#Sayyor_qabul
Samarqandda “Intellektual mulk markazi” DM tomonidan sayyor qabul o‘tkazildi
Samarqand viloyat adliya boshqarmasida Adliya vazirligi huzuridagi “Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi va viloyat adliya boshqarmasining masʼullari boshchiligida sayyor qabul tashkillashtiridi. Unda tadbirkorlik subyektlari, manfaatdor shaxslar, mualliflar, hammualliflar, hunarmand va ijodkorlar ishtirok etdi.
👉Batafsil
______________
“Intellektual mulk markazi” davlat muassasasi mas’ullari Qoraqalpog‘iston Respublikasi Adliya vazirligida sayyor qabul o‘tkazdi
29-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi "Intellektual mulk markazi" davlat muassasasi mas’ul xodimlari ishtirokida Qoraqalpog‘iston Respublikasining Adliya vazirligida Intellektual mulk sohasi bilan bog‘liq sayyor qabul o‘tkazildi.
👉Batafsil
@adliyangiliklari

Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
Bugun, 30-aprel kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisida “Tovar belgilari bo‘yicha qonunlar to‘g‘risidagi Singapur shartnomasini (Singapur, 2006-yil 27-mart) ratifikatsiya qilish haqida”gi qonun loyihasi birinchi o‘qishda qabul qilindi. Adliya vaziri o‘rinbosari Muzraf Ikramov loyiha yuzasidan ma'ruza qildi.
Ta'kidlangandek, mazkur shartnoma ratifikatsiya qilinishi bilan tovar belgilariga oid mavjud xalqaro normalarni modernizatsiya qilish, xususan, hujjatlarni elektron shaklda topshirish, elektron imzodan foydalanish, noodatiy tovar belgilarini (tovush, golografik belgilar) tovar belgisi sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish kabi tartiblar joriy etiladi.
Shuningdek, uyg‘unlashtirilgan tartib-qoidalar va standartlashtirilgan hujjat shakllari bir necha davlatlarda va O‘zbekistonda tovar belgilarini ro‘yxatdan o‘tkazishga intilayotgan mahalliy va xorijiy korxonalarning vaqti va mablag‘i tejaladi.
Bundan tashqari, tovar belgisidan foydalanishga oid litsenziya hamda huquqni boshqa shaxsga o‘tkazishga oid shartnomalarni ro‘yxatdan o‘tkazishda maksimal talablarning joriy etilishi natijasida ortiqcha hujjatlarni taqdim qilish bartaraf etiladi. Bu orqali milliy va xorijiy tovar belgisidan shartnoma asosida foydalanish soni oshadi.

“Hollywood” filmlaridan ruxsatsiz foydalangan fuqaro jarimaga tortildi
Аdliya vazirligi tomonidan huquq egasining murojaatini ko‘rib chiqish davomida fuqaro T.B tomonidan “ВОНКА” va “АКВАМЕН И ПОТЕРЯННОЕ ЦАРСТВО” filmlarining ovozi ular kinoteatrda namoyish etilayotgan vaqtda uyali telefonga yozib olinganligi ma’lum bo‘ldi.
Natijada huquq egasining ruxsatisiz hamda tegishli tartibda shartnoma tuzmasdan filmning ovozi va videotasviri birlashtirilib internet orqali barchaning e’tiboriga yetkazilganligi aniqlandi. Holat yuzasidan fuqaro T.B. ga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi bilan maʼmuriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnoma rasmiylashtirilib, javobgarlik masalasini ko‘rib chiqishlik uchun tegishli sudga yuborildi.
Sud qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan Maʼmuriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 177(1)-moddasi birinchi qismida nazarda tutilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun jarima jazosi tayinlandi.
Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Respublikasining “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risida”gi Qonuni 65-moddasiga muvofiq huquq egasi zararlar yetkazilishi faktidan qat’iy nazar huquqbuzardan bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha tovon puli talab qilish huquqiga ega.
Hurmatli fuqarolar, agarda sizning mualliflik yoki turdosh huquqlaringiz buzilayotgan bo‘lsa, huquqlaringizni himoya qilish maqsadida tegishli tartibda sudga yoki Adliya vazirligiga murojaat qiling.

