ADLIYA YANGILIKLARI
✔
16.7K subscribers
25.1K photos
2.77K videos
39 files
9.56K links
Adliya vazirligi
🏢Toshkent sh., Sayilgoh, 5
🌐 https://gov.uz/oz/adliya
📞1008
☎️ (71)-207-04-38
📥 info@adliya.uz
📲 www.facebook.com/minjustuz
📲 www.youtube.com/c/Adliya
📲 www.instagram.com/adliyanews

🌐 https://t.me/adliyangiliklari_chat
Download Telegram
#OAV_biz_haqimizda

Adliya vaziri: intellektual mulk himoyasi yo‘lida mualliflar foydasiga bir milliard so‘m tovon puli undirildi

Intellektual mulk – har bir davlat uchun innovasion va iqtisodiy o‘sishning asosiy omili bo‘lib xizmat qiladi. O‘zbekistonda bu soha qanday tartibga solingan va intellektual mulk egalari qanday himoya qilinadi?

Bu haqda O‘zbekiston adliya vaziri Akbar Toshqulov bilan suhbatlashildi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Adliya_xalqaro_hamkorlik

Adliya vazirligi Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyatining Oʻzbekistondagi vakolatxonasining “Markaziy Osiyoda huquqiy davlatchilikka koʻmak berish” loyihasida ishtirok etmoqda

👉Batafsil

@adliyangiliklari
#Xalqaro_intellektual_mulk_kuni

2021-yil 20-avgustda “Intellektual mulk obyektlarining huquqiy muhofazasi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisida”gi Qonun qabul qilingan.

Unga koʻra, mualliflik va turdosh huquqlari egalariga BHMning 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon pulini talab qilish tartibi joriy qilindi.

Shuningdek, mualliflik huquqini muhofaza qilish muddati 50 yildan 70 yilga uzaytirildi. Mazkur qonun qabul qilingandan soʻng mualliflar foydasiga bir milliard soʻm tovon puli undirildi.

Halol tadbirkorlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida 2022-yil 2-fevralda “Intellektual mulk obyektlari toʻgʻrisidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish haqida”gi Qonun qabul qilindi.

Ushbu qonunga muvofiq intellektual mulk sohasidagi qonunbuzarlik uchun yuridik shaxslarga nisbatan korporativ javobgarlik belgilash va ularga nisbatan BHMning 100 baravaridan 200 baravarigacha boʻlgan miqdorda moliyaviy jarimalar qoʻllash tartibi joriy qilindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

26-aprel kuni Adliya vazirligi tashabbusi bilan “Xalqaro intellektual mulk kuni”ga bag’ishlangan anjuman o‘tkazildi.

Tadbir “Intellektual mulk va barqaror rivojlanish maqsadlariga erishish: umumiy kelajak manfaatlari uchun innovatsiya va ijodkorlik” shiori ostida bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda adliya vaziri Akbar Toshqulov ishtirok etib, nutq so‘zladi.

👉Batafsil

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_xabari

Adliya vaziri o'rinbosari X.Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh aholi murojaatlarini o'rganish maqsadida Navoiy viloyatida bo'lib turibdi.

Bunda dastlab Nurota tumani aholisi bilan sayyor qabul o‘tkazildi.

Shuningdek, Nurota tumani hamda G‘azg‘on shahri hududidagi tadbirkorlik subyektlari va ishlab chiqarish quvvatlari faoliyati bilan yaqindan tanishilib, tadbirkorlar murojaatlari manzilli o‘rganildi. Ularga huquqiy tushunchalar berildi.

@adliyangiliklari
#Adliya_hudud

Bugun Urgut tuman adliya bo‘limi tashabbusi bilan tuman adliya bo‘limi davlat xizmatlari markazida yoshlar uchun “Ochiq eshiklar kuni” va kitobxonlik tadbiri tashkil etildi.

Mazkur tadbirlarda adliya bo‘limi va DXM mas'ul xodimlari tomonidan markaz binosida yoshlar uchun ekskursiya tashkil etilib, yoshlarga adliya organlarining faoliyati to‘g‘risida, shuningdek, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar, my.gov.uz platfomasining imkoniyatlari, yaratilgan sharoitlar batafsil tanishtirildi.

Ushbu tadbirda yoshlar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga mas'ullardan atroflicha javoblar olishdi.

@adliyangiliklari
#Adliya_seminar

PREZIDENT HUJJATLARI IJROSI NAZORATI ADLIYA EʼTIBORIDA

Adliya vaziri oʻrinbosari X. Meliyev boshchiligidagi ishchi guruh Navoiy viloyatida Prezident hujjatlari ijrosi bilan tanishdi. Viloyat hokimligida tashkil etilgan amaliy seminar davomida mazkur yoʻnalishda amalga oshirilgan ishlar va mavjud kamchiliklar tanqidiy koʻrib chiqildi.

Dastavval ijro intizomi xususida soʻz yuritilib, “Ijro.gov.uz” tizimiga koʻra yuborilgan hujjatlar, ularning ijro holati, hokimlik va tashkilotlar kesimida tanqidiy tahlil etildi.

Suningdek, “Sayxunobod tajribasi”ni hududlarda joriy etish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanishni tashkil etish, aholi bandligini taʼminlash hamda xorijdan qaytgan mehnat migrantlarini ishga joylashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida ham mutasaddi idoralar tomonidan maʼlumotlar olindi.

@adliyangiliklari
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Adliya_va_OAV

Maxsus reportaj: Uy-joyni ijaraga olganda bilish lozim bo‘lgan qoidalar

00:00 — Kirish
01:10 — Ijara shartnomasi qanday va qancha muddatga tuziladi?
02:19 — Onlayn tarzda ijara shartnomasini rasmiylashtirish tartibi qanday?
03:48 — Hozirda mamlakatimizda ijara miqdori qancha etib belgilangan?
04:38 — Ko‘chmas mulkni ijaraga olgan fuqaro qancha soliq to‘laydi?
05:17 — Ijara shartnomasini tuzmasdan ko‘chmas mulkdan foydalanilsa qanday chora qo‘llaniladi?
06:24 — Ko‘chmas mulkini ijaraga beruvchi fuqarolar uchun qanday imtiyozlar bor?
06:51 — Ijaraga olingan uyni kim ta’mirlaydi?
07:45 — Ijara shartnomasi qanday holatlarda bekor qilinadi?
08:46 — Ijaraga olingan uyni boshqa kishiga ijaraga berish mumkinmi?

@adliyangiliklari