ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25K photos
2.77K videos
39 files
9.55K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#Adliya_xabari

Adliya vazirligining 2024 yil 1-chorakdagi faoliyati sarhisob etildi

Bugun, 7-may kuni Adliya vazirligining hayʼat majlisida 2024-yilning 1-choragi davomida amalga oshirilgan ishlar, yoʻl qoʻyilgan kamchiliklar va kelgusidagi vazifalar, muhokama qilindi.

Yigʻilishda norma ijodkorligi, huquqiy va davlat xizmatlari koʻrsatish, murojaatlar bilan ishlash, ochiqlik siyosati va boshqa sohalar kesimida tahliliy maʼlumotlar keltirildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligi delegatsiyasi va Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va inson huquqlari boʻyicha komissiyasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi

Adliya vazirligi delegatsiyasi hozirda tashrif bilan Koreya Respublikasida boʻlib turmoqda. Tashrif dasturiga koʻra, bugun, 7-may kuni adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev hamda Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va inson huquqlari boʻyicha komissiyasi raisi oʻrinbosari Seng Yun Chon oʻrtasida ikki tomonlama uchrashuv tashkil etilib, unda korrupsiyaga qarshi kurashish va inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha ikki davlat oʻrtasidagi hamkorlik aloqalari hamda sohadagi muhim masalalar oʻzaro muhokama qilindi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida Komissiya vakillari tomonidan tashkilotning faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari boʻyicha taqdimot qilindi.

Xususan, Komissiya mamlakatda korrupsiyaga qarshi kurashish, jumladan, korrupsiyaviy jinoyatlarni tergov qilish, norma ijodkorligi jarayonlarida korrupsiyaviy omillarni aniqlash va bartaraf etish boʻyicha vakolatli organ hisoblanib, oʻtgan yillar davomida Komissiya tomonidan 500 dan ortiq qonunchilik hujjatlari korrupsiyaga qarshi ekspertizadan oʻtkazilganligi maʼlum qilindi.

Tashrif yakunida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalarini yoʻlga qoʻyish boʻyicha memorandum loyihasini tayyorlash va uni imzolashga tayyorligini maʼlum qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Faxriylar doim e’zozda!


Bugun Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasida 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan “Faxriylar doim e’zozda” mavzusida uch avlod uchrashuvi tashkil etildi.

Mazkur tadbirga intellektual mulk sohasida koʻp yillar samarali mehnat qilgan faxriylar, A.Tin, D. Po’latova, T. Moiseyeva, G. Kenjaoxunova, D. Yusupovalar taklif qilindi.

Ochiq muloqot shaklida o‘tgan davra suhbatida faxriylar o‘zlarining soha bo‘yicha to‘plagan tajribalari bilan o‘rtoqlashdilar.

Faxriylarga markaz tomonidan esdalik sovg‘alari taqdim qilinib, xodimlar tomonidan ularning sha’niga iliq tilaklar aytib o‘tildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Otalikni belgilash, haqorat va montaj videolarni aniqlash: qaysi yoʻnalishlarda eng koʻp sud ekspertizalari amalga oshirildi

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari 

Adliya vazirligi delegatsiya va Koreya Respublikasining Tartibga solishni isloh qilish qoʻmitasi oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi


Adliya vazirligi delegatsiyasi Koreya Respublikasidagi tashrif chogʻida Koreya Respublikasining Sejong shahrida adliya vaziri oʻrinbosari X.Meliyev Koreya Respublikasining Tartibga solishni isloh qilish qoʻmitasi raisi oʻrinbosari Yang Sung Xo bilan uchrashdi. Tomonlar har ikki davlatdagi tartibga solish taʼsirini tahlil qilish tizimi, sohada erishilgan yutuqlar muhokama qilib, oʻzaro fikr almashdi.

Uchrashuvning ikkinchi qismida qoʻmita vakillari tomonidan faoliyati, asosiy vazifa va funksiyalari, jumladan, tartibga solish taʼsirini tahlil qilish tizimi boʻyicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan taqdimot qilindi.