ANGIDONLIKLAR MUROJAATLARI O‘RGANILDI
Xatirchi tumani Navoiy viloyatining yirik hududlaridan biri. Bu yerda mahallalar soni 70 ta. 200 ming nafardan ortiq aholi istiqomat qiladi. Fuqarolarning asosiy muammosi bandlik va bank-kredit masalalari bilan bog‘liq.
Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan tuman aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o‘rganildi.
Dastlab tuman hokimi va sektor rahbarlari ishtirokida qurilish obyektlari bilan yaqindan tanishib, mavjud masalalar yuzasidan taklif va huquqiy tushunchalar berildi.
Shundan so‘ng tumanning olis hududlaridan biri "Angidon" mahallasida yoshlar bilan muloqot o‘tkazildi. 9 ta qishloqdan iborat mazkur hududda aholi asosan chorvachilik va bog‘dorchilik hisobiga kun kechiradi.
Mahalla hududida joylashgan maktablarning birida yoshlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Muloqot davomida maktablarga sport maydonchalari, zamonaviy kompyuter jamlanmalari, laboratoriya jihozlari zarurati borligi yuzasidan murojaatlar kelib tushdi.
Shuningdek, yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, ish bilan ta’minlash masalalari ham e’tibor markazida bo‘ldi.
Sayyor qabul ham o‘tkazildi. Fuqarolar bandlik, subsidiya olish, oilaviy va mehnat munosabatlari, bank-kredit masalalarida mas'ullarga yuzlanishdi.
Ma’lumot o‘rnida, so‘nggi yillarda Angidonda ekoturizm rivojlanib bormoqda. Bu infrotuzilmaning tobora yaxshilanishiga turtki bo‘ladi. Endilikda hududda “Mehmon uylari”ni tashkil etish amaliyoti ham keng ko‘lamda yo‘lga qo‘yilmoqda. Fuqarolar mazkur yo‘nalishda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Shuningdek, kelganlarga elektron imzo olish, farzandini ta’lim tashkilotiga navbatga qo‘yish singari masalalarda 10 ta turdan ortiq davlat xizmatlari ko‘rsatildi.
Muloqot davomida Vazirlar Mahkamasining 204-son qarori mazmum-mohiyati yuzasidan aholiga huquqiy tushunchalar berilib, targ‘ibot materiallari tarqatildi.

#Muhim
📣 Hurmatli fuqarolar!
Bugun Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida Internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.
Yuzaga kelgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz!

Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
ADLIYA YANGILIKLARI
#Muhim 📣 Hurmatli fuqarolar! Bugun Toshkent shahrining barcha tuman davlat xizmatlari markazlarida Internet tarmog‘ida kuzatilgan nosozlik sababli tuman davlat xizmatlari markazlarida xizmat ko‘rsatishda vaqtinchalik uzilishlar bo’lishini ma’lum qilamiz.…
Hozirda tuman davlat xizmatlari markazlarida fuqarolarga uzluksiz xizmatlar ko'rsatilmoqda.
@adliyangiliklari
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari
White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm bilan ikki tomonlama hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
Bugun adliya vaziri Akbar Toshqulov White & Case yuridik firmasining hamkori va AQSh — Oʻzbekiston savdo palatasi raisi Kerolin Lemm oʻrtasida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Maʼlumot uchun: White & Case yuridik firmasi AQShning eng kuchli yuridik firmalar “Big law” reytingida birinchi beshtalikka kiruvchi, 31 ta davlatda oʻz vakolatxonalari orqali faoliyat yurituvchi hamda Oʻzbekistonda ilk faoliyatini 1993-yil boshlagan yirik yuridik firmalardandir. K.Lemm uchinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida ishtirok etish uchun mamlakatimizga tashrif buyurgan.
Uchrashuvda tomonlar mamlakatning investitsion salohiyatni mustahkamlash, Toshkent xalqaro tijorat sudini tashkil etish, vazirlik xodimlarining White & Case yuridik firmasining Vashingtondagi ofisida malakasini oshirish masalalarida atroflicha fikr almashdilar.
K.Lemm Oʻzbekistonda sud-huquq islohotlari va investitsion muhitni yaxshilash borasida amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy natija berayotganini, buning aniq misoli 2023-yil Vashingtonda oʻtkazilgan Oʻzbekiston — Amerika biznes forumida ishtirok etgan 350 dan ortiq amerikalik investorlarning Oʻzbekistonga sarmoyalar kiritishga boʻlgan ishtiyoqida oʻz aksini topganligini qayd etdi.

📹 Adliya vaziri o‘rinbosari X.Meliyev tomonidan Navoiy viloyatining Xatirchi tumani aholisining maishiy turmush sharoiti, murojaatlari va yoshlar masalalari o‘rganildi.