ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Hukumat qonunchiligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik dasturi tasdiqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi bilan BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasining (UNODC) Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi 2024–2025-yillar uchun hamkorlik dasturi imzolandi

Joriy yilning 8-may kuni adliya vaziri Akbar Toshqulov va BMTning Giyohvand moddalar va jinoyatga qarshi kurashish bo‘yicha boshqarmasining Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakili Ashita Mittal xonim oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.

Uchrashuvda UNODC Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi bilan adliya va huquq sohasida yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari muhokama qilindi.

Hususan, qonunchilik hujjatlarida korrupsiyaga sharoit yaratuvchi normalarni aniqlash va bartaraf etish hamda sud-ekspertlik sohasini har tomonlama takomillashtirish borasida erishilgan yutuqlar ta’kidlandi.
A. Mittal tashkil qilingan uchrashuv uchun minnatdorchilik bildirib, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarda Adliya vazirligining o‘rni muhim ekanligini ta’kidladi.

Uchrashuv davomida Adliya vazirligi va UNODC Markaziy Osiyodagi mintaqaviy vakolatxonasi o‘rtasidagi hamkorlik aloqalarini yanada chuqurlashtirish va rivojlantirish maqsadida tomonlar 2024–2025-yillar uchun hamkorlik dasturini imzoladilar.

Mazkur hujjatda korrupsiyaga qarshi kurashish va aktivlarni qaytarish tizimini mustahkamlash, kiberxavfsizlik va shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish, jinoiy sudlov va huquqbuzarliklarni oldini olish bo‘yicha qonunchilikni hamda sud ekspertiza sohasida xizmatlarni takomillashtirish, aholini huquqiy ongi va madaniyatini oshirishga qaratilgan bir qator tadbirlarni o‘tkazish nazarda tutilgan.

@adliyangiliklari
#Adliya_tabrigi

❗️9-may — Xotira va Qadrlash kuni


Adliya vazirligi jamoasi umumiy tarixiy xotira orqali birdamlik va hamjihatlikka chorlovchi ushbu kun bilan barchani samimiy muborakbod etadi!

Xotira o'zlikni anglatib turadi, qadr insonni yuksaklikka ko'taradi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi va Koreya Respublikasining Bosh vaziri huzuridagi Qonunchilik tadqiqot instituti o‘rtasida istiqbolli hamkorlik o‘rnatish masalalari muhokama qilindi

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️55 yoshli talabadan TOP-1000 talikkacha: Toshkent davlat yuridik universitetining asosiy koʻrsatkichlari

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi va Koreya Respublikasining Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish komissiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Adliya vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi tashrif chogʻida Koreya Respublikasining Seul shahrida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Koreya Respublikasining Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish komissiyasining bosh direktori Ko En Yong bilan uchrashdi. Tomonlar har ikki davlatdagi shaxsga doir ma’lumotlarga ishlov berish va himoya qilish tizimi, sohada erishilgan yutuqlar muhokama qilib, oʻzaro fikr almashdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida komissiya vakillari tomonidan tashkilot faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari, jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilik yuzasidan taqdimot qilindi.

Xususan, komissiya shaxsga doir ma’lumotlar sohasidagi arizalarni ko‘rib chiqish, nizolarni hal etish, shuningdek, shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish sohasida vakolatli davlat organi hisoblanib, maqom jihatidan vazirliklarga tenglashtirilganligi maʼlum qilindi.
 
Tashrif yakunida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum loyihasini ishlab chiqish hamda uni imzolashga kelishib oldi.

@adliyangiliklari