Xususan, qoʻmita tartibga solish siyosati va islohot strategiyalarini ishlab chiqish, asosiy yoʻnalishlarini belgilash va qabul qilish, shuningdek, qonunchilik hujjati loyihasining taʼsirini tahlil qilish va amaldagi qonunchilik hujjatining huquqni qoʻllash amaliyoti boʻyicha yakuniy xulosa beruvchi organ hisoblanishi maʼlum qilindi.

Qoʻmita norma ijodkorligi jarayonlardagi eng muhim organlardan biri boʻlib, butun maʼmuriyat boʻylab nazoratni taʼminlaydi va ular faoliyatini muvofiqlashtiradi.

Qoʻmita Bosh vazir boshchilik qiladigan 21 ta davlat va xususiy sektor vakillaridan iborat boʻlib, Prezident maʼmuriyati huzurida faoliyat yuritadi.

Tashrif yakunida tomonlar amaliy hamkorlik aloqalariga yoʻlga qoʻyishga tayyorligini maʼlum qildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

Adliya vazirligida oyning eng yaxshi xodimi aniqlandi

Adliya vazirligi Adliya vazirligi Strategik rejalashtirish va samaradorlikni baholash boshqarmasining bosh maslahatchisi Baxtiyor Yakubovich Xodjimuratov 2024-yilning aprel oyi uchun vazirlik tomonidan oyning eng yaxshi xodimi deb topildi.

Baxtiyor Xodjimuratov adliya organlari tizimida mehnat faoliyatini 2017-yilda Sirdaryo viloyati adliya boshqarmasining tashkiliy-nazorat va tahlil shuʼbasi yetakchi maslahatchisi sifatida boshlagan. 2017–2020-yillarda hududiy boshqarmada turli lavozimlarda ishlagan.

2022–2023-yillarda Adliya vazirligi Tashkiliy-nazorat va strategik rejalashtirish boshqarmasi hududiy adliya organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻlimi bosh maslahatchisi boʻlib ishlagan. 2023-yilning fevral oyidan boshlab Strategik rejalashtirish va samaradorlikni baholash boshqarmasining bosh maslahatchisi sifatida faoliyatini davom ettirmoqda.

Baxtiyor Xodjimuratov vazirlik hayʼatining ish reja loyihalarini tayyorlash, tuzilmalar faoliyati samaradorligini baholash boʻyicha koʻrsatkichlarni ishlab chiqish, ushbu koʻrsatkichlarga erishilish ustidan monitoring va nazoratini olib borish sohasida samarali faoliyat yuritmoqda.

Vazirlik jamoasi Baxtiyor Xodjimuratovni ushbu eʼtirof bilan tabriklaydi. Kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyat, gʻayrat va shijoat doimiy hamroh boʻlishini tilaydi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

53 YILLIK ORZULAR USHALDI


Koson tumanida yashovchi Dilbar Qurbonaliyeva 53 yildan buyon shaxsini tasdiqlovchi hujjatlarsiz yashab kelgan.

Qayd etilishicha, D.Qurbonaliyeva 1972-yilda tugʻilgan, ammo ayrim sabablarga koʻra unga tugʻilganlik toʻgʻrisidagi guvohnoma berilmagan. Fuqaroning onasi yoshligida koʻp marotaba mutasaddi tashkilotlarga, fuqarolik ishlari boʻyicha sudga murojaat qilgan. Biroq onaning hujjatlarida kamchilik boʻlganligi sababli doim bir xil javob olgan.

Koson tuman FHDY boʻlimi tomonidan mahallarda xatlovlar oʻtkazilib, fuqaroning guvohnomasi yoʻqligi aniqlandi hamda boʻlim ish yurituviga olindi. Koson tuman FHDY boʻlimi yordami bilan Dilbar Qurbonaliyeva 53 yoshida tugʻilganlik guvohnomasini oldi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hisobot

2024-yil I chorakda
▫️Qanday mahsulotlar eng koʻp soxtalashtiriladi: aniqlangan kontrafakt mahsulotlar sohalar kesimida

@adliyangiliklari
#Adliya_xabari

O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi va Koreya Respublikasi Hukumat qonunchiligi vazirligi o‘rtasida o‘zaro hamkorlik dasturi tasdiqlandi

👉Batafsil

@adliyangiliklari