokand Bicycles” MCHJ 2019-yilda oʻz faoliyatini boshlagan boʻlib, elektroskuter, trisikllar va velosiped ishlab chiqarish faoliyati bilan shugʻullanadi. Korxonada yiliga 9890 dona elektroskuter va tritsikllar, 23,5 ming dona velosiped ishlab chiqariladi.

Uchrashuv davomida Adliya vaziri tomonidan tadbirkorlarga soha boʻyicha qonunchilikdagi yangiliklar yetkazildi. Tadbirkorlarning sohada uchrayotgan ayrim muammolar va ularning yechimi boʻyicha takliflari tinglandi.

@adliyangiliklari
#Adliya_teleloyiha

Adliya vazirligi va "O‘zbekiston" telekanali tomonidan o‘zaro hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan "YURIDIK KLINIKA" ko‘rsatuvi efirga uzatildi.

Mavzu: Kadastr sohasidagi qonunchilik yangiliklari

Savollarga Adliya vazirligi va Kadastr agentligi mas'ullari javob berdi.

❗️ Jonli efir vaqtida fuqarolar  o‘zini  qiziqtirgan savollarga javob topish imkoniyatiga ega bo‘lishdi

📹 https://www.youtube.com/watch?v=T9hC-4VWCSo

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vaziri A.Toshqulov Fargʻonaga xizmat safarining ikkinchi kunini “Yangi Oʻzbekiston” massividagi qurilish va obodonlashtirish ishlari bilan tanishishdan boshladi.

Fargʻona viloyat adliya boshqarmasi va uning quyi tizimlari tomonidan “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida oʻtgan yilda 19 ta tuman va shaharlarda ona yer bagʻriga 8 mingta mevali va manzarali daraxtlar oʻtqazildi.

Jarayonlarda Adliya vaziri ekoshaharda barpo etilgan “Adliya bogʻi”da olib borilgan xayrli ishlar bilan tanishdi va kelajak avlodlar uchun daraxt ekdi.

@adliyangiliklari